«Men eshitgan ertaklar» tanlovi nizomi

Men eshitgan ertaklar tanlovi nizomi

“Men eshitgan ertaklar” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi

Nizom

Ushbu nizom yosh avlodda xalq og‘zaki ijodiga nisbatan qiziqishni shakllantirish ularda og‘zaki va yozma nutqni rivojlantirib, maktab o‘quvchilarining qishki ta’tillarini mazmunli o‘tkazish hamda ularning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Men eshitgan ertaklar” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.

1. Umumiy qoidalar

1. Ko‘rik-tanlov umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

2. Ko‘rik-tanlov O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

2. Ko‘rik-tanlovning maqsad va vazifalari

3. Ko‘rik-tanlovning maqsadi:

Yosh avlodda milliy madaniy merosimizga, ma’naviy, axloqiy va umumbashariy qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhini shakllantirish hamda ularning qalbida vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr va muhabbat uyg‘otish;

O‘quvchilarda xalq og‘zaki ijodiga nisbatan qiziqishni shakllantirish ularda og‘zaki va yozma ijodni yuksaltirishda ko‘maklashish ;

Yangi milliy ertak namunalarini kashf etish va o‘quvchilar e’tiboriga havola etish;

O‘quvchilarning qishki ta’tillarini mazmunli o‘tkazish hamda ularning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;

4. Ko‘rik-tanlovning vazifasi o‘quvchilarda ertak yozish madaniyatini shakllantirish, milliy ertaklar yaratilishini yo‘lga qo‘yish va bu orqali ijodkor o‘quvchilarni rag‘batlantirishdan iborat.

3. Tanlov shartlari va o‘tkazish tartibi

5. Tanlov 2023-yil 5-yanvardan 10-yanvargacha o‘tkaziladi;

Unda o‘quvchilar keksa avlod vakillari, bobo-buvilari hamda ota-onalaridan eshitgan ertak, rivoyat va afsonalarni o‘zlarining tilidan, o‘z fikrlarini yozgan holda taqdim etishlari lozim.

Tanlovga oid materiallar elektron ko‘rinishda qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish uchun ishtirokchilar tanlov materiallarini 2023-yil 10-yanvarga qadar kechikmasdan telegram orqali quyidagi adminlar @Farangiz_Yusupova va @RBKFERUZA ga yuborishlari kerak bo‘ladi. Tanlov uchun yuborilgan ijodiy ishlar “Yosh kitobxonlar 2020” telegram kanalida e’lon qilib boriladi. Belgilangan muddatdan keyin yuborilgan materiallar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.

4. Tanlovning baholash mezonlari va g‘oliblarni taqdirlash

Taqdim etilgan ishlarni baholash va tanlov natijalarini umumlashtirish uchun hakamlar hay’ati shakllantiriladi.

Tanlov hay’ati tanlovga taqdim etilgan materiallarni tahlil qiladi, mualliflarning ishini baholaydi (100 balli shkala bo‘yicha) va eng yaxshilarini aniqlaydi.

Baholashda qo‘yidagilarga e’tibor beriladi:

— yuborilgan ijodiy ishlar tanlov mavzusiga muvofiqligi;

— adabiy tilni bilish darajasi, o‘zbek tili me’yorlarigi rioya qilish;

— mantiqiy davomiylik, voqealar ketma-ketligi;

— yangi ertak namunalarining kashf etilishi;

Taqdim etilgan ijodiy ishlar ushbu tanlovning maqsadlari, vazifalari va baholash mezonlariga mos kelishi kerak.

Tanlov yakunlariga ko‘ra g‘oliblar quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:

1 ta birinchi o‘rin

1ta ikkinchi o‘rin

1 ta uchinchi o‘rin

Tanlov shartlari, uning o‘tkazilish jarayoni va natijalari to‘g‘risidagi axborotlar Respublika bolalar kutubxonasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi.

Tanlov nizomini — Yuklab olish

Mavzuga doir:
“Men eshitgan ertaklar” ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi

Sharq ertaklari turkumidan audio ertaklar to’plami

Qishki ta’tilni mazmunli o’tkazish uchun tavsiyalar


Об организации и проведении конкурса «Я слышал сказки»

Регулирование

Настоящее положение направлено на формирование у подрастающего поколения интереса к народному творчеству, развитие у них устной и письменной речи, содержательное проведение зимних каникул школьников и развитие их интеллектуальных и творческих способностей в общеобразовательных средних учебных заведениях, определяет порядок организации и проведения конкурс «Я слышал сказки» среди студентов.

1. Общие правила

1. Экзамен проводится среди учащихся общеобразовательных средних учебных заведений.

2. Конкурс организован совместно с Союзом писателей Узбекистана.

2. Цели и задачи экспертизы

3. Цель прослушивания:

Формировать у молодого поколения дух уважения к нашему национальному культурному наследию, духовно-нравственным и общечеловеческим ценностям, воспитывать в их сердцах привязанность и любовь к высоким человеческим качествам, таким как патриотизм, добропорядочность, гуманизм;

Формирование у учащихся интереса к народному устному творчеству, помощь в совершенствовании у них устного и письменного творчества;

Открывать для себя новые образцы народных сказок и доводить их до сведения читателей;

Содержательное проведение зимних каникул студентов и развитие их интеллектуальных и творческих способностей;

4. Цель конкурса — формирование у учащихся культуры сочинения сказок, создание национальных сказок и поощрение творческих способностей учащихся.

3. Условия и порядок отбора

5. Конкурс проводится с 5 по 10 января 2023 года;

В нем учащиеся должны изложить услышанные от представителей старшего поколения, бабушек и дедушек, родителей сказки, легенды и легенды на своем языке, записав свои мысли.

Материалы, относящиеся к конкурсу, принимаются в электронном виде. Для участия в конкурсе участники должны не позднее 10 января 2023 года отправить конкурсные материалы в телеграм следующим администраторам @Farangiz_Yusupova и @RBKFERUZA. Творческие работы, представленные на конкурс, будут анонсированы в Telegram-канале «Юные читатели 2020». Материалы, присланные после указанного срока, к рассмотрению не принимаются.

4. Критерии оценки конкурса и награждение победителей

Для оценки представленных работ и подведения итогов конкурса будет сформировано жюри.

Приемная комиссия анализирует представленные на конкурс материалы, оценивает работы авторов (по 100-балльной шкале) и выбирает лучшие из них.

При оценке обращают внимание на следующее:

— соответствие представленных творческих работ теме конкурса;

— уровень владения литературным языком, соответствие стандартам узбекского языка;

— логическая преемственность, последовательность событий;

— открытие новых образцов сказок;

Представленные творческие работы являются целями данного конкурса,должны соответствовать задачам и критериям оценивания.

По итогам конкурса победители будут поощрены в следующем порядке:

1 первое место

1 второе место

1 третье место

Информация об условиях конкурса, его проведении и результатах будет опубликована на страницах Детской библиотеки Республики в социальных сетях.

Положение о выборах — Скачать

Предмет:
Объявлен конкурс «Сказка, которую я слышала»

Сборник аудиосказок из цикла Восточные сказки

Рекомендации для полноценного зимнего отдыха

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: