Xitoyda yana yangi virus tarqaldimi?

Xitoyda yana yangi virus tarqaldimi?
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

Xitoyda yangi hantavirus virusi aniqlangani va u bilan bog’liq o’lim holati qayd etilganihavotirga solmoqda.

Xitoyning rasmiy gazetasi Global Timesning Twitterdagi sahifasida xabar berishicha, mamlakat g’arbidagi Yunnan shtatida hantavirus bilan kasallangan odam Shandong viloyatiga ketayotgan paytda  avtobusda vafot etgan.

Xabarda shuningdek, avtobusda bo’lgan 31 kishining barchasi  tekshiruvdan o’tgani aytilgan. COVID-19 koronavirus ham aynan Xitoyda tarqalib, pandemiyaga aylangani va yil boshidan buyon jahon bo‘yicha 17 mingdan ortiq kishini hayotdan olib ketgani fonida ushbu yangilik ancha xavotirli qabul qilindi.

Xo’sh bu virus odamzodga qanchalik xavf soladi?

Hantaviruslar bu kemiruvchi hayvonlar, masalan sichqon va kalamushlarda yashovchi viruslarning bir turi bo’lib, odamga yuqishi mumkin. Yuqqandan keyin odamda isitma, pnevmaniya, burun oqishi kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Koronavirusdan farqli o’laroq bu virus odamdan odamga havo orqali yuqmaydi. Bu virus odatda kemiruvchi hayvonning siydigi, axlatiga odamning tegib ketishi yoki o’sha kemiruvchining tishlab olishi tufayli yuqadi. Hantavirus tarqalishiga qarshi asosiy chora – kemiruvchilar populyatsiyasi ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.

 

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: