Maktablarni jihozlashda davlat unitar korxonasi monopoliyasiga qarshi chiqildi

Maktablarni jihozlashda davlat unitar korxonasi monopoliyasiga qarshi chiqildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2021-2025 yillarda umumta’lim maktablarini mebel, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, sport anjomlari va o‘qitishning texnik vositalari bilan jihozlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasini (ID-23308) ko‘rib chiqib, quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ko‘p yillar davomida mamlakatimizda ayrim ho‘jalik yurituvchi sub’ektlarga eksklyuziv huquqlar berish orqali sun’iy monopoliya yaratilganligi iqtisodiyotda sog‘lom raqobat muhiti shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Bu sharoitda mazkur tizim orqali byudjet mablag‘lari asossiz sarflanishiga yo‘l qo‘yilmoqda.
Jumladan, qaror loyihasining 4-bandi uchinchi xatboshisida umumta’lim maktablariga mebel va maxsus o‘rnatish talab etilmaydigan jihozlarni yetkazib berish va o‘rnatish ishlari hamda jihozlarni ta’mirlash ishlari “O‘quv ta’lim-ta’minot” davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan. Vaxolanki, mazkur vazifalarni davlat xaridlarida g‘olib bo‘lgan ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchilar (ish bajaruvchi) tomonidan bajarilishi lozim.
Bu — ham mantiqiy va moliyaviy tomonlama maqsadaga muvofiq hisoblanadi, chunki tovarlarni joylarga yetkazib berishda va o‘rnatishda ularni sifatiga va texnik talablarga muvofiqligiga tenderda g‘olib bo‘lgan korxona javob beradi. Shuning uchun, umumta’lim maktablarini mebel, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, sport anjomlari va o‘qitishning texnik vositalarini xarid qilishdagi shartlarda tovarni “O‘quv ta’lim-ta’minot” DUK bazasiga emas, balki bevosita maktablarga yetkazib berilishini belgilash lozim.
Bunda, “O‘quv ta’lim-ta’minot” DUKning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga davlat byudjeti hisobidan (13 mlrd. so‘m) ortiqcha mablag‘lar ajratilishi hamda alohida yana ushbu DUK tomonidan tovarlarni joylarga yetkazib berish va o‘rnatish uchun mablag‘lar ajratish talab etilmaydi va o‘z navbatida byudjet mablag‘lari tejaladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, qaror loyihasining 4-bandi uchinchi xatboshisini hamda 6-bandi birinchi va uchinchi xatboshilarini chiqarib tashlash lozim, deyiladi xabarda.


Комитета по Антимонопольному комитету Кабинета Министров Республики Узбекистан «О мерах по оснащению общеобразовательных школ мебелью, учебно-лабораторным оборудованием, спортивным инвентарем и средствами обучения в 2021-2025 годах»» (ID-23308).
На протяжении многих лет создание в нашей стране искусственной монополии путем предоставления исключительных прав отдельным хозяйствующим субъектам оказывает негативное влияние на формирование здоровой конкурентной среды в экономике. В этом случае система допускает необоснованное расходование бюджетных средств.
В частности, в абзаце третьем пункта 4 проекта постановления поставка и установка мебели и оборудования, не требующих специальной установки, а также ремонт оборудования в общеобразовательных школах показано осуществлять. Однако эти задачи должен выполнять производитель или поставщик, выигравший госзакупку.
Это и логично, и финансово целесообразно, так как победитель торгов несет ответственность за качество и технические требования к доставке и установке товара. Поэтому в условиях закупки мебели, учебно-лабораторного оборудования, спортивного инвентаря и учебных пособий для общеобразовательных школ должна быть определена поставка товаров непосредственно в школы, а не на базе ГУП «Обучение и снабжение».
При этом из государственного бюджета будут выделены дополнительные средства (13 млрд сумов) на укрепление материально-технической базы ГУП «Обучение и обучение», а также поставку и монтаж товаров данным ГУП. требуется и, в свою очередь, экономит бюджетные средства.
На основании изложенного абзац третий пункта 4 и абзацы первый и третий пункта 6 проекта резолюции исключить.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: