Nemis tilidan ko‘p darajali test tizimi aprobatsiyadan o‘tkazildi

Nemis tilidan ko‘p darajali test tizimi aprobatsiyadan o‘tkazildi

🔰 Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagigi 73-son qaroriga muvofiq 2022-yil mart oyidan boshlab chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari ingliz tilidan ko‘p darajali tizimda o‘tkazila boshlandi.

📚 Mazkur qarorda bosqichma-bosqich boshqa tillardan ham ko‘p darajali tizimni joriy etish belgilangan bo‘lib, Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan nemis tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi ishlab chiqildi.

✅ Ushbu tizim 2022-yil 15-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida aprobatsiyadan o‘tkazildi. Bunda aprobatsiyadan oldin unda ishtirok etuvchilarga aprobatsiya test sinovlarini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad tushuntirildi va ko‘p darajali test tizimi formati bo‘yicha to‘liq ma’lumot berildi.

📌 Aprobatsiyada ishtirok etgan o‘quvchilarning natijalari hisoblanib, tegishli tahlillar amalga oshiriladi va ular asosida test topshiriqlarining yakuniy variantlari tayyorlanadi.

Mavzuga doir:
Nemis tilini o‘rgatuvchi platforma ishga tushdi

Nemis tili DTM namunaviy test savollari 2022 javobi bilan

O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitish muammolari. Ular qanchalik jiddiy?

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: