❗️Maktab o‘quvchilariga, piyodalarga nur qaytargichli jiletda bo‘lish majburiy emas.
Kunning qorong‘u qismida kelgusida maktab o‘quvchilari, veloyo‘lakda harakatlanuvchi shaxslar va piyodalar uchun nur qaytargichli jiletlardan foydalanish tartibiga Adliya vazirligi izoh berdi.
Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar hamda yo‘lni ta’mirlashga mas’ul xodimlar qorong‘ida nur qaytargichli kamzulda bo‘lishi kerakligi belgilangan.
Ya’ni, mazkur talab boshqa shaxslarga, shu jumladan piyodalar (maktab o‘quvchilari) uchun majburiy emas balki, tavsiyaviy xarakterga ega.
Mavzuga doir:
Yo’l harakati qoidalari bolalar uchun
Maktablarda yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi alohida sinf xonalar tashkil etiladi