Amir Temur haqida sahna ko‘rinishlari. Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari uchun eng sara sahna ko‘rinishlari to‘plami.
Jadidlar haqida eng sara sahna ko‘rinishlari to‘plami
Sahna ko‘rinish: Abdulla Oripov “Sohibqiron” dramasidan parcha
III SAHNA
Angora yaqinidagi tepalikda Temur chodiri. Tashqaridan g‘ovur-g‘uvur, otlar kishnashi, fillar na’rasi
eshitilib turadi. Chodir ichida taxtda Amir Temur. Uning atrofida shahzodalar, amirlar, lashkarboshilar.
Temur (Eshikbon- Chorlang buyon Aloviddinni
yasovulga). betimsol bir iste’dod, shatranj ustasi.
Samarqanddan atay uni olib kelganman.
Aloviddin kiradi.
Aloviddin. Olampanoh, chorlamishsiz…
Temur. Ha, Aloviddin,
Sen bilan biz necha yilki shatranj suramiz.
Ammo bilki, bu galgisi boshqacha o‘yin,
Bu — boshqa jang! Donalarni ter, Aloviddin.
Aloviddin shatranj donalarini teradi. Temurda oq donalar.
Eshitgansan, Aloviddin. Yoshlik chog‘imdan
Men shatranjga ishqibozman. U nozik o‘yin.
Uni tengsiz san’at deya ta’rif etarlar.
Biroq shatranj o‘xshar ko‘proq jang san’atiga.
Aloviddin. Qani, yuring, olampanoh.Telegram: Maktablar_uchun_hujjatlar
Temur. Yurdi, sipohim
Qani olg‘a, piyodalar, zafar yor bo‘lsin.
Chodir tashqarisidan jang sadolari baralla eshitila boshlaydi.
Aloviddin. Shoh sipohin bizga qarshi yo‘naltirdingiz,
Kaminaning sipohi ham anoyi emas.
Hozir nechuk jang qilmoqda piyodalarim,
Temur. …Juda og‘ir jang ketmoqda chodir ortida.
Inshoolloh, yengajakman! Sen — Aloviddin,
Faqat shatranj sohasida jahongirdirsan.
Bizning esa chekimizga boshqa yuk tushgan,
Bizning uchun ulkan zamin shatranj taxtasi…
Aloviddin. Sizning buyuk iste’dodga taraf yo‘q aslo,
Shatranjda ham betimsolsiz.
Iqrorman, Hazrat.
Temur. Men bilaman, Aloviddin, o‘z qudratimni,
Raqibimni dovdiratar bu usulim ham.
…Odamlarim allaqachon Rum sultoniga
Mening shatranj o‘ynay turib jang qilishimni Yetkazdilar!
Boyazidni tahlika bosdi! Dushmaningni bundan ortiq kamsitib bo‘lmas.
Yasovul. A’lohazrat, piyodalar nobud bo‘lmoqda.
Temur. Attang, attang, o‘z kuchiga ortiq ishonsa,
G‘aflat bosib qolgusidir hatto filni ham.
(Ham Yasovulga, ham Aloviddinga)
To‘lg‘amo deb atalguvchi bir yo‘limiz bor,
Yetkazingiz o‘ng qanotu ham so‘l qanotga.
Mironshohu Shohrux Mirzo ikki tarafdan
Yog‘iylarni o‘rab olsin! Obong‘orda men!
Aloviddin, shohga qarshi hujum boshladim.
Yasoval. Olampanoh! Yov lashkari Telegram: Maktablar_uchun_hujjatlar
Temur. To‘p-to‘p bo‘lishib, biz tomonga o‘tayotir.
Shoyon yaxshi gap!
Ular asl musulmondir, ziyon yetkazmang.
Aloviddin. A’lohazrat, har ikkala maydon ichra ham
G‘oyat qizg‘in tus olmoqda jangovar san’at.
Temur. Lashkarlarim urho-ur deb jang maydonida
Nayza bilan, qilich bilan va kamon bilan
Yov saflarin qirib borar hozir ayovsiz.
Men ham hozir ular bilan ruhan birgaman,
Shu gap haqqi, Sizga qarshi tashlayman ruxni.
Aloviddin. Ruxingizning na’rasiga javobim shu-da.
Yasovul. Olampanoh, orqadagi yov o‘rdasini
Halqa kabi o‘rab oldi bizning lashkarlar,
Biroq o‘rda ustuvordir!
Temur. Bizning qo‘lda naftandoz deb atalguvchi bir
Ajdahodek o‘t purkagich yarog‘imiz bor.
Bamisoli osmondan tushgandek quyun,
U o‘t-olov purkay boshlar zamin ustiga.
O‘rda tomon yo‘naltiring naftandozlarni.
O‘rda chilim sarxonasi kabi yonsinu
Tamakidek tutab ketsin tubida yog‘iy.
(Aloviddinga)
Aloviddin, qay yo‘sinda yo‘limni to‘sma,
Mana endi ishga tushar sarkardam farzin
Va ortidan ikkinchi rux chiqar maydonga.
Endi qayga qochib borgay sho‘rlik qorashoh?
Endi kimdan madad kutsin yo kimga arzin Bayon etsin?
Aloviddin. Chiroyli mot! Mot! Telegram: Maktablar_uchun_hujjatlar
Temur. Bu — ruxning ishi…
Shoyad ruhlar menga mudom bo‘lgay madadkor.
Yasovul. A’lohazrat, a’lohazrat, yaxshi xabar bor!
Shu asnoda Rum sultoni asir olinmish! Isming nedur?
Yasovul. A’lohazrat, ismim Qosimbek.
Temur. Qayerdansan? Nasabing kim?
Yasovul. Men shahri Keshdan. Otam sizga sarboz bo‘lgan.
Dehli jangida shahid ketgan,
Bugun mening o‘zim sarbozman!
Temur. Bizning uchun g‘oyat qutlug‘ mujda keltirding,
O‘g‘lim, seni siylagayman bu mujda uchun.
Inshoolloh, Samarqandga qaytib borgan chog‘
Nikohingga berajakman bir nabiramni.
Yasovul. Olampanoh, o‘lgunimcha Sizga sodiqman.
Aloviddin. O, Allohning marhamati bunchalar kengdir,
Bir bandasin daqiqada ko‘kka ko‘tardi.
Temur. Shukr, deyman, yaratganga — Parvardigorga,
Biroq, zafar nashidasin totmasdan burun
Ruhiyatim amri bilan bir gap aytaman:
Hech bir shohning boshiga bu kulfat tushmasin.
Olib kiring Boyazidni!
Boyazidni oyoq-qo‘li bog‘liq holda olib kirishadi.
Evoh, bu ne hol? Oyoq-qo‘lin yeching darhol,
U, axir, shoh-ku!
Chumolilar xor qilishsa arslon rutbasin,
Buzilgaydir o‘rmonning ham qonuniyati.
Men taassuf bildiraman, tushungin, sulton.
Boyazid. Asir bo‘lib tursam hamki qoshingda, Temur
Zor emasman iltifoting, taassufingga.
Temur. Oddiygina bir voqea yuz berdi, axir,
Sen yildirim laqabli bir qudratli chaqmoq
Cho‘ng temirga urildingu chilparchin bo‘lding. Telegram: Maktablar_uchun_hujjatlar
Boyazid. Sen ustimdan kulmoqdasan, masxara qilma!
Botirlarning ishi emas yotganni toptash.
Temur. Toptamasman va inchunin, kulmasman aslo.
Biroq taqdir deb atalmish buyuk hukmdor
Kulgan ekan ikkimizning ustimizdan ham…
Boyazid. Bu gapingni qay yo‘sinda anglamoq kerak?
Temur. Men bir langu, sen esa ko‘r, notavon so‘qir,
Bu dunyoda butun odam topilmaganday,
Ikkimizga yer yuzining jilovin bermish.
Tavba qildim, tavba qildim, ming bora tavba!
Sen bilan men ne qadarli qudratga molik,
Qamchisidan qon tomguvchi podshoh bo‘lmaylik,
Yaratganning huzurida ojiz bandamiz.
Alalxusus, bunga misol sening qismating.
Mustaqillik bayrami tadbirlari uchun sahna ko‘rinishlari to‘plami
Sayyohlar tashrifi — Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi
O‘quvchilar ijrosida kichik sahna ko‘rinishi ijro etiladi. Sahnaga bir necha sayyoh va tarjimon kirib kelishadi.
Sayyoh: — Good morning! We are interested in everything about great leader Amir Temur. We have read the book of Spanish ambassador Clavijo «History of Great
Temur». We would like to see the buildings which were built by Amir Temur. (Gud moning. Vi a interested in evrising ebaut grit lide Amir Temur. Vi red ze buk of
Spenish embassado Kleviyxo «Histori of grit Temur». End vi vud layk tu si ze bildings vich ve bilt bay Amir Temur).
Tarjimon: — Biz buyuk sarkarda Amir Temur bilan bog‘liq hamma narsaga qiziqamiz. Ispan elchisi Klavixoning «Buyuk Temur tarixi» asarini o‘qiganmiz. Amir Temur
qurdirgan inshootlarni ko‘rishni xohlardik.
Gid: — Bajonidil! Amir Temur bobomiz tomonidan juda ko‘plab inshootlar barpo etilgan. Masalan, Shahrisabzdagi Oqsaroy qarorgohi. Uni qurishga ko‘plab me’morlar jalb
qilingan. Hatto boshqa yurtlardan ham me’morlar chaqirtirilgan.
Tarjimon: — My pleasure! A lot of buildings were built by Amir Temur. For example, the castle «Oqsaroy» in Shakhrisabz. Many foreign skulptors were involved in
building this castle. (May pleje! E lot of bildings ve bilt bay Amir Temur. For igzampl, ze kasl «Oqsaroy» in Shehrisabz. Meni forin skalpters ve involvd in bilding zis
kasl).
Gid: — Amir Temur Samarqand shahrida ham ko‘plab inshootlar qurdirgan. «Shohizinda» majmuasi, «Bibixonim» madrasasi, dunyoga mashhur «Registon» maydoni bor. Bundan tashqari, Amir Temur Samarqand atrofida ko‘pgina bog‘lar barpo etdi. Bular «Bog‘i Baland», «Bog‘i Behisht», «Bog‘i Davlatobod», «Bog‘i Dilkusho», «Bog‘i
Jahonnamo», «Bog‘i Maydon», «Bog‘i Nav», «Bog‘i Chinor», «Bog‘i Shamol» kabilardir.
Tarjimon: — A lot of buildings were also built in Samarkand by Amir Temur. They are «Shah-i-Zinda» necropolis, «Bibi-Khanym» mosque and «Registan»
square. Besides those, there were created a lot of gardens: «Bog‘i Chinar», «Bog‘i Behisht» and others. (E lot of bildings ve olso bilt in Samarkand bay Amir Temur. Zey a
«Shahizinda» nekropolis, «Bibixanim» mosk end «Registan» skveye. Besaidz zous, zer ve krieytid e lot of gadens: «Bog‘i Dilkusho», «Bog‘i Chinar», «Bog‘i Behisht» end azes).
Sayyoh: — We are excited! These buildings look so nice even many hundred years have passed. (Vi a iksaytid! Zis bildings luk so nays ivin meni handrid yers hev pasd).
Tarjimon: — Oradan shuncha yillar o‘tgan bo‘lsa-da, bu inshootlarning go‘zal va ko‘rkam saqlanib turganidan hayratdamiz.
Gid: — Bunga sabab shuki, mustaqilligimizdan so‘ng tarixiy obidalarimizni qayta tiklashga katta e’tibor qaratildi.
Tarjimon: — The reason is that in years of Independence these buildings have been
reconstructed. (Ze rizn iz zet in yers of Indipendens zis bildings hev bin rikenstraktid).
Gid: — Yuring, boshqa imoratlar bilan sizni tanishtiraman.
Tarjimon: — Let me, show you other buildings.
(Let mi shou yu aze buildings).
Amir Temur va Husayn sahna ko‘rinishi
Amir Temur va nabirasi Husayn haqida qiziqarli sahna ko‘rinishi.
Muallif: — A.Temurning qizidan nabirasi Xusayn o‘ziga meros tegmagani bois Misr va SHom sultoni Faraj bilan A.Temurga qarshi ittifoq tuzadi.
Mulozim: — G‘aroyib xushxabar, a’lohazrat!
Faraj: — Xushxabar?
Mulozim: SHunday,a’lohazrat!… G‘anim podshosi Amir Temurning Husayn otliq bir bir nevarasi mingta navkari birlan hozirgina biz tomong‘a qochib o‘tdi!
(SHaxzoda olib kiriladi)
Faraj: — Qulog‘im sizda, shahzoda?… Maqsadga ko‘ching?
Husayn: — SHomning ulug‘ sultoniga sidqidildan xizmatg‘a keldim!
Faraj: — Sabab?
Husayn: — CHunki men o‘z bobomdan norizomen!
Faraj: — Aniqroq so‘ylang! Boisi nedur norizolikning?
Husayn: Boisi… boisi, bobom… Muxammad sultonni o‘z valiaxti etib e’lon qildi. Boshqa nabiralariga ham yer mulk inom qildi. Men qizidan tug‘ilg‘onim uchunmu bilmadimu ammo bularning barisida benasib qoldim. Men endi o‘z ulushimni kurashib qo‘lga kiritmoqchiman.
Muallif: — A.Temur jangda g‘olib bo‘ldi. Misr sultoni qochib ketdi. Husayn qo‘lga olindi. Ammo A.Temur ushbu g‘alabadan hursand emas. CHunki uning qalbiga xiyonat o‘z xanjarini urgan.
SHoxmalik: — A’loxazrat jangox bo‘ylab g‘alaba shodiyonalari yangramoqda. Kuch-qudratda Qamariddin va To‘xtamishlarning qolishmayturg‘on xatarli bir g‘animingiz sulton Faraj bugun mag‘lub etildi. Amirzoda SHohruh Mirzo Husaynni asirga olib o‘z chodirig‘a kelturdi.
Amir Temur: — (azobda) G‘alaba, ulug‘ zafar. Hech bir g‘alaba, hatto mag‘lubiyatdin keyin ham men bunchalik mahzun holatda bo‘lmag‘on erdim. O‘z nevaram o‘z qo‘limda asir! Ne-ne sinovlarg‘a duchor qilmadi-ya meni Ollohim. Jangdan chiqqan sarkardalar biroz nafas rostlab olg‘onlaridan so‘ng, amirzoda SHohrux Mirzo Husaynni huzurimga olib kirsin.
SHoxmalik: — Bosh ustida (husaynni olib keladi)
Husayn: — Bobo!… Bobojon!… Meni afv eting? Tavbamga tayandim, bobojon… Kechiring, men beandishani, kechiring?
Amir Temur: -Sen uchun bobong allaqachon o‘lgan!… Qarshingda ersa Turonzamin sultoni Amir Temur turibdi!
Husayn: — O‘shal, O‘shal Turonzamin sultoni huzrati Amir Temurga iltijo qilaman! Sevgi-muxabbat tufayli yo‘ldin adashg‘on men osiy bandasig‘a bir bora shafqat qilg‘aylar?…
Amir Temur: — Sevgi muhabbat dedingmu?…
Husayn: SHunday, bobojon!
Amir Temur: Sotqinda muhabbat ne qilsin?… Qalbida Vatan, ona zamin sevigisi bo‘lmag‘on murtadda muhabbat hissi bo‘lur erkonmu?… Vatanni sevmoq iymondandin erkonin unutg‘on olchoq kimsa aslida haqlimu muhabbat kalomin tilg‘a olmoqqa?
Husayn: — Ona Vatanimni jondin ortiq sevaman.
Amir Temur: — Yashashni istaysanmu.
Husayn: — Ha, ha istaymen.
Amir Temur: -Shuncha gunoxlardan keyina
Husayn: — Ha qiblagohim, qilgan gunoxlarimni yuvish uchun yashashni istayman.
Amir Temur: — Bas! Barchaga saboq bo‘lishi uchun Xusayn va navkarlari butun lashkar oldida yerga yotqizilib 20 darradan urilsin.
Avlodlar chiqishi sahnaviy ko ‘rinishi
Amir Temur avlodlari chiqishi bilan bog‘liq kichik sahna ko‘rinishi.
Bibixonim: — Mehnat malikasi Bibixonim
Sadqa bo‘lgaydir sizlarga jonim.
SHundayin bo‘linki yurt o‘g‘lonlari
Desinlar sizni faxru-iftixorim.
Mirzo Ulug‘bek: Ulug‘bekman: — Ziji ko‘ragoniy jadvalin tuzgan!
YUlduzlar ilmini suv qilib ichgan
Ilm fan deb rohatdan kechgan- Ulug‘bekman.
Gulbadan- Gulbadan begimman Boburning qizi.
Xayo yo‘llarida bitilgan so‘zi.
Gar bir zum dillashmoq istar bo‘lsangiz
Xumoyunnomada bitilgan so‘zim.
Sohibqiron Amir Temur nomli sahna ko‘rinishi
Ishtirokchilar:
Amir Temur
Bibixonim — malika
Sulton Husayn – Amir Temurning nevarasi
Rayhona – Misr malikasi
Shohmalik
Abdujabbor amir
Ikkita navkarlar
1-parda.
Arabcha kuy yangraydi. Sahnaga Misr malikasi Rayhona va Amir Temurning nevarasi Sulton Husayn shodon kirib keladilar. Rayhonaning qo‘lida ziynatlangan Damashq po‘latidan yasalgan qilich bo‘lib, malika makr va kibor bilan raqsga tushadi. Malika qilichni amirzoda Sulton Husaynga beradi.
Sulton Husayn: Malikam, Siz hadya etg‘on bu qilich mening qo‘limda Misrga shonu shavkat va uning dushmanlarig‘a o‘lim keltirg‘usidir. Afsus, hozir bisotimda Sizga sovg‘a kiladurg‘on arzigulik biror duru javohirim yo‘q!
Rayhona: Shahzodam, g‘alaba men uchun tenggi yo‘q hadya bo‘lur! Movarounnahr malikalarini kanizak qilish istagi ersa meni yondirur!
Sulton Husayn: Unday bo‘lsa, janggoh sari otlanishga izn bering.
Rayhona: Shahzodam, mening g‘alabaga ishonchim komil!
Sulton Husayn: Ishonchingizni oqlashga va’da beramen.
2-parda.
Amir Temur chodirdi. Har tarafdan g‘alabadan darak berguchi burg‘ular ovozi yangraydi. Shohmalik va amirlar Sohibqironga xushnud boqqancha turishibdi.
Shohmalik: A’lohazrat, janggoh bo‘ylab g‘alaba shodiyonalari yangramoqda! Kuch-qudratda Qamariddin va To‘xtamishdan qolishmayturg‘on dushmangiz Misr sultoni Faraj bugun mag‘lub etildi! Farzandingiz amirzoda Shohrux Mirzo xoin nabirangiz Sulton Husaynni asirga olib, o‘z chodirig‘a kelturdi, uning birla besh yuzga yaqin kishi taslim bo‘lishdi. Ulug‘ zafaringiz muborak bo‘lsin, Olampanoh!
Amir Temur: (Azobda) G‘alaba — ulug‘ zafar! Ammo men mag‘lubiyatda ham bunchalik aziyat chekmag‘on erdim. O‘z nabiram o‘z qo‘limda asir! Amir Shohmalik, u xoini mening huzurimga keltiring!
Shohmalik: Bosh ustiga! (Ta’zim qilib, chiqib ketadi).
Amir Temur: Yo, Olloh, o‘ylab o‘yimga yetolmaymen. Bu tushummi, yo o‘ngim? Mening azim saltanatimni egallash qasdida To‘xtamishdan ham xavfliroq yov o‘z qo‘ynimdan chiqsa-ya!? Asal berib parvarish qilg‘on jigarporam menga zahar tutsa-ya!?
Bibixonim: Assalomu alaykum, hazratim!
Amir Temur: Vaalaykum assalom! Bibijon, menga maslahat bering! Men og‘ir azobdamen!
Bibixonim: Tushunamen, Sohibqironim! Mening maslahatim ermas, iltijoim shuki, jigarporamiz ustidan g‘azab bilan ermas, mehr birlan hukm chiqarmoq zarur. Nabiramizga shafqat ko‘rguzing, hazratim!
Amir Temur: Yo‘q! Xoinga shafqat yo‘q!!! Men bu saltanatni ne-ne azoblarda bunyod etdim! Saltanatim yaxlitligini buzishga jur’at etg‘on kim bo‘lishidan qat’i nazar, mening dushmanimdur!
Bibixonim: Yaxshilab o‘ylang, Sohibqironim, yaxshilab o‘ylang, suraymen hazratim!
Amir Temur: Suyukli nabiram bugun Vatani, halqiga xiyonat qildi! Uni olib kiring!
Shohmalik: Bosh ustiga! (Olib kiradilar).
Amir Temur: Uh, nobakor mahluq! Misr Sultonining yaloqxo‘r iti!
Sulton Husayn: Bobojon, bobojon meni avf eting, tavbamga tayandim! Kechiring mendek beandishani!
Amir Temur: Qarshingda bobong emas, Turonzamin sultoni Amir Temur turibdi!
Sulton Husayn: (Tiz cho‘kib) O‘shal, o‘shal Turonzamin sultoni Hazrati Amir Temur Qo‘ragoniyga iltijo qilamen! Sevgi tufayli yo‘ldin adashg‘on men osiy bandasig‘a bir bora shafqat qilg‘aylar!
Amir Temur: Sevgi deysanmu?!!!
Sulton Husayn: Shunday bobojon! Men Turonzamin Vatanimni jondin ortiq sevamen, ha-ha, juda-juda sevamen!
Amir Temur: Sotqinda sevgi, muhabbat ne qilsin? Vatanni sevmoq iymondandur. Ona Vatanga sevgi bo‘lmag‘on murtadga sevgini kim qo‘yibdi, dajjol?!
Sulton Husayn: Dajjol?! Men dajjol ermasmen! Amirzodamen! Barcha farzandlaringizga alohida suyurg‘ol berib, yana bitta erkatoyingizga valiahdlikni in’om etib, men g‘aribni o‘ylamag‘oningizdin keyin men nechun o‘ylashim kerak erdi? Barcha narsadin quruq qolish kimga alam qilmaydi, deysiz?
Amir Temur: Men o‘g‘il va nabiralarning yoshiga qarab yoki nabiram bo‘lgani uchun emas, balki alarning xizmatig‘a qarab mulk beramen. Shunga ham aqling yetmadimu, ko‘rnamak! Ishqni el-yurt ishqidin ustun qo‘yg‘on sen nodonsen! Mo‘g‘ul zurriyotdin bo‘lg‘on To‘xtamishning jinoyati sening jinoyating oldida halvo bo‘lib qoldi-ku!
Abdujabbor: Avf eting, olampanoh! Nabirangizning qonidan keching! Sizga tarixdan yaxshi ma’lumki, halifa Yazid imom Husaynni qatl qilg‘oni uchun aning nomi necha asrlardan beri nafrat bilan tilga olinur!
Amir Temur: Qiyosingiz noo‘rin! Imom Husayn farishta kabi bir begunoh zot erdi! Biz ersa, hozir xoinga jazo berish haqida mashvarat etyapmiz. Shohmalik, Mirzo Sulton Husaynni o‘z navkarlari bilan qatl etish lozim ermasmu?!
Shohmalik: Sotqinning jazosi shuku-ya, olampanoh, Mirzo Sulton Husayn qilmishidan pushaymon. Uni avf eting!
Amir Temur: Shohruh Mirzo, sen ne deysan?
Shohruh: Qiblagoh, jiyanimni qatl etsangiz, marhuma opam Og‘abegimning ruhlari chirqillaydi-ku?!
Amir Temur: Sizlar guyo barchangiz kelishib olg‘ondek, bu xiyonatkorning gunohidin o‘tishga meni undamoqdasizlar!
Shohmalik: Olampanoh, Sizning naqadar oliyhimmat zot erkayeligingiz butun olamga ma’lum va mashhurdir! Axir Siz qancha g‘animlarni, hattoki, o‘z zoti oliyingizga su’iqasd uyushtirg‘on ko‘rnamaklarni avf etg‘on paytlaringiz bo‘lg‘on! Iltimos, unga imkon bering!
Amir Temur: Meni inontirdingizlar. Darhaqiqat, qariganimda ko‘limni o‘z nabiram qoniga bo‘yash menga munosib ermas. Aning ham, navkarlarning ham qonlarini o‘zlariga bag‘ishlagum. Xo‘sh, yashashni istaysenmu?
Sulton Husayn: Ha, ha istaymen yashashni, bobojon, istaymen!
Amir Temur: Shuncha gunohlardin keyin-a?
Sulton Husayn: Ha, qiblagohim, qilg‘on gunohlarimni yuvish uchun yashashni istaymen!
Amir Temur: Ammo bu hali butunlay jazodin soqit bo‘lding degan gap ermas. Barchaga saboq bo‘lishi uchun Mirzo Sulton Husayn va uning navkarlari butun lashkar oldida yerga yotqizilib, yigirma darradan urilsin!
Abdujabbor amir: Bu qanday bo‘larkin, olampanoh?! Navkarlar mayli – ya, ammo Mirzo Sulton Husayn amirzoda – ku?
Amir Temur: Mening lashkarimda intizom amirzoda uchun ham, oddiy navkar uchun ham birdur! Shuning uchun farmonim bekamu ko‘st ijro etilishini o‘zingiz nazorat qiling!
Sulton Husayn: Bobojon, valine’matim, lashkar oldida sharmanda qilmang meni!
Shohmalik va boshqalar: Bosh ustiga!
Mirzo Ulug‘bekning bog‘I sahna ko‘rinish
Ishtirokchilar:
Amir Temur
Muallif – murabbiyning tushuntirish va tavsilotlari
Mirzo Ulug‘bek – Amir Temurning nevarasi
Yoz kechasi. Yosh Mirzo Ulug‘bek subkli bobosining yonida, yumshoq o‘rindiqda pishillab uxlamoqda. Sohibqironning uyqusi kelmay nevarasining yuziga tikilgancha hayolga berilgan edi.
Amir Temur: Umrim jang-u jadallarda, yurt qayg‘usi yo‘lida o‘tmoqda. Yurt tinch, osoyishta bo‘lganda, men ham olim bo‘larmidim… Afsuski, mening yoshligim, yurtni chingiziylardan ozod etish yillariga to‘g‘ri keladi. Ulug‘bek ilm yo‘lidan ketsa, ming-ming rozi edim. Bizning avloddan ham ko‘plab olim-u fuzalolar chiqmog‘i kerak. Bu yurtdan Ahmad Farg‘oniy, Muso Xorazmiy, Ibn Sino, Imom Buxoriylar chiqqanlar va elimiy dovrug‘ini jahonga yoyganlar. Ulug‘bek ham alarning yo‘lidan borsa, elimiy sha’ni yana yuksak ko‘tarilgay.
Sohibqiron deraza yoniga borib yulduz to‘la qoramtir osmonga tikildi. Ulug‘bek uyg‘onib bobosining yoniga keladi.
Mirzo Ulug‘bek: Bobojon, nechun yarim tunda orom olmasdan, samoga ko‘z tikib o‘tiribsiz?
Amir Temur: Bu barchasi sizning yulduzlaringiz, mirzom. Men alarga tikilib, kelajagingiz haqida so‘zlashmoqdaman.
Mirzo Ulug‘bek: Alar neni bashorat qilurlar?
Amir Temur: Aytadurlarki, Ulug‘bek qilichdan ko‘ra kitobga ko‘proq mexr qo‘ygandir. Rostmi shu gap, mirzom?
Mirzo Ulug‘bek: Rost, buvajon, rost! Sizning yulduzlaringiz meni dunyoning narigi chetigacha hech bir yanglishtirmay olib borurlar. Mening yulduzlarim sizga zafar keltirgay, buvajon!
Sohibqiron suyukli nevarasining nimaga sha’ma qilayotganini darhol angladi. “Hindiston yurishi og‘ir bo‘lg‘ay, ammo biz u yerdan zafar ila qaytgaymiz”, deya ko‘nglidan o‘tkazibdi. Va Hindistonga borib qaytguncha, bir yil davomida hamisha Ulug‘bek haqida o‘yladi.
Nihoyat, 1399 –yilning 28-mart kuni Amudaryo ustiga solingan Solko‘priqdan o‘tarkan, nevarasini sog‘inib esladi. U o‘zini kutib olgani chiqqan saroy xonimlari-malakalar bilan xotirjan salomlashdi. Undagi bu sovuqqonlikni ko‘rganlar:
“Amirimiz ancha toliqibdilar”, degan hayolga borishdi. Ammo o‘zi tomonga chopib kelayotgan nevarasini ko‘rgan Sohibqironning xira ko‘zlari nurga to‘lib birdan charaqlaganini ko‘rishib gap nimada ekanligini darhol payqashdi.
Amir Temur: Siz ham keldingizu, mirzom? Men sizsha xat jo‘nagan edim, oldingizmu?
Mirzo Ulug‘bek: Assalomu alaykum bobojon, men sizni judayam sog‘indim, (Ulug‘bek bobosining bo‘ynidan kuchdi) Xatingizni oldim, bobojon, o‘qib hursand bo‘ldim.
Amir Temur: Siz ko‘p kitob o‘qiyotgan emishsiz?
Mirzo Ulug‘bek: Falakiyot ilmiga oid kitoblarni ko‘p yaxshi ko‘ramen, bobojon!
Amir Temur: Mirzo Ulug‘bek, qarang sizga nimalar keltirdim. Axir bugun tavallud kuningiz. Kumush, yoqut, marvaridlar-u oltinlar, sopli qilichlar, gurzilar, qimmatbaho buyumlar! Ko‘nglingizga nima yoqsa, o‘shani oling!
Mirzo Ulug‘bek: Rahmat bobojon, ammo men ularni nima qilaman? Mana shu xalqani tanladim.
Amir Temur: Tanlaganingiz shumi? Buning nimaligini bilasizmi? Bu narsa usturlob! U bilan osmonu-falakdagi yulduzlar holatini aniqlaydilar. Ulug‘bekka falakiyotshunos olim Mavlono Ahmad ustozlik qilsin! Suyukli nevaram Ulug‘bek barpo etadigan bu bog‘ ilm-u ma’rifat bog‘i, deb ataladi. Bu bog‘ning daraxtlari samarasi – mevalari kitoblardir, mevalari esa hikmatlar sanalg‘ay. Bir kun kelib men ham, sen ham bir hovuch tuprog‘ga aylanamiz, ammo Ulug‘bek yaratgan bog‘ abadiy yashnab turadi.
Mavzuga doir:
Amir Temur haqida eng sara she’rlar to‘plami
Sohibqiron Amir Temur haqida eng sara qo‘shiqlar to‘plami
Bobur haqida sahna ko‘rinishlari to‘plami
O‘xshash maqolalar: Alisher Navoiy haqida sahna ko‘rinishlari to‘plami Jadidlar haqida eng sara sahna ko‘rinishlari to‘plami Bobur haqida sahna ko‘rinishlari to‘plami Til haqida sahna ko‘rinishlari to‘plami Mustaqillik bayrami tadbirlari uchun sahna ko‘rinishlari to‘plami Onalar haqida sahna ko‘rinishi