2021-yilgi davlat dasturi qabul qilindi. Muhokamalar natijalari qanday boʻldi?

2021-yilgi davlat dasturi qabul qilindi. Muhokamalar natijalari qanday boʻldi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2021-yil — “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Farmon imzolangani haqida xabar bergan edik.

Qayd etish joiz, mazkur davlat dasturi loyihasi joriy yilning 18 – 28-yanvar kunlari 2021.strategy.uz, jamoatchilik.uz va regulation.gov.uz veb-portallari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi va keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazildi.
Muhokamalar doirasida farmon loyihasi mahalliy ommaviy axborot vositalari, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda 700 ga yaqin, teleradiokanallarda qariyb 400 ta chiqish va eshittirishlar efirga uzatildi.
Natijada, loyiha boʻyicha 4 mingga yaqin takliflar kelib tushdi. Xususan davlat boshqaruvi yoʻnalishi boʻyicha – 1 239 ta, sud-huquq yoʻnalishida – 479 ta, iqtisodiyot sohasida – 901 ta, ijtimoiy sohada – 1018 ta, tashqi siyosat va xavfsizlik yoʻnalishida– 146 ta.
Takliflarni har tomonlama koʻrib chiqish yakuniga koʻra, loyihaga jami 50 ga yaqin konseptual hamda 100 dan ortiq aniqlashtiruvchi tahririy oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.
2021-yilga moʻljallangan Davlat dasturida rejalashtirilayotgan tadbirlarni moliyalashtirishga umumiy qiymati 29 492,7 mlrd. soʻm hamda 2 600,4 mln. AQSH dollari va 57,5 mln. yevro miqdoridagi mablagʻlar ajratilishi koʻzda tutilgan.
Davlat dasturi jami 274 ta banddan iborat boʻlib, birinchi – davlat boshqaruvi yoʻnalishi boʻyicha – 20 ta, ikkinchi – sud-huquq yoʻnalishi boʻyicha – 18 ta, uchinchi – iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha 113 ta, toʻrtinchi – ijtimoiy soha yoʻnalishi boʻyicha 93 ta, beshinchi – tashqi siyosat va xavfsizlik yoʻnalishi boʻyicha 30 ta banddan iborat vazifalar belgilab olingan.


Сообщалось, что Президент Шавкат Мирзиёев подписал указ об утверждении Государственной программы на 2021 год — Год поддержки молодежи и общественного здоровья.

Следует отметить, что проект госпрограммы обсуждался населением и широкой общественностью через интернет-порталы 2021.strategy.uz, communal.uz и регулирования.gov.uz, СМИ и социальные сети с 18 по 28 января т.г. .
В рамках обсуждений проект указа транслировался в местных СМИ, на сайтах, в социальных сетях, около 700, а также около 400 выступлений и передач на теле- и радиоканалах.
В результате на проект поступило около 4000 предложений. В частности, в сфере государственного управления — 1 239, в сфере юстиции — 479, в сфере экономики — 901, в социальной сфере — 1 018, в сфере внешней политики и безопасности — 146.
По итогам всестороннего рассмотрения предложений в проект внесено около 50 концептуальных и более 100 уточняющих редакционных изменений и дополнений.
Общий объем финансирования запланированных мероприятий в Государственной программе на 2021 год составляет 29 492,7 млрд сумов. сум и 2 600,4 млн. сум. долларов США и 57,5 ​​млн. долларов США. Планируется выделить средства в размере 1 млрд евро.
Государственная программа состоит из 274 пунктов, первая – в сфере государственного управления – 20, вторая – в сфере юстиции – 18, третья – в области экономики – 113, четвертая – в сфере социальной сфера — 93, пятая — зарубежная. Есть 30 задач политики и безопасности.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: