Qizlar AKT savodxonligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi loyiha sinovdan o‘tkaziladi

Qizlar AKT savodxonligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi loyiha sinovdan o‘tkaziladi

Oʻquvchi-qizlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, ular oʻrtasida AKT savodxonligini qoʻllab-quvvatlash orqali sogʻlom turmush tarzini tengdoshlar tamoyili asosida targʻib etish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Samarqand viloyatida “Yosh tengdoshlar” loyihasi oktyabr-dekabr oylari davomida sinovdan oʻtkaziladi.

“Yosh tengdoshlar” loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi (YUNFPA) hamkorligida tashkil etilmoqda.

“Yosh tengdoshlar” loyihasini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 12-16-oktyabr kunlari Nukus shahridagi Prezident maktabi va Samarqand shahridagi Xalq taʼlimi xodimlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazida oʻquvchi-qizlar hamda ularga hamrohlik qiluvchi amaliyotchi psixologlar va yoshlar yetakchilari uchun Sogʻlom turmush tarzi va reproduktiv salomatlik, Stress boshqaruvi, Yumshoq koʻnikmalar, Samarali muloqot va taqdimot, Vaqtni boshqarish, Ijobiy fikrlash mavzularini oʻz ichiga olgan 5 kunlik seminar-trening mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda.
Pandemiya sababli sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash maqsadida seminar-treninglarda 20 nafardan oʻquvchi-qizlar ishtirok etmoqda.

Loyihani amalga oshirish uchun 40 nafar oʻsmir-qizlardan iborat trenerlar guruhi shakllantirilmoqda.
Mazkur seminar-treninglarda ishtirok etgan oʻquvchi-qizlarga tengdoshlik tamoyili asosida hududda joylashgan umumtaʼlim maktablarida (oʻsmir-qizlar uchun) seminar-trening va info-sessiyalarni tashkil etish vakolati beriladi.
Loyiha davomida oʻquvchi-qizlarning “Qizlar salomatlik markazlari” bilan hamkorlikda ishlash tizimini rivojlantirish orqali qizlarning volontyorlik harakati tashkil etiladi.

“Yosh tengdoshlar” loyihasi orqali oʻquvchi-qizlar oʻrtasida erta tugʻruq, suitsid holatlarini oldini olish, oʻquvchi-yoshlarni oilaviy va ijtimoiy hayotga tayyorlash, sogʻlom turmush tarzi va reproduktiv salomatlikni asrash qoidalariga yoshlarning amal qilishini kuchaytirish, gender tenglikni taʼminlashga erishish koʻzlangan.

Loyiha davomida 16-noyabr kuni oʻquvchi-qizlarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi, vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan rahbar ayollar bilan onlayn muloqoti tashkil etilishi rejalashtirilgan.


Проект «Молодые сверстники» будет апробирован в Республике Каракалпакстан и Самарканде в октябре-декабре с целью повышения роли и активности девушек в общественно-политической жизни страны, пропаганды здорового образа жизни на основе «равный-равному» посредством поддержки ИКТ-грамотность среди них.

Проект «Молодые сверстники» организован Министерством народного образования, Министерством здравоохранения, Министерством поддержки махалли и семьи, Центральным советом Союза молодежи Узбекистана и Фондом ООН в области народонаселения (ЮНФПА).

В целях реализации проекта «Молодые сверстники» 12-16 октября т.г. в Президентской школе в Нукусе и Центре повышения квалификации и переподготовки кадров народного образования в Самарканде для обучающихся и сопровождающих их практикующих психологов и молодежных лидеров Здоровый образ жизни и репродуктивное здоровье Проходит 5-дневный семинар по здоровью, управлению стрессом, гибким навыкам, эффективному общению и презентации, тайм-менеджменту и позитивному мышлению.
В целях обеспечения санитарно-эпидемиологического покоя в связи с пандемией более 20 студентов принимают участие в обучающих семинарах.

Для реализации проекта формируется команда из 40 тренеров.
Учащиеся, участвующие в этих семинарах, получат возможность организовывать семинары и информационные занятия на основе «равный-равному» в средних школах региона (для девочек-подростков).
В ходе проекта будет организовано женское волонтерское движение путем разработки системы работы со студентками совместно с Центрами здоровья девочек.

Проект «Молодые сверстники» направлен на профилактику преждевременных родов, самоубийств, подготовку школьников к семейной и общественной жизни, укрепление приверженности молодежи к здоровому образу жизни и репродуктивному здоровью, достижение гендерного равенства.

В ходе проекта 16 ноября студенты проведут онлайн-диалог с женщинами-руководителями Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан, Законодательной палаты Республики Узбекистан, Генеральной прокуратуры Республики Узбекистан, министерств , отделы и организации.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: