Ilk bor boshlang‘ich sinf o‘quvchilari xalqaro tizimda baholanadi

Ilk bor boshlang‘ich sinf o‘quvchilari xalqaro tizimda baholanadi

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilim darajasi xalqaro tizim bo‘yicha AQSHning moliyaviy ko‘magi bilan baholanadi.

Joriy yilning noyabr oyida O‘zbekistonning 70 ta umumta’lim maktablaridan 2,8 ming nafar o‘quvchi o‘zbek-amerika loyihasi doirasida boshlang‘ich sinfda o‘qish (EGRA) va matematika (EGMA) ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha tadqiqotlarda ishtirok etadi.
14 noyabr kuni Toshkent shahridagi 238-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov hamda AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Deniel Rozenblyum ishtirokida EGRA va EGMA pilot loyihasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bu haqda Xalq ta’limi matbuot markazi ma’lumqildi.
EGRA va EGMA tadqiqotlari boshlang‘ich sinflarni o‘qitishda tizimli bo‘shliqlarni tashxislash va ularni hal etishning eng maqbul yechimlarini aniqlovchi, o‘qish hamda savodxonlik ko‘nikmalarini sinovchi ilmiy asoslangan modellar hisoblanadi.
Ushbu tadqiqotlar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan AQSHning Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Mazkur loyiha 2019 yil 28 sentyabrda XTV va USAID o‘rtasida 50 million dollarga imzolangan besh yillik rivojlanish maqsadlari to‘g‘risidagi bitimning birinchi tarkibiy qismidir.
EGRA va EGMA tadqiqotlari yurtimizning 12 viloyatida 7 tilda hamda ingliz tilida olib borilishi rejalashtirilgan.
Pilot tadqiqotlar ikki hafta davomida mamlakatimizning 70 ta maktabida o‘tkaziladi hamda 1,4 mingta 2-sinf va 1,4 mingta 4-sinf o‘quvchilarini qamrab oladi.
Sinovning asosiy maqsadi har bir til uchun vositalarni sinab ko‘rish, ma’lumotlarni yig‘ish, shuningdek ushbu tillarda imtihon topshirish amaliyotini sinab ko‘rishdan iborat.
Test o‘tkazish uchun 5 nafar imtihon oluvchilardan tarkib topgan guruhlar tashkil etildi.
2020 yilning may oyida O‘zbekiston maktablarida to‘liq tadqiqotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadqiqotlar 10 kun davomida tasodifiy tanlangan 940 ta maktabda o‘tkaziladi. Mazkur jarayonga 11,28 mingta 2-sinf va 4-sinf o‘quvchilari qamrab olinadi. Sinovlarda har bir sinfda 12 nafar o‘quvchi ishtirok etadi.
EGRA va EGMA tadqiqotlarining yakuniy natijalari 2020 yilning avgust oyida e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri SHerzod SHermatov bugungi kunga qadar o‘quvchilar bilimini baholashning ob’ektiv tizimi yo‘qligini ta’kidladi:
— Hozirda Xalq ta’limi vazirligi xalqaro tajriba va tadqiqotlar asosida bu kabi tizimlarni joriy etish ustida ishlamoqda. Ilk bora xalqaro tizim asosida o‘quvchilar bilimi baholanyapti. Ushbu tadqiqotlar O‘zbekiston natijalarini boshqa davlat ma’lumotlari bilan taqqoslash va ularni hal etishning eng yaxshi usullarini topish imkonini beradi. SHu munosabat bilan direktor va o‘qituvchilarni baholashning xolisligini ta’minlashga chaqiraman. CHunki ma’lumotlar ta’lim tizimidagi muammolarni aniqlashga yordam beradi, — deydi vazir.
AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyumning ta’kidlashicha, EGRA va EGMA boshlang‘ich sinf o‘qivchilarning savodxonligi va matematika bo‘yicha ko‘nikmalarini baholovchi oddiy, arzon va kuchli vositadir. Men “baholash” so‘zi bekorga tanlanmaganligini ta’kidlamoqchiman. Bu vosita bolaning bilimi, o‘qituvchining dars berishi yoki direktorning maktabni boshqaruv ko‘nikmalarini tekshirmaydi. SHuningdek, jarayonda o‘tish yoki yomon baho bo‘lmaydi. Tibbiyot xodimlari bemorga muolaja belgilash, ko‘rikdan o‘tkazishdan avval uni tekshiradi. EGRA va EGMA esa boshlang‘ich sinflarda o‘qish hamda matematika bo‘yicha ko‘nikmalariga baho beradi. Baholash natijalariga ko‘ra yangi o‘quv dasturlari, o‘qitish uslubi va yondoshuvlar O‘zbekiston yoshlarining yaxshi natija ko‘rsatishi uchun moslashtiriladi.


Уровень знаний учащихся начальных классов оценивается по международной системе при финансовой поддержке США.

В ноябре текущего года 2800 учащихся 70 общеобразовательных школ Узбекистана приняли участие в узбекско-американском проекте по оценке навыков чтения в начальных классах (EGRA) и математики (EGMA).
Церемония открытия пилотного проекта EGRA и EGMA состоялась 14 ноября в средней школе № 238 г.Ташкента с участием Шерзода Шерматова, Министра народного образования Республики Узбекистан, и Даниэля Розенблюма, Чрезвычайного и Полномочного Посла США в Узбекистан.
Об этом сообщает пресс-центр народного образования.
Исследования EGRA и EGMA представляют собой научно обоснованные модели, которые диагностируют системные пробелы в обучении в начальной школе и определяют наилучшие решения для их устранения, проверяя навыки чтения и грамотности.
Данное исследование проводится Министерством народного образования Республики Узбекистан в сотрудничестве с Агентством США по международному развитию (USAID). Этот проект является первым компонентом пятилетнего соглашения о целях развития на сумму 50 миллионов долларов, подписанного 28 сентября 2019 года между HTV и USAID.
Опросы EGRA и EGMA планируется проводить в 12 регионах страны на 7 языках и на английском языке.
Пилотный опрос будет проводиться в течение двух недель в 70 школах по всей стране и охватит 1400 второклассников и 1400 четвероклассников.
Основная цель теста — протестировать инструменты для каждого языка, собрать данные, а также проверить практику сдачи экзаменов по этим языкам.
Для проведения теста были сформированы группы из 5 экзаменаторов.
Полное обследование узбекских школ запланировано на май 2020 года. Опрос будет проводиться в течение 10 дней в 940 случайно выбранных школах. Процесс охватит 11,28 тыс. учащихся 2-х и 4-х классов. В каждом классе по 12 учеников.
Окончательные результаты исследований EGRA и EGMA будут объявлены в августе 2020 года.
Министр народного образования Республики Узбекистан Шерзод Шерматов отметил, что на сегодняшний день отсутствует объективная система оценки знаний учащихся:
— В настоящее время Министерство народного образования работает над внедрением таких систем на основе международного опыта и исследований. Впервые знания студентов оцениваются по международной системе. Эти исследования позволят сравнить результаты Узбекистана с данными других стран и найти оптимальные пути их решения. В связи с этим я призываю директоров и учителей обеспечить беспристрастность оценивания. «Потому что данные помогут выявить проблемы в системе образования», — сказал он.
Дэниел Розенблюм, посол США в Узбекистане, сказал, что EGRA и EGMA являются простыми, недорогими и мощными инструментами для оценки грамотности и математических навыков учащихся начальной школы. Хочу подчеркнуть, что слово «оценка» выбрано не зря. Этот инструмент не проверяет знания ребенка, преподавание учителя или навыки управления школой директора. В процессе также не будет переходов или плохих оценок. Медицинский персонал осматривает пациента перед назначением лечения или обследования. EGRA и EGMA оценивают элементарные навыки чтения и математики. По результатам оценки будут адаптированы новые учебные программы, методы и подходы обучения для обеспечения хороших результатов молодежи Узбекистана.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: