Bir smenada tushgan savollar boshqa smenada takrorlanadimi?

Bir smenada tushgan savollar boshqa smenada ham tushishi mumkinmi?

Xаbaringiz bor, bugun 8- avgust kunidan boshlab OTM ga kirish test sinovlari boshlandi, birinchi smenadagi abituriyentlar allaqachon test sinovlarini topshirib chiqishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa  kirish test savollari aks etgan fotosuratlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlumot berdi.
Maʼlumot berilishicha, kimyo fanidan test topshiriqlari aks etgan, lekin test topshiriqlari raqami koʻrinmagan test topshiriqlari kitobi 8-avgust kuni Fargʻona viloyatida oʻtkazilgan test sinovlariga taalluqli boʻlib, mazkur abituriyent test sinovi vaqtida telefondan foydalanayotgani aniqlanib, dalolatnoma asosida test sinovlaridan chetlashtirilgan.
Matematika fanidan test topshiriqlari aks etgan, test topshiriqlari raqami koʻrinmagan test topshiriqlari kitobi ham diagnostik test sinovlariga taalluqli boʻlib, mazkur test topshiriqlari kitobi 8-avgust kuni oʻtkazilgan oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlariga taalluqli emas.
Bilim va malakalarni baholash agentligi direktor oʻrinbosari Sardor Rajabov abituriyentlardan aytilayotgan savollarni yodlab vaqt ketkazmasligini soʻradi.
— Birinchi smenadagi abituriyentlar allaqachon test sinovlarini topshirib chiqishdi. Baʼzi bir abituriyentlar qanday savollar tushayotganini telegram kanallarga yuborishmoqda (ogʻzaki yoki esida qolganini yozib). Barchaga shuni maʼlum qilamizki, bir smenada tushgan savollar boshqa smenada takrorlanmaydi.
!Ma’lumotlar rus tilida:
Как известно, сегодня, 8 августа, стартовали вступительные испытания в высшие учебные заведения, абитуриенты первой смены уже прошли испытания.

Фотографии с вопросами вступительного теста распространяются в социальных сетях. Государственный испытательный центр предоставил информацию о ситуации.
Согласно информации, книга контрольных заданий по химии, но без номера контрольных заданий, относится к испытаниям, проведенным 8 августа в Ферганской области.
Книжка тестовых заданий с проверочными заданиями по математике без номера контрольных заданий распространяется также на диагностические испытания, а на вступительные испытания на курсы бакалавриата высших учебных заведений, проводимые 8 августа, данный сборник тестовых заданий не распространяется. .
Заместитель директора Государственного тестового центра Сардор Раджабов попросил абитуриентов не тратить время на заучивание вопросов.
— Абитуриенты первой смены уже прошли испытания. Некоторые абитуриенты отправляют полученные вопросы в Telegram-каналы (устно или записывая то, что помнят). Хотим сообщить всем, что вопросы из одной смены не будут повторяться в другую смену.
[/spoiler]

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Sug'diyona

    assalomu alaykum bu xato deb o’ylayman chunki bitta savol qaytarilib kelmaydi shunchaki imtihondagi qogozni yirtib telefon ishlatib ozini imtihondan chetlashtrishga sababchi bolishyapdi bular

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: