Vaksina olgan fuqarolar uchun 750 ming soʻm berilyaptimi?

Vaksina olgan fuqarolar uchun 750 ming soʻm berilayotganligi haqidagi xabarlar yuzasidan Sog'liqni saqlash vazirligining bayonoti

Ijtimoiy tarmoqlar orqali yurtimizda vaksina olgan fuqarolar uchun 750 ming soʻm miqdorida pul mablagʻi berilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.
Sir emas, soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda sodda odamlar ishonchiga kirib, ularning bank plastik kartalaridagi shaxsiy pul mablagʻlarini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritish hollari tez-tez uchramoqda.
Xususan, internet orqali yurtimizda vaksina olgan fuqarolar uchun 750 ming soʻm miqdorida pul mablagʻi berilayotgani haqidagi asossiz, hech qanday haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar ayni ana shu maqsadda takror-takror tarqatilyapti.
Shu bois vazirlik avval ham mazkur yolgʻon axborotlar boʻyicha bir necha bor oʻz munosabatini bildirgan va aholidan bunday maʼlumotlarga ishonmasliklarini soʻragan edi.
Biroq uydirma xabarlarni tarqatuvchi bu kabi kimsalar odamlar ishonchini qozonish uchun yangi-yangi aldov usullarini qoʻllamoqda. Yaʼni, endilikda ular internetda Sogʻliqni saqlash vazirligi nomidan maxsus sahifa ochib, aholini oʻz tuzogʻiga ilintirishga urinyapti.
Jumladan, vazirlikning rasmiy veb-sayti bilan bir xil dizaynda tayyorlangan sahifaning asosiy fonida vaksina olganlarga 750 ming soʻm miqdorida pul mablagʻi berilishi aytilgan. Buning uchun shaxsiy maʼlumotlarni kiritish soʻralgan.
‼️Aslida yuqorida keltirilgan axborot firibgarlik maqsadida tarqatilgan boʻlib, hech qanday rasmiy asosga ega emas.
Shu bois vazirlik aholidan yana bir bor bu kabi «feyk» xabarlarga ishonmasliklarini, vaksinatsiya jarayonlari bilan bogʻliq eng toʻgʻri maʼlumotlarni Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy ssv.uz sayti hamda telegramdagi https://t.me/ssvuzhttps://t.me/ssvmatbuotkotibi sahifalari orqali olishlari mumkinligini eslatib oʻtadi.
Unutmang, bunday yolgʻon xabarlarni tarqatish tegishli tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.


Есть сообщения, что 750 000 сумов выдаются гражданам, получившим прививки в нашей стране через социальные сети.

Минздрав информирует о сложившейся ситуации следующее.
Не секрет, что в последнее время участились случаи попадания людей в доверие к простым людям в социальных сетях и получения обманным путем личных средств с их банковских пластиковых карт.
В частности, с этой целью неоднократно распространяется необоснованная и недостоверная информация о сумме в 750 000 сумов, выдаваемой гражданам, получившим вакцинацию в нашей стране.
Поэтому министерство ранее неоднократно выражало свою реакцию на эту ложную информацию и просило население не верить такой информации.
Однако распространители фейковых новостей используют новые уловки, чтобы завоевать доверие людей. То есть сейчас они пытаются заманить людей в свою ловушку, открыв в Интернете специальную страницу от имени Минздрава.
В частности, основной фон страницы, оформленный в том же дизайне, что и официальный сайт министерства, гласит, что получившим вакцину будет выдано 750 тысяч сумов. Для этого вас попросили ввести личную информацию.
‼️На самом деле вышеуказанная информация была распространена с целью мошенничества и не имеет официальной основы.
Поэтому Минздрав еще раз просит население не верить подобным «фейковым» сообщениям, наиболее достоверную информацию о процессе вакцинации можно найти на официальном сайте Минздрава ssv.uz и в Telegram https://t. me/ssvuz, https://t.me/ ssvmatbuotkotibi упоминает, что они могут получить его через свои страницы.
Не забывайте, что распространение таких фейковых новостей повлечет за собой соответствующую ответственность.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: