Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi

Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi

✅ 2022-yil 4-dekabr kuni matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

📚 Test sinovlari 1-smenada matematika fanidan, 2-smenada biologiya fanidan o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o‘tkazildi.

📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

🙍‍♂️ Unda jami 7 907 nafar talabgordan 7 759 nafari ishtirok etdi. 24 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

📋 Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.

✅ Mazkur sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirishda quyidagicha ballar beriladi:

🔹 eng yuqori ballning 60 foizdan 85 foizigacha to‘plaganlarga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 eng yuqori ballning 86 foizi va undan yuqori ball to‘plaganlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball;

🔹 tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball.

Mavzuga doir:
Milliy sertifikat imtihonlari o‘qituvchilar uchun alohida o‘tkaziladimi?

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari

Barcha fanlardan milliy sertifikat namunaviy test savollari javobi bilan


✅ 4 декабря 2022 года прошли испытания на национальный аттестат по математике и биологии.

📚 Контрольные работы проводились по узбекскому, русскому и каракалпакскому языкам в 1 смену по математике, во 2 смену по биологии.

📍Для удобства абитуриентов экзамены организованы в Республике Каракалпакстан, областях и городе Ташкенте.

🙍‍♂️ В нем приняли участие 7 759 человек из 7 907 претендентов. 24 заявителя были исключены из тестирования за нарушение процедуры.

📋 Сертификат сроком на 3 года будет вручен лицам, набравшим не менее 60% высших баллов по результатам тестирования.

✅ Абитуриентам с данным сертификатом начисляются следующие баллы для поступления на программу бакалавриата высших учебных заведений:

🔹 грейдные (пропорциональные) баллы для набравших от 60 до 85 процентов высших баллов в соответствии с процентом владения в аттестате;

🔹 для набравших 86 процентов наивысшего балла и выше максимальный балл по данному предмету;

🔹 высший балл, установленный по соответствующим обязательным предметам.

Предмет:
Проводятся ли национальные сертификационные экзамены отдельно для учителей?

Тесты на национальный аттестат по общеобразовательным предметам

Национальный сертификат по всем предметам с ответами на вопросы типового теста

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 2
  1. h

    h

    :sad:

  2. UMKO

    Rasvo, chunki ekranda kattakon reklama turibdi óchirib ham bólmaydi

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: