Ayollarning o‘zbek jamiyatidagi roli haqidagi uchta noto‘g‘ri qarash

Ayollarning o‘zbek jamiyatidagi roli haqidagi uchta noto‘g‘ri qarash

SelfMama Uzbekistan loyihasi O‘zbekistonda ilk bor ayollar karera forumini (Uzbekistan Women Career Forum – 2021) o‘tkazdi.

Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Forum ayollarning ijtimoiy o‘sishiga ko‘maklashish, kasbiy ko‘nikmalar va malakalar bilan tanishtirish, hozirgi va bo‘lajak onalarga motivatsiya berishni maqsad qiladi.
Forumda onalik va oiladagi ayollik vazifalari bilan birga turli jabhalarda muvaffaqiyatli karera olib borayotgan faol ayollar qatnashib, qiz-ayollar uchun tavsiyalar berishdi.
Jumladan, «SmartGov» konsalting kompaniyasi rahbari, jamoatchilik faoli Aziza Umarova «Ayollar yetakchiligi – jamiyat transformatsiyasi kaliti sifatida» mavzusida chiqish qildi.
U o‘zbek jamiyatida ayollarning roli borasida shakllangan uchta noto‘g‘ri qarash xususida so‘z yuritdi.
1-noto‘g‘ri qarash: Ayol huquqlari tushunchasi bizga yaqinda g‘arbdan kirib kelgan
— Aslida ayollar huquqlari haqida birinchilardan bo‘lib jadidlar so‘z ocha boshlashgan. Xususan, jadidlarning taniqli vakillaridan biri Tavallo qizlarning o‘z otasiga bilim olishga ruxsat so‘rash mazmunidagi maktubi shaklida she’r yozadi. Shundan so‘ng yangi usul maktablarida qizlar uchun ham sinflar tashkil qilinadi.
1927 yilda paranjini tashlash va yoqish harakatlari boshlandi. SSSRda sharq ayollarining paranji tashlashi bolsheviklarning eng asosiy modernizatsiya loyihalaridan biri bo‘ldi. Ular qatorida Buxoro amirining sobiq kanizagi Jahon Obidova ham bor edi, u keyinchalik O‘zSSRning vitse-prezidenti bo‘ldi, ammo 30-yillarda qatag‘on qilinadi va uning nomi barcha manbalardan o‘chirib tashlanadi.
SSSRda ko‘plab ayollar vazir, sudya, hokim lavozimlarida faoliyat ko‘rsatishgan, hatto Moskvada respublika nomidan ish olib borishgan. Ayollarni rahbar lavozimlariga tayinlash davlat siyosati darajasiga chiqqan. 1991 yildan boshlab bu masala yana ortga keta boshladi.
2-noto‘g‘ri qarash: O‘zbeklarning mentaliteti o‘ziga xos, ayollarga bo‘lgan munosabat ham mana shu mentalitet bilan bog‘liq
— Yangi Zelandiya, Gruziya, Singapur, Estoniya, Daniya, Gretsiya, Bangladesh, Nepal, Islandiya, Argentina, Litva, Kosta-Rika, Braziliya, Finlandiya, Germaniya, Efiopiya, Serbiya, Moldova. Bular – davlat yoki hukumat rahbari ayollar bo‘lgan davlatlar.
Parlamentda ayollar ulushi eng ko‘p mamlakat esa Afrikaning Ruanda davlati. Bu borada ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Kuba va Boliviya egallab turibdi. Bundan ko‘rinadiki, hech qanday mentalitet yoki muayyan hududga xos qarashlar jamiyatning ayollarga munosabatini izohlay olmaydi. Ayollar yetakchi bo‘lgan davlatlarning umumiy jihati ham yo‘q, ular diniy, milliy va hududiy jihatdan o‘ta rang-barang.
Butun dunyoda aholining naq yarmi – ayollarning barcha jabhalarda o‘z salohiyatini namoyish qilishi uchun ko‘maklashish jarayoni kechmoqda. 2016 yildan boshlab bu borada bizda ham siljishlar bo‘la boshladi. Biroq ayollarning nomiga qilinayotgan tayinlovlaridan chekingan holda bu muammoni hal qilishda jiddiy qadamlarni tashlash kerak.
Mansab egasi bo‘lgan ayollar reprezentativ bo‘lishi uchun ular davlat budjeti taqsimotida qanday bo‘lsa ham ta’sirga ega bo‘lishi kerak.
3-noto‘g‘ri qarash: O‘zgarish qilish imkonsiz
— To‘g‘ri, jamoatchilik fikrini o‘zgartirish har doim qiyin kechadi. Ammo nolish emas, balki urinib ko‘rish kerak.
2015 yildan boshlab Women Empowerment Club Tashkent pablikini yuritib kelaman. O‘sha paytda u yagona edi, desa ham bo‘ladi. Jamiki muhit Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan ishg‘ol qilingan edi. Biz o‘zimiz mustaqil ravishda muhim mavzularni muhokama qila boshladik, uchrashuvlar tashkil qildik. Bir gal hatto 9 mln so‘m jarima solishgan. Shunchaki daun sindromi bo‘lgan bolalarni mehribonlik uyiga bermasdan uyda tarbiyalash muhokamasiga yig‘ilganimiz uchun.
Ammo zamon o‘zgardi. Hozir bu kabi pabliklar talaygina. Va men ayollar o‘z ekomuhitini yaratayotganidan, birgalikda rivojlanayotganini ko‘rishdan faxrlanaman. Muammoni ko‘rdingizmi? Birinchi qadamni tashlang. Sizning harakatingizda mohiyat ko‘ra boshlashsa, boshqalar ham sizga ergasha boshlashadi.
To‘g‘ri, bizning jamiyatda ayollar erkaklar bilan baravar muvaffaqiyatga erishishi uchun ikki karra tezroq yugurishi, uch karra balandroq sakrashi kerak. Bir-biringizni qo‘llab-quvvatlang, oilangizdagi ayollarga yelkadosh bo‘ling. Ta’lim olishga ilhomlantiring. Qanotlarni sindirmang, balki qanot bo‘ling. Atrofingizdagilarni ilhomlantiring. Yaratuvchi bo‘ling. O‘zingiz yashamoqchi bo‘lgan va farzandlaringiz yashaydigan jamiyatni o‘z qo‘lingiz bilan yarating.
***
Ma’lumot uchun, SelfMama Uzbekistan – ikki arxetipni, ya’ni ona va self-made woman (o‘z intilishi bilan yutuqlarga erishgan ayol)ni birlashtiruvchi loyihadir.
Loyiha onalik va professional sohada ijtimoiy o‘sishni muvaffaqiyatli birlashtirishga intilayotgan ayollar uchun qulay muhit va kasbiy o‘sishni rivojlantirishga qaratilgan. Ayollarga oila va ish o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, kasbiy qadr-qimmatini yaxshilash, har bir ayol uchun eng yaxshi martaba strategiyasini tanlashga yordam beradi.


Проект SelfMama Uzbekistan провел первый Женский Карьерный Форум в Узбекистане (2021).

Об этом сообщает Kun.uz.
Форум призван способствовать социальному росту женщин, знакомить их с профессиональными навыками и умениями, мотивировать настоящих и будущих матерей.
В форуме приняли участие активные женщины, которые делают успешную карьеру в различных сферах, наряду с обязанностями материнства и женственности в семье, и дали рекомендации женщинам и девушкам.
В частности, руководитель консалтинговой компании «SmartGov», общественный деятель Азиза Умарова выступила с докладом «Женское лидерство – залог социальных преобразований».
Она рассказала о трех заблуждениях о роли женщины в узбекском обществе.
Миф 1: Концепция прав женщин недавно пришла к нам с Запада
«На самом деле джадиды первыми заговорили о правах женщин, — сказала она. В частности, Тавалло, известный джадид, пишет стихи в виде письма девушки, просящей у отца разрешения на учебу. После этого в школах нового метода будут организованы занятия для девочек.
В 1927 г. были предприняты попытки снять и сжечь паранджу. В СССР ношение чадры восточными женщинами было одним из важнейших модернизационных проектов большевиков. Среди них была и Жахон Обидова, бывшая наложница бухарского эмира, впоследствии ставшая вице-президентом Узбекской ССР, но репрессированная в 1930-е годы, и ее имя было вычеркнуто из всех источников.
В СССР многие женщины служили министрами, судьями, губернаторами и даже в Москве от имени республики. Назначение женщин на руководящие должности поднялось до уровня государственной политики. Начиная с 1991 года, проблема снова начала отступать.
Заблуждение 2: Менталитет узбеков уникален, и отношение к женщинам связано с этим менталитетом.
— Новая Зеландия, Грузия, Сингапур, Эстония, Дания, Греция, Бангладеш, Непал, Исландия, Аргентина, Литва, Коста-Рика, Бразилия, Финляндия, Германия, Эфиопия, Сербия, Молдова. Это страны, где главой государства или правительства является женщина.
Руанда – страна с наибольшей долей женщин в парламенте. Куба и Боливия находятся на втором и третьем месте соответственно. Получается, что никакие менталитеты и региональные аспекты не могут объяснить отношение общества к женщинам. В странах, где женщины являются лидерами, нет общего знаменателя, они очень разнообразны в религиозном, национальном и региональном отношении.
Половина населения мира помогает женщинам проявить свой потенциал во всех областях. С 2016 года мы добились прогресса в этом отношении. Однако необходимо предпринять серьезные шаги для решения этой проблемы путем отказа от назначений, сделанных от имени женщин.Чтобы женщины были представительными, они должны иметь какое-то влияние на распределение государственного бюджета.
Заблуждение 3: Невозможно измениться
— Это правда, что изменить общественное мнение всегда сложно. Но вы должны попробовать, а не жаловаться.
С 2015 года я руковожу ташкентским пабом Women Empowerment Club. Он был единственным в то время. Все окружение было занято Комитетом женщин. Мы начали самостоятельно обсуждать важные вопросы, организовывали встречи. Одно время даже оштрафовали на 9 млн сумов. Просто мы собрались вместе, чтобы обсудить воспитание детей с синдромом Дауна дома, а не отдавать их в детский дом.
Но времена изменились. Таких пабов сейчас очень много. И я горжусь тем, что женщины создают свою собственную экосреду, растут вместе. Вы видели проблему? Сделайте первый шаг. Как только вы начнете видеть суть своих действий, другие последуют за вами.
Правда, в нашем обществе женщины должны бегать в два раза быстрее и прыгать в три раза выше, чтобы быть такими же успешными, как мужчины. Поддерживайте друг друга и встаньте плечом к плечу с женщинами в вашей семье. Вдохновляйтесь учиться. Не ломай крылья, будь крыльями. Вдохновляйте окружающих. Будь креативным. Создайте сообщество, в котором вы хотите жить и где живут ваши дети.
***
Для справки: SelfMama Uzbekistan — это проект, объединяющий два архетипа: мать и женщина, сделавшая себя сама.
Проект направлен на создание благоприятной среды и профессионального роста для женщин, стремящихся успешно сочетать социальный рост в сфере материнства и профессионализма. Он помогает женщинам поддерживать баланс между семьей и работой, повышать свое профессиональное достоинство и выбирать для каждой женщины наилучшую стратегию карьеры.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: