⚡️ Biologiya fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlarida qatnashgan talabgorlarning to‘lovini qaytarish tartibi

Biologiya fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlarida qatnashgan talabgorlarning to‘lovini qaytarish tartibi haqida

📣 2021-yil 10-iyun kuni biologiya fanidan milliy sertifikat uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilinmasligi va test sinovida ishtirok etgan barcha talabgorlarning to‘lovi to‘liq qaytarilishi haqida xabar berilgan edi.

📌 Talabgorlarning to‘lovi quyidagi tartibda qaytariladi:

👨🏻💻 Dastlab talabgorning o‘zi murojaat etayotganligini tasdiqlash maqsadida talabgor tomonidan tq.dtm.uz saytiga pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) kiritilib, “Ariza to‘ldirish” tugmasi bosiladi.

📩 Kiritilgan pasport ma’lumotlar 10-iyun kuni biologiya fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihonida ishtirok etgan talabgorga tegishli bo‘lsa, mazkur pasport ma’lumotlari biriktirilgan telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi va SMS xabardagi 5 xonali raqamni tizimni kiritish orqali talabgorning o‘zi murojaat etayotganligi tasdiqlanadi.

✅ So‘ngra ariza to‘ldirish oynasiga:

👉 to‘lov qaytarilishi kerak bo‘lgan plastik karta raqami;
👉 plastik karta egasining familiyasi, ismi, otasining ismi;
👉 plastik karta ochilgan bankning STIRi (INN si);
👉 bank MFOsi;
👉 bankning tranzit hisob raqami;
👉 qo‘shimcha telefon raqami (zarur hollarda bog‘lanish uchun) kiritilib, “Ariza shakllantirish” tugmasi bosiladi.

☑️ Shundan so‘ng ariza shakllantiriladi va to‘lovni qaytarish bo‘yicha onlayn ariza berish jarayoni yakunlanadi.

📆 Ariza qabul qilingandan so‘ng 15 kun ichida arizada keltirilgan karta raqamiga to‘lov to‘liq qaytariladi.

Agar talabgor ma’lumotlarni kiritishda xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, “Tahrirlash” funksiyasidan foydalangan holda kiritgan ma’lumotlarini o‘zgartirishi mumkin.

❇️ Bankning STIRi, MFOsi va tranzit hisob raqamini olish uchun bankka bog‘lanish mumkin bo‘lgan aloqa raqamlari va boshqa ma’lumotlarni ushbu havola orqali olish mumkin.

☎️ Shuningdek, banklarning aloqa raqamlari tq.dtm.uz saytida ham keltirilgan.


📣 10 июня 2021 года было сообщено, что результаты тестирования на национальный сертификат по биологии не будут опубликованы и что всем абитуриентам, сдавшим тест, будет произведен полный возврат средств.

📌 Сборы заявителей будут возвращены в следующем порядке:

👨🏻💻 Изначально, для подтверждения того, что заявитель подает заявку, заявитель вводит серию и номер паспорта и личный идентификационный номер (ПИН) на сайте tq.dtm.uz и нажимает кнопку «Заполнить заявку».

📩 Если введенные паспортные данные принадлежат абитуриенту, сдавшему Национальную аттестацию по биологии 10 июня, на номер телефона, к которому привязаны паспортные данные, будет отправлено СМС и в СМС абитуриент введет 5-значный номер ..подтверждается.

✅ Затем в окне приложения:

👉 номер пластиковой карты для возврата;
👉 фамилия, имя, отчество держателя пластиковой карты;
👉 STIR банка, в котором была открыта пластиковая карта (ИНН);
👉 банковские МФО;
👉 банковский транзитный счет;
👉 Введите дополнительный номер телефона (для связи при необходимости) и нажмите «Применить».

☑️ Затем заявка будет обработана, и процесс онлайн-заявки на возврат будет завершен.

📆 Возврат платежа будет произведен в полном объеме на номер карты, указанный в заявке, в течение 15 дней с момента получения заявки.

Если заявитель ошибся при вводе информации, он может изменить введенную информацию с помощью функции «Редактировать».

❇️ Контактные телефоны и другую информацию, по которой можно связаться с банком для получения ИНН Банка, МФО и транзитного счета можно получить по этой ссылке.

☎️ Контактные телефоны банков также доступны на сайте tq.dtm.uz.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: