Pegas va «dohiy». Brejnevning uchta esdalik kitobi qanday yaratilgan edi?

Pegas va «dohiy». Brejnevning uchta esdalik kitobi qanday yaratilgan edi

Sharqda shoiru, san’atkorlarni ilhom parisi ijodga rag‘batlantirgan. Qadim yunonlarda esa bu g‘oyat mas’uliyatli vazifa Pegas nomli ot zimmasida edi.

Rassomlarning tasvirlashicha, boshqa otlardan farqli ularoq unda ikkita qanot ham bo‘lgan. L.I.Brejnev SSSRda bor ordenu medallarni, unvonlarni olgach, dohiy bo‘lish uchun «Zabardast yozuvchi», degan nom yetishmayotganini sezib qoldi. Shu bois umrining oxirida unda avlodlarga o‘zi haqida bebaho asarlar qoldirish istagi tug‘ildi va Kremlga Pegasni yetaklab keltirishlarini buyurdi.
«…Urushda men kundalik tutmaganman. Ammo alangali 1418 kun va tun sira unutilmaydi. Hamma frontda bo‘lgani kabi mening ham xotiramdan aslo uchmaydigan voqealar, uchrashuvlar, janglar, daqiqalar bo‘lgan. Shundan so‘ng «Kichik yer», «Tiyupanish», «Qo‘riq» esdaliklarida aniq raqamlar, qo‘mondondan tortib oddiy askarning ismi va familiyasi, shahar va qishloqlar nomlari, hatto, ayrim kishilarning tug‘ilgan kunlarigacha o‘qish mumkin. «…15 fevralda… Shalva Tagarashvili 23 yoshga kirdi», «..qo‘shinlarga Shimoliy Kavkaz fronti qo‘mondonining 1943 yil 9 oktyabrdagi 51-sonli buyrug‘i o‘qib eshittirildi».
Bu parchalar qaysi asardan olingani bilan qiziqayotganingiz, shubhasiz. O‘tgan asrning 70-80 yillarida mashhur bo‘lgan har bir partiya xodimi, har bir kommunist, har bir talaba o‘qishi shart qilib qo‘yilgan (!) bu asar sobiq KPSS Markaziy Komitetining Bosh sekretari, SSSR Oliy Soveti Prezidumi raisi, Sovet Ittifoqi Marshali Leonid Ilich Brejnevning «Kichik yer» asari edi. Bu asar ushbu maqola boshida keltirilgan so‘zlar bilan boshlanadi.
Rahbarlik qilgan yillari ittifoqni boshboshdoqlik, tanazzul yoqasiga keltirib qo‘ygan bu zot siyosatshunos va yozuvchi Fyodor Burlakiyning yozishi-cha, biror bir narsa yozish tugul, o‘qishga ham hafsalasi bo‘lmagan. To‘g‘rirog‘i, urush yillari kundalik tutmagan odamning oradan 30-35 yil o‘tib, shaharcha va qishloqlar, aniq raqamlar, ism-familiyalarni yodlab qolib, qog‘ozga tu-shirganiga sira aqling bovar qilmaydi. Agarda o‘sha paytlarda «muallif»ning yoshi 70 dan oshganini hisobga oladigan bo‘lsak, «xotirasi kuchli» bo‘lgan salkam dohiyga tasannolar aytging keladi.
«Kichik yer» asaridan sal o‘tmay «Qo‘riq» va «Tiklanish» esdaliklari paydo bo‘ldi. Bu trilogiya turli qardosh respublikalarda, chet ellarda, turli tillarda katta nusxalarda chop etildi. Bu «durdona»lar alohida kitob holida ham bir necha bor nashr qilindi. Ittifoq gazeta va jurnallarining deyarli barchasida parchalar e’lon qilinib borildi. O‘zbek tilida alohida chop etilganidan tashqari, 1978 yil «O‘zbekiston» nashriyotida uchta esdalik yaxlit bitta kitob holida, 50 ming nusxada bosildi. 12,79 bosma taboqdan iborat trilogiya o‘n ikki kun ichida terishga berildi va bosishga ruxsat etildi. Misli ko‘rilmagan tezkorlikni qarang! Qizig‘i, «Kichik yer»dagi kabi «Qo‘riq» va «Tiklanish»da ham ko‘plab raqamlar va ism-familiyalar aniq keltirilgan.
Umuman, kundalik yuritmagan davlat rahbari esdaliklarini o‘z qo‘li bilan yozganiga sira ishonging kelmaydi. Har kungi uchrashuvlar, davlat ishlaridan vaqt topib, «asar bitish»ning uzi g‘alati tuyuladi kishiga. Bu kundalik-esdaliklar Brejnevning aynan o‘z qo‘llari bilan yozilganiga u tirik paytda ham jiddiy shubhalar bor edi.
Publitsist yozuvchi Georgiy Yakovlevning «Moskovskaya pravda» gazetasida ta’kidlashicha, «Kichik yer», «Qo‘riq» va «Tiklanish» bir guruh yozuvchi va taniqli jurnalistlar tomonidan yaratilgan. Ularning ayrimlari haftalab partiyaning dala hovlisida yashab, L.I.Brejnev uchun ma’ruzalar tayyorlagan bo‘lsa, boshqa bir guruhi yaratilajak «Esdaliklar» bilan mashg‘ul bo‘lishgan. Kitobning yozilishidan tortib o‘quvchiga borib yetguncha bo‘lgan ishlarga Markaziy Komitet mas’ul xodimlaridan bir nechtasi biriktirib qo‘yilgan. Kitoblarda ism-sharifi ko‘rsatilmagan «hammualliflar» Moskvadan Brejnev faoliyat ko‘rsatgan barcha joylarga oylab xizmat safariga jo‘natilgan. Ular ish haqlari saqlangan holda esdaliklar uchun ma’lumotlar yig‘ishgan. Markaziy Komitet mas’ul xodimlaridan biri tayyor bo‘lgan esdaliklarni Qrimda dam olayotgan Brejnevga ko‘rsatish uchun olib borganda «muallif» ikkitagina so‘zning o‘rnini almashtirgan, xolos.
1979 yilda millionlab kishilar televideniye orqali «Esdaliklar» uchun L.Brejnev Lenin mukofotiga sazovor bo‘lganligini tomosha qildilar. SSSR Yozuvchilar uyushmasining o‘sha paytdagi rahbari Georgiy Markov «O‘qimishli va taassurotlarga boy bo‘lgani uchun» ham katta nusxalarda chop etilgan kitobni rosa maqtadi. Kremlda o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda «hammualliflar»ning nomlari tilga olinmagan bo‘lsa-da, tantanada ko‘krak kerib o‘tirishdi. Siyosiy nashriyot L.I.Brejnevga 500 ming so‘m (o‘sha paytda buncha mikdordagi pulga 70-80 ta yangi «Jiguli» rusumli avtomobil sotib olsa bo‘lardi) qalam haqi to‘ladi. Esdaliklarning asosiy mualliflari qalam haqiga sherik bo‘lmagan bo‘lsalar-da, biri orden bilan takdirlandi, yana biriga laureatlik unvoni berildi, boshqa biroviga esa Moskva shahri markazidan kvartira ajratildi. Biriga nashriyotlardan imtiyozli foydalanish huquqini qo‘lga kiritdi. Dohiy bo‘lishga intilayotgan «muallif» komissiya tuzib, barcha qo‘lyozmalarni yig‘ishtirib oldi va ularni kuydirishga farmon berdi. Bundan keyin ham esdaliklarning haqiqiy mualliflari kim ekanligini isbotlab ko‘ring-chi! Go‘yo «Qor yog‘di-yu, izlar bosildi» qabilida ish tutildi.
…Qayta qurish, oshkoralik, degan so‘zlar har kuni millionlab tilga olinayotgan paytlarga kelib «Esdaliklar»ning haqiqiy mualliflari ham ma’lum bo‘lib qoldi. Lekin ularning hech biri buni oshkor tan olgisi kelmadi. To‘g‘rirog‘i, ular nomlariga keyinchalik bo‘lsa ham dog‘ tushishidan hayiqdilar.
Izzatulla NORQUVVATOV tayyorladi.


На Востоке поэты и художники были вдохновлены творчеством. В Древней Греции за это отвечала лошадь по кличке Пегас.

По словам художников, в отличие от других лошадей, у него было два крыла. Получив медали и звания СССР, Брежнев почувствовал, что ему недостаточно званий, чтобы стать гением. Итак, в конце своей жизни он хотел оставить прочное наследие для поколений и приказал Кремлю привести Пегаса.
«…На войне я не вел дневника. Но огненные 1418 дней и ночей никогда не забудутся. Как и на всех фронтах, у меня были события, встречи, сражения, мгновения, которые я никогда не забуду. После этого» Литтл Земля», «Тиюпаниш», «Гвардия» мемуары могут прочитать точные числа, от командира до имени и фамилии рядового солдата, названия городов и деревень, и даже дни рождения некоторых людей». … Февраль 15… Шалве Тагарашвили исполнилось 23 года.
Вы, несомненно, задаетесь вопросом, из какого произведения были взяты эти произведения. Каждый партийный работник, каждый коммунист, каждый студент, прославившийся в 70-х и 80-х годах прошлого века, был обязан прочитать (!) это произведение «Малая земля» маршала Советского Союза Леонида Ильича Брежнева. Эта работа начинается со слов в начале этой статьи.
По словам политолога и писателя Федора Бурлаки, который в годы своего президентства поставил союз на грань распада, он не разочаровался ни в написании, ни в прочтении чего бы то ни было. В самом деле, невероятно, чтобы человек, не ведший дневник военных лет, спустя 30-35 лет запоминал города и села, точные цифры, имена и фамилии. Если учесть, что «автору» в то время было за 70, то хотелось бы похвалить гения, обладающего «крепкой памятью».
Вскоре после «Маленькой Земли» появились «Воспоминания об опеке и выздоровлении». Эта трилогия издана большим тиражом в разных братских республиках, за рубежом, на разных языках. Эти «жемчужины» также несколько раз публиковались отдельной книгой. Отрывки публиковались почти во всех союзных газетах и ​​журналах. Помимо отдельного издания на узбекском языке, в 1978 году издательство «Узбекистан» выпустило 50 000 экземпляров трех воспоминаний в одной книге. Трилогия из 12,79 пластин была сдана в типографию и разрешена к печати в течение двенадцати дней. Взгляните на беспрецедентную скорость! Интересно, что как в «Маленькой Земле», так и в «Страже» и «Выздоровлении» очень много номеров и названий.
В основном,Вы не поверите, что он написал свои мемуары своим почерком. Странными кажутся ежедневные встречи, отгулы от государственной работы и сама «доработка». Еще при его жизни существовали серьезные сомнения в том, что эти дневники писал сам Брежнев.
По сообщению писателя-публициста Георгия Яковлева в газете «Московская правда», «Малая земля», «Гвардия» и «Возрождение» были созданы группой писателей и известных журналистов. Одни из них неделями жили на партийном дворе и готовили лекции для Л.И. Брежнева, а другая группа занималась формировавшимися «Воспоминаниями». С момента написания книги до момента, когда она попала к читателю, к ней было прикреплено несколько чиновников ЦК. «Соавторы», имена которых в книгах не упоминаются, были отправлены в месячную командировку из Москвы по всем местам, где работал Брежнев. Они собирали информацию на сувениры, сохраняя при этом свою зарплату. Когда один из чиновников ЦК взял готовые мемуары, чтобы показать Брежневу, отдыхавшему в Крыму, «автор» изменил всего два слова.
В 1979 году миллионы людей смотрели по телевидению, как Брежнев получил Ленинскую премию за «Воспоминания». Георгий Марков, тогдашний глава Союза писателей СССР, также похвалил изданную большим тиражом книгу за то, что она «образованна и богата впечатлениями». Имена «соавторов» на церемонии в Кремле не назывались, но они присутствовали на церемонии. Политиздат выплатил Л.И. Брежневу 500 000 сумов (в то время на эти деньги можно было купить 70-80 новых автомобилей «Жигули»). Хотя основные авторы воспоминаний не разделили стоимость пера, один был награжден орденом, другой удостоен звания лауреата, а еще одному дали квартиру в центре Москвы. Один получил льготный доступ в издательства. «Автор», претендовавший на звание гения, сформировал комиссию, собрал все рукописи и приказал их сжечь. Тогда докажите, кто настоящие авторы мемуаров! Как будто «шел снег и следов не стало».
… В то время, когда слова «реконструкция», «прозрачность» произносятся миллионами каждый день, стали известны настоящие авторы «Мемуаров». Но никто из них не хотел признаваться в этом открыто. На самом деле, они боялись, что их имена впоследствии будут запятнаны.
Подготовил Иззатулла НОРКУВВАТОВ.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: