5 ta fandan test sinovlariga oid ma’lum bo’lgan barcha ma’lumotlar

5 ta fandan test sinovlariga oid ma’lum bo’lgan barcha ma’lumotlar
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

Bloger, huquqshunos Xushnudbek xudoyberdiyev Davlat test markazi ma’lumotlari asosida 5 ta fanda test sinovlariga oid barcha hozirgacha ma’lum bo’lgan ma’lumotlarni taqdim etdi.

    Kelgusi yilda 5 ta fandan test bo’lishi aniq, bu Prezident qarorida belgilangan. YA’ni bu masala allaqachon hal etilgan, faqat tartibi hozircha rasman tasdiqlanmadi xolos;

    Majburiy fanlar bloki (barcha uchun tushadi):

      Ona tili (o’zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;

      Matematika – 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;

      O’zbekiston tarixi – 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan.

    Jami to’plash mumkin bo’lgan ball – 94.5 ball.
    Ona tili va O’zbekiston tarixi fanidan 1 daqiqagacha, matematikadan – 1,5 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

    Ta’lim yo’nalishiga mos asosiy blokdagi fanlar (yo’nalishiga qarab o’zgaradi):
    1-fan – 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan;
    2-fan – 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan.
    Jami to’plash mumkin bo’lgan ball – 186 ball.
    Asosiy blokdagi 2 ta fan uchun jami 2 soat vaqt beriladi.

    Ballarni hisoblash tizimida o’zgarish bo’lmaydi, avval qanday bo’lsa, shundayligicha qoladi. YA’ni har bir blokdan to’plangan ballar qo’shilib, umumiy ballni tashkil etadi va abiturientlar mana shu 5 ta blokdan to’plagan bali bo’yicha o’zaro kurashadi (ilgari uchta blokning umumiy bali olinardi). Eng maksimal ball 280,5 ball bo’ladi;

    Ayrim yo’nalishlarda majburiy blokdagi fan bilan maxsus blokdagi fan bir xil bo’lib qolishi mumkin. Masalan, matematika yo’nalishiga hujjat topshirgan abiturient majburiy blokda ham, mutaxassislik blokida ham matematika fanidan test ishlaydi. Bu ikkalasining asosiy farqi —majburiy blokdagi savollarning barchasi soddalashtirilgan, eng oson darajada bo’ladi, mutaxassislik blokidagi savollar esa turli murakkablikda (oson, o’rtacha, qiyin) bo’ladi;

    5 ta fandan test bo’lishga oid tartib, faqat davlat OTMlariga taalluqli. Shu paytgacha bo’lgani kabi, bu yangi tartib harbiy, diniy, xususiy, nodavlat va xorijiy OTMlarga aloqador emas;

    3 ta majburiy fan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan yo’nalishlar uchun, shuningdek magistratura uchun taalluqli emas;

    3+2 ko’rinishdagi ushbu tartib bakalavriatning barcha ta’lim shakllari (kunduzgi, sirtqi, kechki) uchun birdek qo’llanadi;

    majburiy blokda ona tili (o’zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) fanidan tushadigan 15 ta savol ichida Adabiyot fanidan test savollari bo’lmaydi;

    majburiy blokda O’zbekiston tarixi fanidan tushadigan 15 ta savol ichida Jahon tarixidan test savollari bo’lmaydi;

    asosiy blokdagi 2 ta fan uchun joriy yilgi test sinovlarida qo’llangan fanlar majmuasining 3,1 hamda 2,1 ball berilgan dastlabki 2 ta fan olinmoqda. Masalan, tibbiyot yo’nalishlari uchun biologiya va kimyo. Moliya-iqtisod yo’nalishlari uchun matematika va chet tili. Va h.k;
    👉 ammo ming afsuski, hali aynan qaysi yo’nalishda qaysi ikkita fan asosiy blokka kiritilishi haqida aniq ma’lumot yo’q. O’zgarishlar bo’lib qolishi mumkin;

    Hozircha test savollari tuziladigan darsliklar ro’yxati ham rasman e’lon qilinmadi.

Yuqoridagi ma’lumotlar Davlat test markazi xabarlari asosida tayyorlandi.
Xushnudbek Xudoyberdiev, bloger, huquqshunos

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikrlar: 2
  1. Sohiba Abdullaeva

    Barcha ma’lumotga ega boldim faqat test namunalari ham berilsa yaxshi bo’lardi.

  2. лайло

    raxmat malumot uchun 5 ta fanga testni qachon chiqarasla yo imtihon tugagandan ken chiqaraslami

Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: