Attestatsiya uchun beriladigan 20 ballik tizim bekor qilinadimi?

Attestatsiya uchun beriladigan 20 ballik tizim bekor qilinadimi?

O‘qituvchilar attestatsiyadan o‘tayotganda maktabdan beriladigan 20 ballik tizim bekor qilinadimi?

Savol: Ma’lumki, attestatsiyaga jalb qilinadigan o‘qituvchilar birinchi bosqichda 20 ballik tizimda baholanadi. Eshitishimizga qaraganda, maktabdan beriladigan 20 ballik tizim bekor qilinar ekan. Shu rostmi? Iltimos aniqlik kiritib bersangiz.

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda ta’lim tashkilotining pedagogik (kuzatuv) kengashlari tomonidan o‘qituvchilarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi o‘rganiladi hamda 20 ballik tizimda baholanadi.

Ikkinchi bosqichda o‘qituvchining bilimlari Ta’lim sifatini nazorat qiluvchi inspeksiya tomonidan o‘tkaziladigan test orqali 80 ballik tizimda baholanadi. Ikki bosqich yakunlariga ko‘ra to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ko‘rsatkich 100 ballga teng.

Xabaringiz bo‘lsa, Prezident Administratsiyasi turli sohalar bo‘yicha fuqarolardan takliflarni qabul qilgandi. Takliflar borasida esa ta’lim sohasi yetakchilik qilgan.

Yuborilgan takliflar orasida o‘qituvchilar attestatsiyasini shaffof o‘tkazish bo‘yicha murojaatlar ham bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Huquqiy siyosat tadqiqot institutining 2022 yil 27 sentyabrda bergan ma’lumotlariga ko‘ra, o‘qituvchilarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini faqatgina pedagogik kengash tomonidan 20 ballik tizimda baholanishi va bu jarayonlarning yopiqligi xolislikni so‘roq ostida qoldirayotgan ekan.

Xususan, amaldagi tartibga ko‘ra, pedagogik kengash raisi maktab direktori hisoblanadi. Bu o‘z o‘rnida direktor va o‘qituvchilar o‘rtasida turli korrupsiyaviy holatlar kelib chiqishiga, xodimning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholashdagi noxolislikka sabab bo‘lishi mumkin ekan.

O‘qituvchilar attestatsiyadan o‘tayotganda maktabdan beriladigan 20 ballik tizimga ishonchsizlik bo‘layotgani, bu tartibni tez orada bekor qilinishi mumkinligini anglatmoqda. Lekin bu ham tahmin.

Ochig‘i biz ham bu borada aniq bir gap aytolmaymiz. Sababi, bugun chiqqan qaror ertaga bekor qilib yuborilyapti. Bunday o‘zgaruvchan vaziyatda mas’ullarning o‘zi ham aniq bir ma’lumot berolmasa kerak.

© Ulug‘bek Po‘latov

Mavzuga doir:
Kasbiy mahorat uchun attestatsiyaga 20 bal kim tomonidan beriladi?

Maktab tomonidan beriladigan 20 ballni to‘play olmasa nima bo‘ladi?

Toifa bo‘yicha beriladigan 20 ballik ma’lumotnoma blankasi


Будет ли отменена 20-балльная система школы при аттестации учителей?

Вопрос: Известно, что учителя, участвующие в аттестации, на первом этапе оцениваются по 20-балльной системе. Согласно тому, что мы слышали, 20-балльная система школы отменяется. Это правда? Просьба уточнить.

Ответ: Согласно положению, утвержденному постановлением Кабинета Министров № 572 от 17 сентября 2021 года, аттестация педагогических кадров проводится в два этапа.

На первом этапе педагогические (наблюдательные) советы образовательной организации изучают педагогическое мастерство и психологическую подготовку педагогов и оценивают их по 20-балльной системе.

На втором этапе знания учителя оцениваются по 80-балльной системе посредством тестирования, проводимого Инспекцией, контролирующей качество образования. Максимальный балл, который можно набрать по итогам двух этапов – 100 баллов.

Как известно, в Администрации Президента принимались предложения граждан в различных сферах. Что касается предложений, то сектор образования лидировал.

Среди присланных предложений могли быть призывы к прозрачной передаче аттестации учителей.

Согласно информации, предоставленной НИИ правовой политики от 27 сентября 2022 года, ставит под сомнение тот факт, что педагогическое мастерство и психологическая подготовка учителей оцениваются только педагогическим советом по 20-балльной системе и закрытость этих процессов объективность.

В частности, по действующему положению председателем педагогического совета является директор школы. Это, в свою очередь, может привести к различным коррупционным ситуациям между директором и педагогами, необъективности в оценке педагогического мастерства и психологической подготовки работника.

Недоверие к 20-балльной системе, выдаваемой школой при аттестации учителей, означает, что в скором времени эта процедура может быть отменена. Но это тоже предположение.

Честно говоря, мы ничего не можем сказать об этом. Причина в том, что сегодняшнее решение завтра отменяется. В такой меняющейся ситуации даже ответственные лица могут быть не в состоянии предоставить точную информацию.

© Улугбек Полатов

Предмет:
Кто дает 20 баллов на сертификацию профессиональных навыков?

Что будет, если он не наберет 20 баллов, данных школой?

Справочная форма из 20 баллов по категориям

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Ro‘ziyeva Farida Nuriddinovna

    Bu fikrga qo‘shilaman.Direktorlar bu o‘qituvchini ezishga yana bir shans bo‘lmoqda.Ular miriqib bizni ezmoqda, ustimizdan kulmoqda.Birinchi o‘rinda karrupsiya turadi albatta.Bu 20 ball uchun biz nimalar qilmaymiz deysiz.Gohida o‘qituvchi bo‘lganimga afsuslanib qolaman.Shu masalani yuqoridagilar hal qilishganda edi. BU 20 BALL KERAK EMAS.Testni 80 ballik emas, 100 ball bo‘lishini istayman.

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: