O’zbekistonda emlanish majburiy boʻladimi?

O'zbekistonda emlanish majburiy boʻladimi
Telegramda o'qish

Ushbu savolga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor Gʻaniyev javob berdi.

Bu haqda Xalq so’zi nashri xabar bermoqda.
«Qonunchilik palatasining ertangi yalpi majlisida Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi taklifiga asosan, aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Yalpi majlisda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyevning axboroti eshitiladi.
Shuningdek, Qonunchilik palatasi qarori bilan koronavirusga qarshi kurash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasiga aholining bir qator qatlamlariga (13 xil qatlamga) koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash oʻtkazish lozimligini tavsiya qilishi kutilmoqda.
Bugun OʻzLiDeP fraksiyasi yigʻilishida shu masala muhokamasi boʻlib oʻtdi va qaror boʻyicha bir qator eʼtirozlarimni bildirdim. Jumladan, maʼlum aholi qatlamlari uchun tavsiya etilayotgan “ommaviy emlash” ushbu aholi vakillariga emlanish majburiy ekanini anglatadimi? Agar bu emlanishni majburiy boʻlishini anglatsa, uning amalga oshirish mexanizmi qanday? Emlashdan bosh tortgan fuqaroga nisbatan qandaydir jarima, cheklov yoki jazo choralari qoʻllaniladimi? Afsuski, bu savollarni hech biriga qoniqarli javob olmadim.
Qolaversa, Maxsus Komissiyaga aniq mexanizmlarsiz majburiy emlanish chora-tadbirlarini amalga oshirish vakolatini berish qanchalik toʻgʻri? Ertaga MK qarorlari joylarda “salla desa, kallani olib keladigan” ijrochilar tomonidan notoʻgʻri talqin qilib, fuqarolar huquqlari qoʻpol buzilmasligiga kim kafolat beradi?
Tushunaman, favqulodda holatlar favqulodda qarorlar qabul qilinishini taqozo etadi, lekin bu qarorlar birinchi navbatda konstitutsion normalarni buzmagan holda amalga oshirilishi kerak.
Shaxsan men ham aholi oʻrtasida vaksinalash surʼatini oshirish tarafdoriman. Lekin buni toʻgʻridan-toʻgʻri majburlash va vaksina olmaganlarga jarima yoki jazo belgilash orqali amalga oshirilishi tarafdori emasman. Aksincha, avval ham aytganimdek, aholi oʻrtasida vaksinalash surʼatini oshirish jarayonini ragʻbatlantirish va qoʻshimcha imtiyoz va harakatlarni cheklash vositalarini qamrab olishi kerak.
Misol uchun, birinchi navbatda, fuqarolarga 2-3 xil turdagi vaksina tanlovini taqdim etish lozim.
Ikkinchidan, vaksina olganlarga qimmatbaho pullik yutuqlar yutib olish yoki biror hammaga tegishli turdagi xizmatlardan imtiyoz olish imkoniyatini berish mumkin.
Uchinchidan, vaksina olganlarga ishdan qoʻshimcha dam olish kunlari taqdim etish mumkin.
Cheklov nuqtayi nazaridan, belgilangan muddatlarda vaksina olmagan 18 yoshdan yuqori fuqarolarga ichki havo va poyezd reyslarida xizmat koʻrsatishni cheklash yoki koʻpchilik toʻplanadigan jamoat joylari va tadbirlariga, deylik sport oʻyinlari, konsert, kinolarga borishni taqiqlash mumkin.
Shuningdek, vaksina olmagan 18 yoshdan yuqori fuqarolarga asosiy boʻlmagan davlat xizmatlarini koʻrsatishni cheklash yoki faqatgina xodimlari vaksinalangan savdo va pulli xizmat koʻrsatish subyektlarga faoliyat koʻrsatishga ruxsat berishni yoʻlga qoʻyish mumkin. Yaʼni fuqarolarni toʻgʻridan-toʻgʻri majburlash orqali emas, balki ularni emlanishdan manfaatdor qilish orqali aholini ommaviy emlashga erishish kerak.
P.S. Balkim adashayotgandirman, lekin menga ertaga qabul qilinishi kutilayotgan Palata qarori xuddiki «straxovka» sifatida ilgari surilayotgandek. Yaʼni vaksina olishni majburiy etib belgilash qarori jamoatchilik orasida keskin eʼtirozlarga sabab boʻladigan boʻlsa, goʻyoki majburiy emlash tashabbusi xalq vakillari tomonidan taklif etilgan va hammasiga deputatlarni aybdor etib koʻrsatish mumkin boʻladi».


На этот вопрос ответил депутат Законодательной палаты Олий Мажлиса Дониёр Ганиев.

Об этом сообщает «Халк Сози».
«Завтра на пленарном заседании Законодательной палаты будет рассмотрена работа, проводимая в сфере вакцинации от коронавирусной инфекции по предложению комитета по общественному здравоохранению.
Также ожидается, что Законодательная палата будет рекомендовать Республиканской специальной комиссии по борьбе с коронавирусом провести массовую вакцинацию против коронавирусной инфекции ряда слоев населения (13 различных слоев).
Сегодня на заседании фракции УзЛиДеП обсуждался этот вопрос и я высказал ряд возражений против принятого решения. В частности, означает ли «массовая вакцинация», рекомендованная для определенных слоев населения, обязательную вакцинацию этих людей? Если это означает, что вакцинация обязательна, то каков механизм ее проведения? Существуют ли какие-либо штрафы, ограничения или наказания за отказ от вакцинации? К сожалению, ни на один из этих вопросов я не получил удовлетворительного ответа.
Кроме того, насколько целесообразно уполномочивать Специальную комиссию на проведение обязательных мероприятий по иммунизации без четких механизмов? Кто завтра поручится, что решения ЦК не будут перетолкованы исполнителями, которые «приносят голову»?
Я понимаю, что чрезвычайные ситуации требуют принятия экстренных решений, но эти решения сначала должны быть приняты без нарушения конституционных норм.
Лично я за повышение уровня вакцинации населения. Однако я не сторонник прямого форсирования этого и наложения штрафов или санкций на тех, кто не получает вакцину. Наоборот, как я уже говорил, должны быть приняты меры по поощрению процесса вакцинации населения и дополнительные стимулы и ограничения.
Например, в первую очередь гражданам следует предложить на выбор 2-3 разных типа вакцин.
Во-вторых, получателям вакцины может быть предоставлена ​​возможность выиграть ценные денежные призы или воспользоваться услугами, которые важны для всех.
В-третьих, вакцинаторам могут быть предложены дополнительные выходные.
Что касается ограничений, то гражданам старше 18 лет, не прошедшим вакцинацию в установленные сроки, может быть отказано в доступе к внутренним авиаперевозкам и железнодорожным сообщениям, а также запрещено посещение общественных мест и мероприятий, таких как спортивные игры, концерты и кинопоказы.
ТакжеОграничить предоставление второстепенных государственных услуг непривитым гражданам старше 18 лет или разрешить только коммерческим и платным поставщикам услуг, сотрудники которых вакцинированы. Иными словами, массовая вакцинация должна достигаться не прямым принуждением граждан, а их заинтересованностью в вакцинации.
P.S. Может быть, я ошибаюсь, но мне кажется, что решение Палаты, которое ожидается завтра, продвигается как «страховка». Иными словами, если решение о введении обязательной вакцинации встретит сильный общественный резонанс, можно будет обвинить депутатов в инициировании обязательной вакцинации».

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: