Namangan davlat chet tillari instituti kirish ballari 2023-2024

2023-2024 o‘quv yili uchun Namangan davlat chet tillari instituti kirish ballari o‘tish ballari va qabul kvotasi haqida ma’lumotlar

Namangan davlat chet tillari instituti kirish ballari qabul kvotalari, o‘tish ballari bilan tanishing. 2023-2024 Namangan davlat chet tillari instituti kunduzgi va kechki ta’lim kirish ballari va qabul kvotalari haqida ma’lumot.

Namangan davlat chet tillari instituti haqida

Prezident “Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi, Prezident ta’lim muassasalari agentligi hamda Namangan viloyati hokimligining Namangan shahrida Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.
Belgilanishicha, institut yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.
Quyidagilar institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:

xalqaro baholash dasturlaridan (PISA, TALIS, PIRLS) foydalangan holda o‘qitishning zamonaviy shakllari hamda metodlarini joriy etish, ushbu bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan oliy ma’lumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;

o‘z ta’lim dasturlarini xalqaro tan olingan tashkilotlar oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining dasturlari asosida shakllantirish;

chet tillarini o‘qitishning interfaol vositalarini ishlab chiqish va joriy etish hamda aholining keng qatlamlari o‘rtasida chet tillarini o‘rganishni ommaviylashtirishga ko‘maklashish;

ta’limni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni tatbiq qilish, talabalarda sinxron, badiiy, ketma-ket hamda ilmiy-texnik tarjima ko‘nikmalarini shakllantirish;

chet tillar bo‘yicha mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish, axborot-resurs markazlarni zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash hamda ularni muntazam yangilab borish;

institut ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish, jumladan, professor-o‘qituvchilar stajirovkasi va malaka oshirishini nufuzli respublika va xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etish;

ta’lim va ilm-fan sohalarida xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda ilmiy loyihalarni amalga oshirish.

Namangan davlat chet tillari instituti kirish ballari Kunduzgi ta’lim o‘zbek tili

Yo’nalish Qabul rejasi O’tish bali
Shifri Yo’nalish Davlat granti To’lov shartnoma Davlat granti To’lov shartnoma Olimpiada / Sport g`oliblari soni
60111802 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 50 150 170.8 150.8 0
60112600 Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) 20 30 165.5 147.4 0
60230101 Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili 10 15 158 139.8 0
60230103 Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili 35 40 169.8 155.9 0
60230109 Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili 10 15 140.1 96.6 0
60230112 Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili 25 25 68.7 61.6 0
60230120 Filologiya va tillarni o‘qitish: fors tili 10 15 93.2 66.4 0
60230121 Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili 10 15 86.3 58.3 0
60230123 Filologiya va tillarni o‘qitish: xitoy tili 10 15 97.8 59.5 0
60230124 Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili 10 15 106.5 76.3 0
60230202 Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili 10 15 163.3 147.5 0
60230205 Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili 10 15 70 0 0
60230800 Kompyuter lingvistikasi 10 15 118.8 102.7 0
61010501 Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili 10 15 161.2 148.5 0

 

Namangan davlat chet tillari instituti kirish ballari Kunduzgi ta’lim rus tili

Yo’nalish Qabul rejasi O’tish bali
Shifri Yo’nalish Davlat granti To’lov shartnoma Davlat granti To’lov shartnoma Olimpiada / Sport g`oliblari soni
60111701 O‘zga tilli guruhlarda rus tili (o‘zbek guruhlari uchun) 15 35 142.8 121.8 0
60230103 Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili 5 20 166.4 144.3 0
60230113 Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili 25 25 135.3 112.3 0

 

Namangan davlat chet tillari instituti kirish ballari kechki ta’lim o‘zbek tili

Yo’nalish Qabul rejasi O’tish bali
Shifri Yo’nalish Davlat granti To’lov shartnoma Davlat granti To’lov shartnoma Olimpiada / Sport g`oliblari soni
60111802 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 0 50 0 130.4 0
60112600 Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) 0 25 0 125 0
60230103 Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili 0 50 0 126.2 0

 

Namangan davlat chet tillari instituti kirish ballari kechki ta’lim rus tili

Yo’nalish Qabul rejasi O’tish bali
Shifri Yo’nalish Davlat granti To’lov shartnoma Davlat granti To’lov shartnoma Olimpiada / Sport g`oliblari soni
60111701 O‘zga tilli guruhlarda rus tili (o‘zbek guruhlari uchun) 0 25 0 112.2 0
60230113 Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili 0 25 0 93.1 0

 
Mazkur ma’lumotlar O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (avvalgi DTM davlat test markazi) saytining «Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha o‘tish ballari» sahifasidan olindi.

Mavzuga doir:
Namangan viloyatidagi universitetlar kirish ballari 2023-2024

Kirish ballari 2024: Barcha OTMlar uchun o‘tish ballari

Barcha fanlardan tavsiya etilgan darsliklar 2024-2025

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: