Karantinni yumshatishga doir Respublika maxsus komissiyasi axboroti

Karantinni yumshatishga doir Respublika maxsus komissiyasi axboroti

⚠ O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilinib, quyidagi tartiblar joriy etilmoqda.

Unga ko‘ra, 2020 yil 30 aprel kuni soat 06:00 dan:

fuqarolarga – ish joyiga borib kelishi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi navbatda zarur bo‘lgan mahsulotlarni xarid qilish uchun soat 07:00 dan 10:00 ga hamda 17:00 dan 20:00 ga qadar barcha turdagi shaxsiy va xizmat yengil avtotransport vositalari (yo‘lovchilar bilan birga), shu jumladan velosiped va mototransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishga;

fuqarolarga – shahar va tumanlardagi ko‘p qavatli uylarning bevosita oldida va ichki hovli hududlarida ijtimoiy masofani (oraliq masofa 2 metr) saqlagan va niqoblar taqilgan holda sayr qilishga, bunda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ota-onalarining hamrohligida sayr qilishga;

oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari va professor o‘qituvchilariga – ilmiy ishlarni davom ettirish maqsadida laboratoriya va kafedralar faoliyatlarini tiklashga ruxsat berildi.

Shuningdek, tumanlararo (shaharlararo), viloyatlararo va Toshkent shahriga kirib-chiqishda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarlarning barcha turdagi shaxsiy va xizmat yengil avtotransport vositalarida harakatlanishiga ichki ishlar organlari tomonidan mahsulotlarni tezkor va qulay yo‘nalishlar orqali o‘z manzillariga yetib borishiga ko‘maklashish belgilandi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, jamoat joylari, bozorlar va ruxsat berilgan savdo xizmat shoxobchalarida hamda avtotransport vositalarida harakatlanish davomida barcha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan tegishlicha sanitariya-gigiena qoidalariga qat’iy rioya etilishi talab etiladi.


⚠ Принято решение Республиканской специальной комиссии по подготовке программы мероприятий по предотвращению проникновения и распространения коронавируса в Республике Узбекистан и вводятся следующие процедуры.

По его словам, с 06:00 часов 30 апреля 2020 года:

гражданам — с 07:00 до 10:00 и с 17:00 до 20:00 для всех видов личного и служебного автотранспорта (в том числе пассажирского), в том числе велосипедов и автотранспортных средств, без специального разрешения;

граждане — ходить перед многоквартирными домами в городах и районах и во дворах с соблюдением социальной дистанции (дистанция 2 метра) и в масках в сопровождении родителей детей до 14 лет;

Руководителям высших учебных заведений и научно-исследовательских институтов и профессорам было разрешено возобновить работу лабораторий и кафедр для продолжения своей научной деятельности.

Кроме того, при въезде и выезде межрайонных (межгородских), межрайонных и ташкентских, юридических и физических лиц, выращивающих сельскохозяйственную продукцию, на всех видах личного и служебного автотранспорта, правоохранительные органы доставляют продукцию до места назначения через быстрые и удобные маршруты для облегчения процесса.

Следует отметить, что при движении в общественных местах, на рынках и в разрешенных торговых точках, а также в транспортных средствах необходимо строго соблюдать соответствующие санитарно-гигиенические правила, установленные Республиканской специальной комиссией.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: