Attestatsiya bo‘yicha eslatma

Attestatsiya bo‘yicha eslatma

Pedagoglarni attestatsiya jarayonidan o‘tkazishning navbatdagi bosqichi yaqin kunlarda boshlanadi.

Attestatsiyadan o‘tish uchun pedagog kadrlar 1-yanvardan 1-martga qadar bevosita davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qiladilar.

Pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda pedagog kadrlarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi ta’lim tashkilotining pedagogik (kuzatuv) kengashlari tomonidan o‘rganiladi va baholash mezonlari asosida 20 ballik tizimda baholanadi.

Ikkinchi bosqichda pedagog kadrlarning o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovlari o‘tkaziladi.

Pedagog kadrlarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi har bir attestatsiya uchun alohida baholanadi. Bunda oldingi attestatsiya jarayonida baholash obyekti bo‘lgan ko‘rsatkichlar keyingi attestatsiyaning pedagogik mahorat va psixologik tayyorgarlikni baholash bosqichida hisobga olinmaydi. (Ya’ni, hozirgi holat bo‘yicha 5-sentabrdan 31-dekabrgacha bo‘lgan davr hisoblanadi.)

Pedagog kadrlar pedagogik mahorat va psixologik tayyorgarlikni baholash natijalari yuzasidan ma’lumotnomada necha ball ko‘rsatilganidan qat’i nazar, (0 ball bo‘lsa ham) attestatsiyaning keyingi bosqichida ishtirok etishlari mumkin.

Pedagogik mahorat va psixologik tayyorgarlikni baholash natijalari yuzasidan ma’lumotnoma attestatsiyadan o‘tish uchun hujjat topshirish boshlangan sanaga qadar ko‘pi bilan to‘rt oy muddat ichida berilgan bo‘lishi lozim.

Bundan ko‘rinib turibdiki, hozirgi holatda pedagoglarga 31-dekabrga qadar pedagogik mahorat va psixologik tayyorgarlikni baholash natijalari yuzasidan ma’lumotnoma berilishi kerak.

Pedagogik mahorat va psixologik tayyorgarlikni baholash mezonida ochiq darslar o‘tganligi, seminar, talovlarda metodik ishlanmalar bilan ishtirok etganligi uchun tegishlicha ball berilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Pedagog kadrlar hozir fursatdan foydalanib ushbu tadbirlarni amalga oshirib olsalar ma’lumotnomalariga yuqoriroq ball qo‘yilishiga sabab bo‘ladi.

Baholash mezonining to‘liq matni

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori

Mavzuga doir:
Attestatsiya baholash mezoni

Attestatsiyaga kirayotgan ustozlarga maslahatlar

Barcha fanlardan attestatsiya savollari to‘plami javobi bilan


Следующий этап процесса аттестации учителей начнется в ближайшее время.

Педагогические кадры подают заявки на аттестацию с 1 января по 1 марта непосредственно через центры госуслуг или путем регистрации на Едином интерактивном портале госуслуг или официальном сайте Инспекции образования.

Аттестация педагогических кадров проводится в два этапа.

На первом этапе педагогическое мастерство и психологическая подготовка педагогических кадров изучаются педагогическими (контрольными) советами образовательной организации и оцениваются по 20-балльной системе на основе оценочных критериев.

На втором этапе пройдут квалификационные испытания ППС.

Педагогическое мастерство и психологическая подготовка педагогических кадров оцениваются отдельно для каждой аттестации. При этом показатели, являвшиеся объектом оценки в ходе предыдущей аттестации, на этапе оценки педагогического мастерства и психологической подготовки к очередной аттестации не учитываются. (То есть по текущей ситуации это период с 5 сентября по 31 декабря.)

Педагогические кадры могут участвовать в следующем этапе аттестации независимо от того, сколько баллов указано в справочнике по результатам оценки педагогического мастерства и психологической подготовки (даже если оно равно 0 баллов).

Свидетельство о результатах оценки педагогического мастерства и психологической подготовки должно быть выдано в срок не более четырех месяцев до даты подачи документов на аттестацию.

Видно, что в сложившейся ситуации педагогам до 31 декабря должна быть выдана справка по результатам оценки педагогического мастерства и психологической подготовки.

По критериям оценки педагогического мастерства и психологической подготовки указано, что за участие в открытых занятиях, семинарах, методических разработках будут начисляться соответствующие баллы. Педагогические кадры, воспользовавшись возможностью реализовать эти мероприятия, теперь будут иметь более высокий балл в своих рекомендациях.

Полный текст критериев оценки

Основание: Постановление Кабинета Министров от 17.09.2021 № 572

Предмет:
Критерии оценки аттестации

Советы учителям, поступающим на сертификацию

Сборник аттестационных вопросов по всем предметам с ответами

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: