Qabul kvotalari 2021-2022 haqida ma’lumot

Qabul kvotalari 2021-2022 haqida ma’lumot
Telegramda o'qish

Ushbu maqolada 2021-2022 o’quv yili uchun qabul kvotasi haqida so’z yuritilgan bo’lib, barcha yo’nalishlar qabul kvotalarini mana bu sahifada PDF shaklida yuklab olishingiz mumkin: 2021-2022 qabul kvotasi yuklab olish barcha yo’nalishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining QARORI

Yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrab olinishini yanada kengaytirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, karantin sharoitida oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini talab darajasida tashkil etish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021/2022 o‘quv yili qabulidan boshlab davlat granti asosidakadrlarni tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasi O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari(keyingi o‘rinlarda – filiallar) hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun ham shakllantiriladi. Bunda:
filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasi vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining (keyingi o‘rinlarda – kadrlar buyurtmachilari) oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib shakllantiriladi;
filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan va o‘qishni tamomlagandan so‘ng kadrlar buyurtmachisi tizimida 5 yildan kam bo‘lmagan muddat davomida ishlab berish istagini bildirgan abituriyentlar bilan uch tomonlama (kadrlar buyurtmachisi–talaba–oliy ta’lim tashkiloti) shartnoma tuziladi;
filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar kadrlar buyurtmachisi bilan shartnoma imzolash istagini bildirmagan taqdirda, shartnoma tuzish huquqi kirish imtihonlarida to‘plagan ballar ketma-ketligiga mos ravishda keyingi o‘rindagi abituriyentga beriladi;
davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarning o‘qitish xarajatlari kadrlar buyurtmachilari tomonidan Davlat byudjeti parametrlarida mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Norkulov) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Moliya vazirligi (Ishmetov) va Adliya vazirligi (Davletov) bilan birgalikda ikki oy muddatda filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirish tartibini tasdiqlasin.
2. 2021/2022 o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari:
a) bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:
kunduzgi ta’lim shakliga – 113 530 nafar etib 1-ilovaga muvofiq;
sirtqi ta’lim shakliga – 37 675 nafar etib 1a-ilovaga muvofiq;
kechki ta’lim shakliga – 6 550 nafar etib 1b-ilovaga muvofiq;
b) magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 12 900 nafar etib 2-ilovaga muvofiq;
v) filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha – 500 nafar etib 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, 2021/2022 o‘quv yili qabulida:
abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 22 iyunidan 22 iyuliga qadar (22 iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi;
Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha 2 000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari ajratiladi;
Samarqand viloyati Urgut tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ta’lim tizimida kadrlar qo‘nimsizligini kamaytirish maqsadida bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan mazkur tuman uchun qo‘shimcha 100 ta davlat granti asosidagi maqsadli qabul ko‘rsatkichlari ajratiladi;
abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi;
abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat beriladi.
4. 2021/2022 o‘quv yilidaO‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda – Davlat komissiyasi) tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Davlat komissiyasiga quyidagi huquqlar berilsin:
zarurat bo‘lganda, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari tarkibi va o‘quv-metodik ta’minotidan kelib chiqib, yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini kiritish hamda tashkil etiladigan yangi oliy ta’lim muassasalari qabul parametrlarini belgilash uchun davlat buyurtmasi parametrlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga tegishli tarmoqlar va hududlar bo‘yicha maqsadli qabul parametrlarini belgilash;
oliy ta’lim muassasalariga bakalavriatning masofaviy ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida oliy ta’lim muassasalarining (o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalari bundan mustasno) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt minimal miqdorining yagona ko‘rsatkichlarini belgilash;
professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash.
5. Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov) Samarqand viloyati hokimligi (Turdimov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Norkulov) hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov) bilan birgalikda bir hafta muddatdaSamarqand viloyati Urgut tumani uchun pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha ajratilgan qabul parametrlarini oliy ta’lim muassasalari kesimida taqsimlash bo‘yicha asoslangan takliflarni Davlat komissiyasiga kiritsin.
6. Belgilansinki:
a) 2021/2022 o‘quv yili qabulida:
davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bunda, birinchi bosqichda davlat oliy ta’lim muassasasi tomonidan tanlangan mutaxassislikka mos fanlar bo‘yicha kirish imtihonlari, ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan chet tili bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi;
magistratura (klinik ordinatura)ga o‘qishga qabul qilishda chet tili bo‘yicha tegishli darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar ikkinchi bosqichda chet tilidan test sinovini topshirishdan ozod qilinadi va ularga mazkur fan bo‘yicha maksimal ball beriladi;
magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisligiga mos fanlar bo‘yicha imtihonlar natijalari imtihon o‘tkazilganidan keyin uch kun muddatda davlat oliy ta’lim muassasasi tomonidan idoralararo elektron axborot almashinuv tizimi orqali Davlat test markaziga taqdim etiladi hamda mazkur muassasaning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;
abituriyentning chet tili bo‘yicha test sinovidan to‘plagan ballari to‘g‘risida ma’lumot test sinovlari o‘tkazilgan kunning ertasiga hamda magistratura (klinik ordinatura) qabuli bo‘yicha tanlov natijalari test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;
b) 2021/2022 o‘quv yili qabulidan boshlab:
abituriyentdan alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda kasbiy (ijodiy) imtihonlardan so‘ng majburiy uchta – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga imtihonlarsiz davlat granti asosida o‘qishga kirish bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan shaxslar umumiy qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi;
xorijiy fuqarolarni davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish belgilangan tartibda o‘tkaziladigan suhbat natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi;
magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabul parametrlari asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning to‘lov-kontrakt summasi bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanadi;
v) 2022/2023 o‘quv yili qabulidan boshlab ro‘yxati mazkur qarorga 5-ilovada keltirilgan oliy ta’lim tashkilotlariga qabul parametrlari xorijiy mamlakatdagi bosh oliy ta’lim tashkiloti, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda mazkur oliy ta’lim tashkilotlari Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi.
7. 2021 yil 15 iyuldanboshlab talabalar o‘qishini ko‘chirishning quyidagi tartibi joriy qilinsin, unga muvofiq:
a) talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (shu jumladan, xalqaro reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy ta’lim tashkilotlaridan O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishda:
talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi. Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan, test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi;
test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari joriy yil 25 iyulga qadar, keyinchalik har yili 15 iyulga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi;
o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi;
test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Davlat test markazi hamda oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi;
b) talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi;
v) talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasining bir hududida joylashgan davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa hududidagi davlat oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirishda:
o‘qishni mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga uzrli sabablar mavjud bo‘lganda ruxsat etiladi. Bunda, o‘qishni ko‘chirish so‘ralayotgan hududda mos va turdosh ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lmaganda, o‘qishni mazkur hududdagi oliy ta’lim muassasasining boshqa ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirishga ruxsat etiladi;
talabaning respublika bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tishi, turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasining mehnat faoliyatini amalga oshirish joyi boshqa hududga o‘zgartirilishi, nikoh tuzgandan keyin turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududga ko‘chib o‘tishi uzrli sabablar etib tan olinadi;
talabalarning o‘qishini uzrli sabablar mavjud bo‘lmagan holatlarda, shuningdek, mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi (mazkur kichik bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno);
g) talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan:
O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan tartibda;
O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi;
d) sport musobaqalari g‘olibi sifatida imtiyoz bilan oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan hamda kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning o‘qishini ularning arizalariga muvofiq, sirtqi ta’lim shaklidagi mos va turdosh ta’lim yo‘nalishiga (sirtqi ta’lim shakli mavjud bo‘lgan taqdirda) davlat granti asosida ko‘chirishga ruxsat beriladi.
8. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev) Tashqi ishlar vazirligi (Arziyev) bilan birgalikda 2021 yil15 iyulga qadarqo‘shni davlatlarda faoliyat yuritayotgan va vakolatli tashkilot tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini rasmiy veb-saytida e’lon qilsin hamda mazkur ro‘yxatning har yili yangilab borilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6110-son Farmonida 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Guliston davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat pedagogika institutida tibbiyot fakultetlarini tashkil qilish belgilanganligima’lumot uchun qabul qilinsin.
Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Turizm va sport vazirligi (Abduxakimov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining (Toshkulov) O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida tibbiyot fakultetini tashkil etish hamda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab sog‘liqni saqlash sohasi uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Toshkent tibbiyot akademiyasi mazkur bandda ko‘rsatilgan ta’lim muassasalariga tibbiyot fakultetlari faoliyatini samarali tashkil etish, ularni o‘quv-metodik jihatdan ta’minlash va malakali professor-o‘qituvchilar bilan to‘ldirishda ko‘maklashsin.
10. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari va jahon chempionatlaridaoxirgi uch yilda g‘olib va sovrindor (1–3-o‘rin) bo‘lgan sportchi-o‘quvchilardavlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllariga qo‘shimcha davlat granti asosida kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.
Bunda, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari va jahon chempionatlarida g‘olib va sovrindor (1–3-o‘rin) bo‘lgan sportchi-o‘quvchilar qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati Turizm va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning asoslantirilgan takliflariga muvofiq Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi hamda Turizm va sport vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
11. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov) hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021 yil 1 noyabrga qadar davlat oliy ta’lim muassasalarida yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun ularning moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari va o‘quv-metodik ta’minotiga qo‘yiladigan minimal talablarni (keyingi o‘rinlarda – minimal talablar) ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Belgilansinki, 2022/2023 o‘quv yili qabulidan boshlab, davlat oliy ta’lim muassasalariga, ular minimal talablarga javob bergan taqdirda, yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi.
12. Davlat komissiyasi besh kun muddatda 2021/2022 o‘quv yili uchun:
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmalariga binoan sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, veterinariya, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sohalarida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun davlat buyurtmasi parametrlarining davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida maqsadli qabul parametrlarining tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida davlat buyurtmasi parametrlarini ta’lim tillariga qarab taqsimotini;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi takliflari asosida filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlarining kadrlar buyurtmachilari hamda ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimotini tasdiqlasin.
13. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov) bir oy muddatda:
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2021/2022 o‘quv yilida yangi kiritilayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga belgilangan tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin;
davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan yangi kiritilayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari, o‘quv rejalari hamda fan dasturlarining ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin.
14. O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalari 2021/2022 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha belgilangan to‘lov-kontrakt miqdori haqidagi ma’lumotlarni 2021 yil 1 iyulga qadar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilsinlar.
15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari pandemiya sharoitida abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish va test sinovlarini o‘tkazish jarayonlarini karantin va xavfsizlik talablariga to‘liq amal qilgan holda yuqori saviyada tashkil etishga shaxsan mas’ul etib belgilansin.
16. Belgilab qo‘yilsinki, 2021/2022 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida bakalavriat va magistraturaga o‘qishga qabul qilingan shaxslarni o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Moliya vazirligi kadrlar buyurtmachilari tomonidan taqdim etilgan asoslangan hisob-kitoblarga ko‘ra filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlari asosida o‘qishga qabul qilingan fuqarolarning o‘qitish xarajatlari bosqichma-bosqich qoplab borilishini ta’minlasin.
17. Davlat test markaziga (Karimov) markaz faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha shtat birliklarini joriy etish huquqi berilsin.
18. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatdarespublikaning barcha hududlarida Davlat test markaziga tegishli namunaviy tipdagi pavilonlarning qurilishi uchun belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishi hamda 2022 yil 1 iyungaqadar mazkur pavilonlar qurib bitkazilishi va foydalanishga topshirilishini ta’minlasin.
19. Belgilansinki, mazkur qarorning 6 va 7-bandlari bilan joriy etilayotgan tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga va harbiy oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
20. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov):
a) ikki hafta muddatda:
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab masofaviy ta’lim tashkil etiladigan davlat oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati hamda tegishli ta’lim yo‘nalishlari uchun qabul parametrlari bo‘yicha takliflarni Davlat komissiyasiga kiritsin;
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev) bilan birgalikda magistratura mutaxassisliklari va ularga muvofiq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqsin, yangilangan ro‘yxatni tasdiqlasin hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilsin;
b) uch oy muddatda:
2022/2023 o‘quv yili qabulidan boshlab talabalarni magistratura (klinik ordinatura)ga o‘qishga qabul qilishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risidagi;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
21. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni davlat oliy ta’lim muassasalarining sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibini;
masofaviy ta’limni tashkil etish va boshqarish tartibini;
oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarda doktoranturaga qabul qilish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilovchi Hukumat qarorlarini qabul qilsin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
23. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsan javobgar etib oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X.Toshkulov hamda Davlat test markazi direktori M.M.Karimov belgilansin.
Qaror ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A.Musayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A.Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti                                                              Sh.MIRZIYoYeV
Toshkent shahri,
2021 yil 22 iyun


В данной статье речь идет о квоте приема на 2021-2022 учебный год, скачать квоты приема всех направлений в формате PDF можно на этой странице: квота приема 2021-2022 скачать все направления

ПОСТАНОВЛЕНИЕ ПРЕЗИДЕНТА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

Дальнейшее расширение охвата молодежи высшим образованием, усиление здоровой конкуренции среди высших учебных заведений, организация приема абитуриентов в высшие учебные заведения в условиях карантина и проведение вступительных испытаний на необходимом уровне, а также в 2017- 2021 В целях реализации задач, изложенных в Стратегии действий по пяти приоритетным направлениям развития Республики Узбекистан:
1. Установить порядок, согласно которому государственный заказ на подготовку кадров на основе государственного гранта со дня приема на 2021/2022 учебный год иностранными высшими образовательными организациями, действующими в Республике Узбекистан, и их филиалами (далее — филиалы)) и негосударственных высших учебных заведений. Бунда:
Государственный заказ на подготовку кадров в филиалах и негосударственных высших учебных заведениях на основе государственных грантов формируется исходя из потребностей министерств, ведомств и органов местного самоуправления (далее — заказчик) в высшем образовании;
с поступающими, набравшими высшие баллы на вступительных экзаменах в филиалы и негосударственные высшие учебные заведения и изъявившими желание работать в системе кадрового заказчика не менее 5 лет после окончания обучения в образовательной организации) заключается договор;
При нежелании поступающих, набравших наивысшие баллы на вступительных экзаменах в филиалы и негосударственные высшие учебные заведения, заключать договор с заказчиком, право заключения договора предоставляется следующему поступающему в соответствии с очередностью набранных баллов на вступительных экзаменах;
Расходы на обучение студентов, принятых на обучение на основе государственного заказа, покрываются за счет заказчиков кадров за счет средств, предусмотренных на эти цели в параметрах Государственного бюджета.
Министерству экономического развития и сокращения бедности (Норкулов) совместно с Министерством высшего и среднего специального образования (Тошкулов), Министерством финансов (Ишметов) и Министерством юстиции (Давлетов) в двухмесячный срок открыть филиалы и ННО утвердить порядок формирования параметров заказа.
2. Параметры государственного заказа на 2021/2022 учебный год:
а) для бакалавров:
по очной форме обучения — 113 530 человек согласно приложению 1;
заочное обучение — 37 675 согласно приложению 1а;
вечернее образование — 6 550 человек согласно приложению 1б;(б) для подготовки мастеров — 12 900 в соответствии с Приложением 2;
в) на обучение на основе государственного гранта в филиалах и негосударственных организациях высшего образования — до 500 человек согласно приложению 3.
3. Определить, что при приеме на 2021/2022 учебный год:
Регистрация абитуриентов будет осуществляться с 22 июня по 22 июля текущего года (включая 22 июля) через Единый портал интерактивных государственных услуг и официальный сайт Государственного центра тестирования;
Для женщин с рекомендацией Министерства соседства и поддержки семьи будет выделено дополнительно 2000 государственных грантовых ставок приема в дополнение к общеустановленным государственным грантовым нормам приема на очную форму обучения в бакалавриате;
В целях развития социально-экономического развития Ургутского района Самаркандской области и снижения текучести кадров в системе образования дополнительно будет выделено 100 дополнительных программ бакалавриата в области педагогики по районным целевым показателям приема на основе государственных грантов;
абитуриенты имеют право участвовать в пяти специальностях бакалавриата с одинаковым набором предметов и одинаковой последовательностью предметов;
абитуриентам будет предоставлена ​​дополнительная возможность участия в конкурсе на основе государственного гранта, а затем на платной основе в зависимости от приоритета степени бакалавра, выбранной при регистрации.
4. Утвердить состав Государственной комиссии по приему в образовательные учреждения Республики Узбекистан в 2021/2022 учебном году (далее — Государственная комиссия) согласно приложению 4.
Государственная комиссия имеет следующие права:
при необходимости, исходя из материально-технической базы высших учебных заведений, состава профессорско-преподавательского состава и учебно-методических материалов, введения новых специальностей бакалавриата и магистратуры, а также учреждения новых высших учебных заведений внесение изменений и дополнений в параметры государственного заказа на определение параметров приема в образовательные учреждения;
установление целевых параметров приема в бакалавриат и магистратуру в высшие учебные заведения по отраслям и регионам;
утверждение параметров государственного заказа на прием в высшие учебные заведения на заочное обучение по специальности бакалавриат;
На основании предложений Министерства высшего и среднего специального образования и министерств и ведомств, имеющих в своей системе высшие учебные заведения, высшим учебным заведениям (за исключением вузов, перешедших на хозрасчет) установление единых показателей минимального размера дифференцированной платы-контракта исходя из базовой стоимости платы-контракта по направлениям бакалавриата;утверждение параметров государственного заказа на прием в учреждения профессионального образования.
5. Министерство народного образования (Шерматов) совместно с хокимиятом Самаркандской области (Турдимов), Министерством экономического развития и сокращения бедности (Норкулов) и Министерством высшего и среднего специального образования (Тошкулов) в течение недели в Ургутском районе Самаркандской области представить в Государственную комиссию обоснованные предложения по распределению параметров приема, выделяемых по направлениям педагогики, между высшими учебными заведениями.
6. Определить:
а) Прием на 2021/2022 учебный год:
Прием в магистратуру (клиническую ординатуру) государственных высших учебных заведений осуществляется в два этапа. На первом этапе государственное высшее учебное заведение проводит вступительные испытания по предметам, выбранным для специальности, а на втором этапе Государственный центр тестирования проводит тестирование по иностранным языкам;
Абитуриенты, имеющие на момент поступления в магистратуру (клиническую ординатуру) соответствующий национальный или международный сертификат по иностранному языку, освобождаются от сдачи зачета по иностранному языку на втором этапе и получают максимальный балл по предмету;
Результаты экзаменов по специальности магистратуры (клинической ординатуры) в трехдневный срок после проведения экзамена представляются государственным высшим учебным заведением в Государственный центр тестирования через систему межведомственного электронного обмена информацией и публикуются на официальном сайте вуза. ;
Информация о баллах абитуриента на тесте по иностранному языку На следующий день после теста и результаты конкурса на поступление в магистратуру (клиническую ординатуру) через неделю после окончания теста будут опубликованы на официальном сайте Государственного центра тестирования в свое время;
б) Со дня приема на 2021/2022 учебный год:
После профессиональных (творческих) экзаменов для поступления на программу бакалавриата, требующих от абитуриента особых способностей, есть три обязательных языка — родной язык (узбекский, русский или каракалпакский), математика и история Узбекистана. проводится Государственным испытательным центром;
в соответствии с законодательством лица, имеющие право на поступление в высшие учебные заведения на основе государственных грантов без экзаменов, принимаются на основе дополнительных государственных грантов в дополнение к общим параметрам приема;
Прием иностранных граждан в государственные высшие учебные заведения осуществляется на основании приказа ректора высшего учебного заведения по результатам собеседования, проводимого в установленном порядке;
Размер платы за контракт для поступающих в магистратуру (клиническую ординатуру) на основании дополнительных параметров приема, исходя из фактической стоимости на одного студента,определяется самостоятельно высшим учебным заведением;
в) параметры приема в высшие учебные заведения, перечень которых приведен в приложении 5 к настоящему постановлению со дня зачисления в 2022/2023 учебном году, основной вуз иностранного государства, Министерство экономики Развитие и сокращение бедности утверждены решением Попечительских советов этих высших учебных заведений по согласованию с Министерством среднего специального образования и Государственной инспекцией по контролю качества образования.
7. С 15 июля 2021 года ввести следующий порядок перевода обучающихся, согласно которому:
а) перевод обучающихся из высших учебных заведений, действующих в зарубежных странах (в том числе занимающих 1000 первых мест в международных рейтингах) на соответствующие и смежные направления образования государственных высших учебных заведений Республики Узбекистан при перемещении:
профессиональные (творческие) экзамены по направлениям специального образования, требующим от обучающегося специальных навыков, тесты по другим направлениям обучения. В этом случае профессиональные (творческие) экзамены проводятся соответствующим высшим учебным заведением, а тесты – Государственным центром тестирования;
проходные баллы по зачетам и профессиональным (творческим) экзаменам до 25 июля текущего года, затем до 15 июля каждого года Министерством высшего и среднего специального образования и министерствами и ведомствами с высшими учебными заведениями в системе, определяемой и публикуемой в средствах массовой информации ;
Студенты с оценкой ниже проходного балла будут допущены к программе бакалавриата на стратифицированной платной основе;
Результаты зачетов и профессиональных (творческих) экзаменов публикуются на официальных сайтах Государственного центра тестирования и высших учебных заведений;
б) перевод обучающихся из высших учебных заведений, действующих в зарубежных странах, на соответствующие и несмежные направления подготовки государственных высших учебных заведений Республики Узбекистан;
в) при переводе обучающихся из государственного высшего учебного заведения, расположенного на одной территории Республики Узбекистан, в государственное высшее учебное заведение на другой территории:
допускается при наличии веских причин для перевода на соответствующие и смежные направления обучения. В этом случае при отсутствии подходящего и смежного направления подготовки по направлению, куда запрашивается перевод, допускается перевод обучения на другое направление обучения высшего учебного заведения по данному направлению;
студент переезжает из одной части страны в другую на постоянное место жительства, место работы супруга или родителя меняется на другую местность, после заключения брака супруг переезжает на территорию постоянного проживания извинение;
в случаях отсутствия уважительных причин для обучения студентов, а такжеПеревод на совместные и несмежные направления подготовки осуществляется в установленном порядке на основе единовременного платежа, равного минимальному размеру стратифицированного гонорара-контракта, установленного для соответствующего бакалавриата (за исключением случаев, предусмотренных вторым пунктом). абзац настоящего подпункта);
ж) филиалы и негосударственные высшие учебные заведения, действующие в Республике Узбекистан:
Перевод государственных высших учебных заведений Республики Узбекистан на соответствующие и аналогичные направления образования в порядке, предусмотренном подпунктом «а» настоящего пункта;
Перевод государственных высших учебных заведений Республики Узбекистан на соответствующие и несоответствующие направления образования в установленном порядке равен минимальному размеру дифференцированного платежа-контракта, установленного для соответствующего направления бакалавриата. основание единовременной выплаты;
г) обучающиеся, зачисленные в высшие учебные заведения на основе государственного гранта с привилегией победителей спортивных соревнований и обучающиеся в соответствии с их заявлениями на дневной форме, соответствующего и смежного образования в форме дистанционного направления обучения (при наличии является формой дистанционного обучения) допускается на основе государственного гранта.
8. Государственной инспекции по контролю качества в образовании (Ташкенбаев) совместно с МИД (Арзиев) на официальном сайте перечень высших учебных заведений, действующих в странах ближнего зарубежья и аккредитованных компетентным органом до 15 июля 2021 года и обеспечить ежегодное обновление списка.
9. ПФ-6110 Президента Республики Узбекистан от 12 ноября 2020 года «О мерах по внедрению совершенно новых механизмов в деятельность учреждений первичной медико-санитарной помощи и дальнейшему повышению эффективности реформ в системе здравоохранения» Для информации, Постановлением № 2021/2022 предусмотрено создание медицинских факультетов в Гулистанском государственном университете, Каршинском государственном университете, Джизакском государственном педагогическом институте и Навоийском государственном педагогическом институте с 2021/2022 учебного года.
Министерству здравоохранения (Хаджибаев), Министерству туризма и спорта (Абдухакимов), Министерству высшего и среднего специального образования (Ташкулов) создать медицинский факультет в Узбекском государственном университете физической культуры и спорта и в 2021/2022 году утвердить предложение о наладить подготовку кадров высшего образования для сектора здравоохранения из
Ташкентской медицинской академии оказать содействие указанным в настоящем пункте образовательным учреждениям в эффективной организации деятельности медицинских факультетов, их учебно-методическом обеспечении и укомплектовании квалифицированными профессорами и преподавателями.
10. Установить порядок, согласно которомуНачиная с 2021/2022 учебного года в государственные высшие учебные заведения принимаются студенты-спортсмены, завоевавшие и завоевавшие призовые места (1–3 места) за последние три года на Олимпийских и Паралимпийских, Азиатских и Паралимпийских играх и чемпионатах мира. по программам бакалавриата организаций без очной, заочной и вечерней форм обучения на основе дополнительных государственных грантов без вступительных испытаний.
Приводится перечень программ бакалавриата и магистратуры для студентов, занимавших призовые места на Олимпийских и Паралимпийских играх, Азиатских и Паралимпийских играх и чемпионатах мира (1-3 места) Туризм и утвержденный Государственной комиссией в соответствии с обоснованными предложениями Министерства спорта, Министерства высшего и среднего специального образования и министерств и ведомств с высшими учебными заведениями в системе и опубликованы на официальном сайте Министерства туризма и спорта.
11. Государственной инспекции по контролю качества образования (Ташкенбаев) совместно с Министерством высшего и среднего специального образования (Тошкулов) и министерствами и ведомствами с высшими учебными заведениями в системе до 1 ноября 2021 года минимальные требования к их материально-техническим и техническую базу, профессорско-преподавательский состав и учебно-методические пособия для осуществления образовательной деятельности по новым бакалаврским и магистерским специальностям в организациях образования (далее местами — минимальные требования).
Следует отметить, что с приема в 2022/2023 учебном году государственным высшим учебным заведениям будет разрешено осуществлять образовательную деятельность по новым специальностям бакалавриата и магистратуры при условии их соответствия минимальным требованиям.
12. Государственной комиссии в пятидневный срок на 2021/2022 учебный год:
Согласно приказам Министерства здравоохранения, Министерства народного образования, Государственного комитета ветеринарии и развития животноводства, Агентства по развитию медико-социального обслуживания, Совета Министров Республики Каракалпакстан, областных и Ташкентского городского хокимиятов Распределение параметров целевого приема по районам (городам) в рамках параметров государственного гранта на основе параметров государственного гранта для территорий с высокой потребностью в высокообразованных кадрах в сфере медико-санитарного, ветеринарного, медицинского и социального обслуживания;
Министерство высшего и среднего специального образования на основании предложений министерств и ведомств, имеющих в системе высшие учебные заведения, распределяет параметры государственного заказа по языкам обучения;
На основании предложений Министерства экономического развития и сокращения бедности, Министерства высшего и среднего специального образования и Государственной инспекции по контролю качества образования параметры госзаказа для филиалов и негосударственного высшего образования утверждают распределение в разделе.
13.Министерство высшего и среднего специального образования (Тошкулов) в месячный срок:
Совместно с Узбекским агентством по техническому регулированию, Министерством экономического развития и сокращения бедности, Министерством занятости и трудовых отношений в 2021/2022 учебном году Высшему образованию внести в установленном порядке изменения и дополнения в классификатор направления и специальности;
обеспечить разработку и утверждение в установленном порядке квалификационных требований, учебных планов и научных программ вновь вводимых специальностей бакалавриата и магистратуры, вводимых государственными высшими учебными заведениями.
14. Информация о размере платы-контракта, установленной по специальностям бакалавриата и магистратуры на 2021/2022 учебный год в высших учебных заведениях, перешедших на систему хозрасчета, объявить в средствах массовой информации до 1 июля 2021 года.
15. Возложить на Председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан, акимов областей и города Ташкента лично ответственных за организацию процесса приема документов от поступающих и проведение испытаний на высоком уровне в полном соответствии с карантином. и требования безопасности.
16. Следует отметить, что в 2021/2022 учебном году расходы, связанные с подготовкой лиц, принятых в высшие учебные заведения по программам бакалавриата и магистратуры на основе государственных грантов, будут финансироваться за счет средств Государственного бюджета.
Министерству финансов обеспечить поэтапное возмещение затрат на обучение граждан, принятых в филиалы и негосударственные высшие учебные заведения на основании параметров государственного заказа, на основе обоснованных смет, предоставленных персоналом.
17. Предоставить Государственному центру тестирования (Каримов) право на введение дополнительных сотрудников за счет средств Центра развития деятельности Центра.
18. Совету Министров Республики Каракалпакстан, областным и Ташкентскому городскому хокимиятам в двухмесячный срок выделить земельные участки для строительства типовых павильонов Государственного испытательного центра во всех регионах страны и завершить строительство и ввод в эксплуатацию этих павильонов до 1 июня 2022 года.
19. Определить, что порядок, установленный пунктами 6 и 7 настоящего постановления, не распространяется на Академию государственного управления при Президенте Республики Узбекистан, Академию Генерального прокурора Республики Узбекистан, Банковско-финансовую академию Республики Узбекистан и военных высших учебных заведений.
20. Министерство высшего и среднего специального образования (Тошкулов):
а) в течение двух недель:Внести в Государственную комиссию перечень государственных высших учебных заведений, в которых будет организовано дистанционное обучение с 2021/2022 учебного года, а также предложения по параметрам приема на соответствующие направления подготовки;
Совместно с Государственной инспекцией по контролю качества образования (Ташкенбаев) рассмотреть перечень специальностей магистратуры и соответствующих им программ бакалавриата, утвердить обновленный перечень и опубликовать его в средствах массовой информации;
б) в течение трех месяцев:
О введении нового порядка приема обучающихся в магистратуру (клиническую ординатуру) с приема 2022/2023 учебного года;
совместно с соответствующими министерствами и ведомствами внести предложения в Кабинет Министров о внесении изменений и дополнений в законодательство, вытекающих из настоящего постановления.
21. Кабинет Министров в двухмесячный срок:
порядок приема граждан, имеющих стаж работы в экономике не менее пяти лет, на заочную и вечернюю формы обучения в государственных высших учебных заведениях на платной основе по результатам собеседования;
порядок организации и управления дистанционным обучением;
принять постановления Правительства, устанавливающие дополнительные меры по совершенствованию порядка приема в докторантуру высших учебных заведений и научных организаций.
22. Внести изменения и дополнения в некоторые документы Президента Республики Узбекистан согласно приложению 6.
23. Ответственными и персонально ответственными за эффективную организацию реализации настоящего постановления возложить на Министра высшего и среднего специального образования А.Х.Тошкулова и директора Государственного центра тестирования М.М.Каримова.
Заместителю Премьер-министра Республики Узбекистан Б.А. Мусаеву и советнику Президента Республики Узбекистан А.А. Абдувахитову возложить координацию и контроль за деятельностью органов, ответственных за реализацию Постановления.
Республика Узбекистан
Президент Ш.МИРЗИЙОЕВ
город Ташкент,
22 июня 2021 г.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: