⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi. Sohalar bo‘yicha o‘qishni ko‘chirish ballari bilan tanishing.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.
Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.
O‘zbekiston Respublikasida joylashgan barcha OTMlar uchun 2022-2023 kirish ballari bu yerda.
Mavzuga doir:
Kirish ballari 2023: Barcha OTMlar uchun o‘tish ballari
O‘tish bali olish uchun nechta testni to‘g‘ri yechish kerak?
O‘qishni ko‘chirish o‘tish bali joriy kirish bali bilan bir xil bo‘ladi