❔SAVOL: Assalomu alaykum, xorijdan o‘qishni ko‘chirish bu yil qanday tartibda bo‘ladi? Batafsil ma’lumot berolasizmi?
Savolga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Telegram kanalida javob berildi.
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha qaror
✅JAVOB: Prezidentning 279-son qaroriga muvofiq talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha quyidagi tartib joriy etilgan:
▶️xorijdagi (jumladan, TOP-1000 talikdan o‘rin olgan) OTMdan davlat oliy ta’lim muassasalarining faqat mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish mumkin;
▶️ko‘chirish imtihon asosida talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar va majburiy 3 ta fandan test, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi (xuddi bakalavr qabulida bo‘lgani kabi);
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari
◀️test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari har yili 15-iyulga qadar tasarrufida OTMlari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining (old.DTM) rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;
◀️o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin.
❗️Ma’lumot o‘rnida, xorijdan o‘qishni ko‘chirishda uzrli sabablar inobatga olinmaydi, faqat imtihon asosida amalga oshiriladi.
Mavzuga doir:
Xorijdan o‘qishni ko‘chirilmaslikka nimalar sabab bo‘ladi?
Xorijiy davlat OTMining kunduzgi-sirtqi ta’lim shaklidan O‘zbekistonga o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ayrim javoblar, yangi tartib bo‘yicha