Estrada olamidagi antiqa taxalluslar

Estrada olamidagi antiqa taxalluslar

Estradaga kirib kelayotgan san’atkorlarning yaxshi nom tanlab olishi asosiy qadamlardan biri xisoblanadi. Maqola bilan tanqid qilmoqchi emasman, ayrim san’atkorlarning “O‘zgacha” taxalluslari haqida to‘xtalmoqchiman.

Ilgari xonandalar DJ brendi bilan ijod etishardi. DJ Anonim, DJ Dilshod, DJ Mix, DJ Piligrim, DJ Yamin kabi san’atkorlar DJ sifatida tanilishgan. Keyingi vaqtlarda xorijiy tilda nom tanlash urf bo‘lib bormoqda. Masalan, Fadiyez, Eldido, Antares, Daler, Daymos, Face Control, Firdavs Sistem, InDigo, Pasxalis va boshqalarni tilga olish mumkin. O‘zbek tilining lug‘at boyligi kamlik qilib qolibdimi deb o‘ylanib qolasan kishi. Balki ular xorij uchun o‘zlarini yaqin tasavvur etishar, ammo o‘zligimizdan uzilib nimani qoyil qilishadi tushunolmayman. Ayol san’atkorlar esa “Tesha tegmagan” nom tanlash maqsadida xilma-xil nom topib olmoqdalar. Masalan, Adelina, Aida, Amura, Asmira, Aylin, Dineyra, Farzona, Hadiya, Isfira, Karina, Safina, Sakina, Selinay Olgun, Selena, Ukfora, Ulker shular jumlasidandir. Ayrim nomlarni eshitganingizda labingizga tabassum yuguradi. Abdumalik Totli, Ale Salom, Alim, Anyon, Askorbinka, Azeez aka, Benuqson, Fatxulla Ma’no
, Komil Klassik, Sayatash, Serider, Xayrush, Zero, Yakzon kabi “Antiqa nomlar” san’at olamida kezib yuribdi.
Shou-biznesda tezroq ko‘tarilish, xalqqa tanilish faqat taxallus bilan bog‘liq emas, nazarimda. Hozir barcha san’atkorlarga ijod erkinligi, fikr erkinligi berilgan. Ular o‘zlari qulay ko‘rgan yo‘nalishda va nom bilan ish yurita oladilar. Ular xalq xizmatida ekanlar o‘zligimizdan yiroqlashmagan holda taxallus tanlashlari yanada to‘g‘ri bo‘lgan bo‘lar edi. Kimdir fikrimga qarshi fikr bildirar, ammo har bir taxallusning ham o‘ziga xos tarixi, kelib chiqishi bo‘lishi kerak. O‘zbek san’atida taxallus bilan ijod qilayotgan san’atkorlarga nisbatan o‘z ism sharifi bilan ijod qilayotganlar el nazariga ko‘proq tushishganligi sir emas. San’atkorlar qanday taxallus tanlab olishmasin o‘zlari orzu qilgan darajaga yetishishlarini tilab qolaman.


Один из ключевых шагов — выбрать хорошее имя для артистов, выходящих на сцену. Я не хочу критиковать статью, я хочу рассказать об «Особых» никнеймах некоторых артистов.

В прошлом певцы творили под брендом DJ. Такие исполнители, как DJ Anonymous, DJ Dilshod, DJ Mix, DJ Piligrim, DJ Yamin известны как ди-джеи. В последние годы выбор имени на иностранном языке стал традицией. Например, можно упомянуть Fadiyez, Eldido, Antares, Daler, Daymos, Face Control, Firdavs Sistem, InDigo, Pashalis и другие. Возникает вопрос, не хватает ли словарного запаса узбекского языка. Может быть, они считают себя близкими к иностранцу, но я не знаю, что им нравится отделяться от нас. Художники-женщины находят разные имена на выбор. Например, среди них Аделина, Аида, Амура, Асмира, Айлин, Динейра, Фарзона, Хадия, Исфира, Карина, Сафина, Сакина, Селинай Олгун, Селена, Укфора, Улькер. Улыбка сползает с ваших губ, когда вы слышите некоторые имена. Абдумалик Тотли, Але Салом, Алим, Аньон, Аскорбинка, Азиз ака, Бенуксон, Факсулла Ма’но
, «Старинные имена», такие как Камиль Классик, Саяташ, Серидер, Хайруш, Зеро, Якзон путешествуют по миру искусства.
На мой взгляд, бурный рост шоу-бизнеса связан не только с прозвищами. Теперь всем художникам дана свобода творчества, свобода мысли. Они могут работать в любом направлении и под любым именем. Им было бы лучше выбрать прозвище, если бы они были на службе у народа, не удаляясь от нас. Кто-то может со мной не согласиться, но у каждого прозвища должна быть своя история и происхождение. Не секрет, что в узбекском искусстве более популярны те, кто творит под своим именем, чем те, кто работает под псевдонимами. Неважно, какое прозвище выберут артисты, я хочу, чтобы они достигли желаемого уровня.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 4
  1. Baxtiyor Sheraliyev

    Fikrimcha bizning san’atkorlar ham taxallusdan foydalanishlari yaxshi, lekin qanday taxallud ekanligini biroz muammo. Men ularning o‘rnida bo‘lganimda o‘zbekcha yoki milliy so‘z tanlagan bo‘lar edim. Bu shunday so‘z bo‘lsinki, boshqa tillarda aytilishi oson bo‘lsin, keyin esda saqlash ham oson bo‘lsin. Shaxsan meni ismimni (Baxtiyor) boshqa millat vakillari talaffuz qilishga qiynalishadi. Ingliz, xitoy, yoki yevropa tomonlik do‘stlarim ismimni aytgani qiynalishadi. Shunday ekan, shunday ism yoki taxallus tanlash kerakki, u ham o‘zbekcha, ham talaffuzi oson bo‘lsin. Yana ism mavsumiy bo‘lmasligi kerak, san’atkor 10-15 yildan keyin ham shu ismdan foydalanishga uyalmasligi kerak. Allambalo ismlar esa menimcha faqat mavsumiy xolos.

    1. Alisher

      Estrada olamida antiqa taxalluslar maqolayizga qarshi emasman. Bizning o‘zbek san’atimiz nechi yuz yilliklarga borib taqaladi. Shahsan men bu qo‘shtirnoq ostidagi estrada vakillarini qo‘shiqchi deb bilmayman. Taxallus qo‘yishga bulada aytarli qoyillatadigan sabab yo‘q. Oldin qo‘shig‘ingni qoyillat keyin taxallus qo‘ysa arziydi. Bizning tariximiz boy. Ajdodlarimiz qoldirib ketgan boy madaniy me’rosdan bu qo‘shiqchilar to‘g‘ri foydalanishmayapti meni nazarimda. 60 yillarning boshlarida estrada san’atini Botir Zokirov olib kirganlar. To ungacham Faxriddin Umarov klassik qo‘shiqlarni olib kirganlar, lekin ularda ham taxallus bo‘lmagan. bu mening fikirlarim edi. Shu mavzuda men ham ko‘p maqolalar yozganman bu qisqacha fikrim.

  2. Аноним

    :grin:

  3. Karina

    Mening ismim aslida Charos lekin taxallusim KARINA
    Lekin 2 tasi ham chiroyli

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: