Ushbu ibratli savollar, hayotiy masalalar, hikmatli so’rovlar, va ularga maqbul oqilona javoblar siz uchun ko’p narsaga oydinlik kiritadi.
O’ylashimcha, bunday savollarga hayotingiz davomida juda ko’p duch kelgansiz va yechimi haqida turlicha fikrlagansiz. Ushbu ibratomuz savollarni javobini kuzatar ekansiz, o’zingiz uchun yangi haqiqatlarni kashf etsangiz ajab emas.
Savollarning javobini ko’rish uchun “Javobini ko’rish / Yashirish” tugmasini bosing. Xuddi shu tugma bosilganda javob yana qayta yashirin holga qaytariladi. Nega hikmatli javoblarni ochiq qo’ymaganimning boisi ushbu savollarga o’zingiz ham javob berib ko’ring va shundan so’ng yashirin maydondagi javobni ochib solishtiring. Ushbu hikmatli fikrlarni, ibratomuz xulosalarni shunchaki o’qib qo’ymasdan kengroq o’ylab ko’ring.
Har bir kishi bilishi lozim bo’lgan savol-javoblar
Har bir mavjudot muhtoj bo’lgan narsa nima?
Mehr.
Ko’zdan xam o’tkirrok narsachi?
Insonlarning «qalb ko’zlari».
Inson kim erur?
Umri davomida insonni tushunishga harakat kilib o’tadigan ongli mavjudot.
Hayot nima?
Kishilarning butun amallari bitilgan, xohlasa-xohlamasa, har kuni bir varag’i yirtib olinadigan umr daftari.
Qalb amri nima?
Dildan otilib chiqqan sado
– Nimani baholab bo’lmaydi?
Ezgu amalni, kamtarlikni, sadoqatni…
Ezgu amal nima?
Qalb, tafakkur va vujud mushtarakligida amalga oshirilgan harakat.
Insondan nima qoladi?
O’chmas iz… agar u insondek bo’lsa.
Or nima, nomus nima?
Insondagi et ila tirnoq kabi ajralmas oliy fazilatlar.
Dunyo nima?
Quvsa qochadigan, qochsa quvadigan, hech qachon yetib bo’lmaydigan, hech qachon to’yib bo’lmaydigan, hech qachon do’stlik qilmaydigan bevafo yor.
Mehr-oqibat nima?
Insonni inson darajasida ushlab turguvchi ulug’ fazilat.
Sevgi nima?
Birovga berib bo’lmaydigan, pulga topilmaydigan, fakat dil amriga quloq soladigan nodir tuyg’u.
Insonga hamisha kamlik qiladigan hislatlar nimalar?
Ular uchta: bilim, odob, fahmu farosat.
bilim, odob, fahmu farosatga erishish yo’llari qanday?
Bilimga kishi o’z mehnati orqali yetishadi, odobga bilim, ota-ona va ustozlar ko’magida erishiladi. Fahm-farosat faqatgina ato etiladi!
Nimani o’rgatib va o’rganib bo’lmaydi?
Soddadillikni …
Kishilar botinan bir-birlari bilan nimada farklanadi?
Uch narsada: dilda, tilda, amalda.
Kishilar Zohiran bir-birlari bilan nimada farklanadi?
Besh narsada: yosh, naql, vazn, bo’y va jinsda.
Sabr nima, kanoat nima?
Sabr bu kishi boshiga gam-tashvish tushgandagi chidam; qanoat boriga ham, yo’giga ham hamisha shukr qiluvchi insondagi botiniy fazilat.
Do’stlarga nimani tilasam eng katta yaxshilik tilagan bo’laman
Sog’liq, Sadoqat va Tamasizlikni!
Tinchlik nima?
Muayyan bir jamoaning fikr-maslaklari, orzu-istaklari mushtarak bo’lgan osoyishtalik davri.
Inson boshka yaratiklardan nimasi bilan farklanadi?
Ikki narsada: akl-tafakkuri hamda ochko’zligi bilan.
Xotin kim?
Xonadonning malikasi: yaxshi bo’lsa hayoting jannati, yomon bo’lsa… hayoting do’zaxi.
Qo’shni kim?
Xursandchiligingda hamroh, yomon kunlaringda hassakash bo’lguvchi inson… Agarda u munofiq bo’lsa, hayotdagi xavfli dushmaning
..
Sadokat nima?
Hech bir narsaga tenglashtirib bo’lmaydigan, hech narsa bilan almashib bo’lmaydigan insoniy burch, tuygu.
Kishiga nima bir umr tinchlik bermaydi?
Orzulari… Armonlari!
Dunyoda inson uchun eng ko’rkinchli narsa nima?
Xalq nafratiga uchrab, vijdon azobida qolish!
Kim kuchli, bir kishimi yoki yuz kishi?
Bir kishi… agarki, unda o’sha yuz kishining fahm-farosati va shijoati mujassam bo’lsa…
Qanday yumushning oxiri xayrli bo’lmaydi?
Har qanday ishning boshini tutmasdan turib, yomon niyat qilinsa
Inson umridagi «yamoq»lar nimalar?
Uning qalb jarohatlari …
– Qachon insonlar o’rtasida o’zaro totuvlik, inoqlik yuzaga keladi?
Qachonki, ularning aytgan so’zlari qalblarida ham uyg’unlikni paydo qilsa…
Ko’pchilikda mavjud bo’lgan nuqson nima?
O’zining aqlliligini boshqalarga ko’rsatishga intilish…
Aqlli kim?
Borliqning go’zalligini ko’rk bilgan va uni qadrlay olgan…
Kim yuksak?
O’zini yer kabi xokisor tutgan kishi.
Insonlar bir umr intiladigan, biroq hammaga xam nasib kilavermaydigan ne’mat nima?
Qalb osoyishtaligi…
Dunyoni nima larzaga soladi?
Murg’ak qalbning iztirobi, mazlumning chekkan nolasi…
– Kim donishmand?
O’z aybini ko’ra bilgan va uni tan olgan kishi.
Buyuklar hayotidan nima olinadi?
Ibrat olinadi, unga amal qilinadi.
– Nodonlar hayotidan-chi?
Saboq olinadi, undan xulosa chiqariladi.
Qanday gapning shov-shuvi katta?
Sekin, shivirlab aytilgan gapning
Shodlikning ibtidosi nima?
G’am.
G’amning intihosi-chi?
Shodlik.
Bundagi mantik nimadan iborat?
Shodlik yo’k joyga g’am o’rnashadi, g’amning o’rnini esa, vaqt o’tib shodlik egallaydi…
Dunyoda hech kanday boylik yoki pul bilan sotib olib bo’lmaydigan «insoniy sarmoya»ning nomi nima?
Judayam oddiy: insonlar qalbiga yo’l topa bilish…
Aksar kishilar yo’l ko’yadigan xato nima?
Vaqtdan unumli va maqsadli foydalana bilmaslik…
Vakt nima?
Bo’yuk insonlar o’chun hamisha yetishmaydigan, aksariyat uchun ko’pincha boy beriladigan imkoniyat…
Mard kishining xislatlari nimalarda sinaladi?
Asosan uch narsada: kechirimlilik, mas’uliyatni o’ziga olish va so’zida tura bilishda…
Insonlar hayotida ko’pincha ehtiyoj sezadigan xislatlar nimalar?
Asosan uch narsa: teran fikr, hisni jilovlash, qanoat…
Tamadan xam kuchli narsani ayt
Tama yo’lidagi tamagirlik!..
Dunyoda nimani topish mushkulu nimani yo’kotish oson?
Yaxshi nom qozonish juda mushkul, uni yo’qotish oson. Zotan, obro’ misqollab topiladi, bil’aks insonning bir arzimagan nojo’ya harakati sabab, ushbu yaxshi nom bir onda chilparchin bo’lishi mumkin…
har bir kishi uchun bu hayotda bajarilishi mushkul bo’lgan vazifalar nimalar?
Aytgan so’ziga o’zi to’liq amal qilishi; o’zganing omonatini u ishonganidek saqlay bilishi; do’stlashgan kishisining ham baxtli, ham ogir kunlarida birdek yonida turishi; o’ziga ravo ko’rmagan narsani birovlarga ham ravo ko’rmaslik…
Nimani kechirib bo’lmaydi?
Xiyonatni, xiyonatni va yana xiyonatni.