Bitiruvchilar e-shahodatnoma.uz orqali shahodatnomalarni yuklab olishlari mumkin

Bitiruvchilar e-shahodatnoma.uz orqali shahodatnomalarni yuklab olishlari mumkin

📣 📣 Maktab bitiruvchilari uchun yana bir qulaylik yaratildi. Bitiruvchilar e-shahodatnoma.uz axborot tizimi orqali shahodatnomalarni joriy yilning 20-iyun kunidan boshlab onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin!

Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qilmoqda.

❗️ Ma’lumot uchun, 11-sinf maktab bitiruvchilarining shahodatnoma maʼlumotlari «Bilim va malakalarni baholash agentligi» (sobiq DTM)ning OTM qabul bo‘yicha elektron platformasiga integratsiya qilingan.

Shu bois, oliy taʼlim muassasalariga elektron hujjat topshirish jarayonida bitiruvchining shahodatnoma maʼlumotlari avtomatik tarzda taqdim etiladi. Bitiruvchilar shahodatnomalarini shaxsan taqdim etishlariga ehtiyoj yo’q.

📍 Ma’lumot o’rnida, joriy o‘quv yilida umumtaʼlim maktablarini 390 mingdan ortiq bitiruvchilar tamomlaydi.

e-shahodatnoma.uz platformasiga qanday maktablar bitiruvchilari shahodatnomalari kiritilgan?

Shu o’rinda eslatib o’tamiz, e-shahodatnoma.uz elektron platformasiga quyidagi umumiy o’rta ta’lim maktablari 11-sinf bitiruvchilarining shahodatnoma ma’lumotlari kiritilgan:

✔️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o’rta ta’lim maktablari;

✔️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar;

✔️ Yoshlar siyosati va sport vazirligi tasarrufidagi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari;

✔️ Nodavlat ta’lim tashkilotlarining 11-sinf bitiruvchilari.

❗️ Akademik litseylar va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining diplom ma’lumotlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining elektron tizimiga kiritiladi.

☎️ Qo’shimcha maʼlumotlar uchun (71) 203 07 04 telefon raqamiga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin.

Mavzuga doir:
Maktab shahodatnomalari elektron shaklda beriladi

Maktab shahodatnomasi dublikatini olish osonlashdi

Yangi O‘zbekistonning rivojlangan ta’lim tizimi bitiruvchisi qanday bo‘lishi kerak?


📣 📣 Для выпускников школ создан еще один объект. Выпускники могут скачать сертификаты онлайн с 20 июня текущего года через информационную систему e-shahodatnoma.uz!

Об этом сообщает Министерство дошкольного и школьного образования.

❗️ Для справки, информация о аттестатах выпускников 11 классов интегрирована в электронную платформу приема в вузы «Агентства оценки знаний и навыков» (бывшая DTM).

Поэтому в процессе подачи электронных документов в высшие учебные заведения информация о аттестате выпускника предоставляется автоматически. Выпускникам не нужно лично предъявлять свои сертификаты.

📍 Для справки, в этом учебном году общеобразовательные школы выпустят более 390 000 выпускников.

Какие виды аттестатов об окончании школы включены в платформу e-shahodatnoma.uz?

Напомним, что на электронной площадке e-shahodatnoma.uz размещены аттестационные данные выпускников 11 классов следующих общеобразовательных школ:

✔️ Общеобразовательные школы в системе Министерства дошкольного и школьного образования;

✔️ Президентские школы, творческие школы и специализированные школы, находящиеся в ведении Агентства специализированных образовательных учреждений;

✔️ Тренировочные центры по олимпийским и паралимпийским видам спорта, находящиеся в ведении Министерства молодежной политики и спорта;

✔️ Выпускники 11 классов негосударственных образовательных организаций.

❗️ Сведения о дипломах выпускников академических лицеев и профессионально-технических училищ будут внесены в электронную систему Министерства высшего образования, науки и инноваций.

☎️ Дополнительную информацию можно получить по телефону (71) 203 07 04.

Предмет:
Школьные аттестаты выдаются в электронном виде

Получить дубликат школьного аттестата стало проще

Каким должен быть выпускник системы передового образования нового Узбекистана?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 15
  1. Qosimboy

    Zõr

  2. Sherzod

    :cool:

  3. Mohinur

    :idea:

  4. Muslima

    Eliktiron shahodatnoma olish

    1. Nurulloh

      Qales ;-)

  5. Rahmatillo

  6. Marjonabonu

    Yoq

  7. Abdukarimov

    :!:

  8. Abdukarimov

    :?:

  9. salohiddinova shahzoda

    :oops:

  10. XXX

    Boʻmayapti undan koʻra maktab oʻzi bersa boʻlar edi

  11. Sarvar

    :oops:

  12. ogabek

    ;-)

  13. Şamariddin

    ;-) ;-) ;-) ;-) :| :| :| :| :x

  14. Muxlisa Usmonova Ikrom qizi

    Men Usmonova Muxlisa Ikrom qizi 2007yil 13 dekabr kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida Chorchinor maktabiga ôqiyman

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: