Ijtimoiy nafaqa yoki moddiy yordam kimlarga beriladi?

Ijtimoiy nafaqa yoki moddiy yordam kimlarga beriladi
Telegram kanal подписаться

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-apreldagi “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini idoralararo elektron oʻzaro hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 308-sonli Qaroriga asosan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida»gi Vaqtinchalik nizomi tasdiqlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgust kungi «Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-tamoyillarini avtomatlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4797-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentyabrdan boshlab, respublika hududida bosqichma-bosqich ijtimoiy nafaqalarni tayinlash toʻgʻrisidagi arizalarini koʻrib chiqish va ularni tayinlash tartib-taomillari “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi belgilangan.
Yuqoridagi Vaqtinchalik nizomning 5-bandiga koʻra “Yagona reyestr” AT tomonidan kam taʼminlangan deb belgilangan oila ijtimoiy nafaqa yoki moddiy yordamning faqat bir turini olish huquqiga ega ekanligi belgilab qoʻyilgan.
Misol tariqasida, Samarqand viloyatida istiqomat qilib kelayotgan fuqaro M.Sh. 2021-yilning 22-fevralida Pensiya jamgʻarmasiga kam taʼminlangan oilalariga moddiy yordam tayinlashni soʻrab murojaat qilgan.
Ushbu fuqaroning murojaatini oʻrganish natijasida, fuqaro M.Sh.ning 2020-yil 7-noyabrdagi, 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa uchun yozgan arizasiga asosan, Pensiya jamgʻarmasi mutaxassisi tomonidan belgilangan tartibda “Yagona reyestr” AT dasturiga kiritilgan. Dastur tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda real vaqt rejimida davlat organlari va tashkilotlar hamda idoralararo elektron hamkorlik orqali oʻzaro maʼlumotlar almashilgan. Shunga asosan, fuqaro M.Sh.ga 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqasi tayinlanganligi maʼlum boʻldi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Yagona reyestr” AT tomonidan kam taʼminlangan deb belgilangan oila oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʻyicha nafaqa yoki moddiy yordamning faqat bir turini olish huquqiga ega ekanligini hisobga olib, fuqaroning kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash uchun yozgan arizasi rad etilgan.
“Yagona reyestr” AT tomonidan 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, 2 yoshgacha bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordam tayinlangan yoki rad qilinganligini aniqlash uchun fuqarolardan Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga borish talab qilinmaydi. Belgilangan mezonlar asosida tegishli nafaqa yoki moddiy yordamni tayinlanganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida, ariza beruvchiga sabablari koʻrsatilgan holda elektron bildirishnoma (arizada koʻrsatilgan telefon raqamga SMS shaklida) yuboriladi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: