Adibning mashaqqatli maktabi

Adibning mashaqqatli maktabi

Rus adiblari orasida: “Biz hammamiz Gogolning shinelidan chiqqanmiz”, degan ibora bor. Shu gapni “oʻzbekchalashtirsak”, oʻtgan asrning 60-yillarida adabiyotga kirib kelgan avlod shoirlari “biz Gʻafur Gʻulomning”, adiblar esa “biz Oybekning, Abdulla Qahhorning toʻnidan chiqqanmiz”, desa mubolagʻa boʻlmaydi.

Sabab, biz – urush va undan keyingi yillari maktabga borganlar Gʻafur Gʻulom sheʼrlari, Oybek romanlari, Abdulla Qahhor hikoyalari bilan “tanglayi koʻtarilgan” avlodmiz. U pallada Qodiriy, Choʻlpon, Fitrat degan ulugʻ ijodkorlar oʻtganini eshitgan boʻlsak-da, ularning bironta asarini oʻqigan emasdik.
Afsus, men Oybek domlaning suhbatida boʻlish baxtiga erisha olmaganman. Bunga oʻzim sababchi boʻlsam kerak. Negaki, biron marta bu ulugʻ adib eshigini taqillatib borishga jurʼat qilmaganman. Boshqa ustozim – Abdulla Qahhor esa bir qator tengqurlarim qatori mening ham ilk mashqlarimni oʻqib, xat yozgan va shu sabab Qahhor domla saboqlarini olish nasib etgan… Shunga qaramay, Oybek ishtirok etgan katta-kichik yigʻinlarda biz talabalar ham bir chekkada qisinib-qimtinib oʻtirganmiz. Oybek domla qatnashgan izdihomga allaqanday osoyishta, vazmin ruh kirgandek boʻlar, ustoz adib yirik-yirik koʻzlaridagi teran maʼno, ham viqorli, ham oʻta samimiy tuygʻu bu insonni ich-ichidan yoritib, nurlantirib turganga oʻxshar edi. Oybek oʻzining salobati bilan hammani “bosib turgan”dek boʻlar, ayni paytda uning butun qiyofasida boladek begʻuborlik ham barq urib turar edi…
Mana shu ulkan isteʼdod, tabiiylik va samimiylik adib asarlarida ham namoyon boʻladi. Zero, asar muallif qalbining koʻzgusi, yozuvchining “farzandi”.
Oybek ijodining yorqin qirralarini ham, adib bosib oʻtgan maktabning mashaqqatli va chalkash soʻqmoqlarini ham birgina “Qutlugʻ qon” romani misolida koʻrsa boʻladi. Aslida xavf-xatarga toʻliq bu maktab “saboqlari” Oybek domla tengqurlari boʻlmish ijodkorlarning hammasiga taalluqli. Bir naʼra tortsa, jahonni larzaga solishga qodir Gʻafur Gʻulom sheʼrlarida oʻqtin-oʻqtin “ulugʻ ogʻa”ning tarixiy xizmatlarini eslatib turishga majbur boʻlgani, Abdulla Qahhor eng tagdor, eng haqqoniy hikoyalarini ming bir qobiqqa oʻrab “edirish” yoʻlini izlagani bejiz emas. Zolim siyosat kechagina yoningda turgan el eʼtiqodini qozongan ijodkorlarni, haqiqiy xalq fidoyilarini “xalq dushmani” deb qirgʻin qilgan, oʻzinigina emas, bolalarini ham qamoqda chiritayotgan pallada ijod qilish qilich damida yurish bilan teng edi (mustaqillik yillarida ongi shakllangan avlod buni tasavvur ham qilolmaydi).
Mana shu doimiy xavotir koʻp yillar oʻzbek nasrining namunasi hisoblangan “Qutlugʻ qon” romanida ham sezilib turadi. Sinchiklab oʻqisangiz bu holatni anglashingiz qiyin emas. Asarning deyarli har sahifasida kambagʻal qarollar boylarning zolimligi, bu dunyoning adolatsizligi, oʻzining qorni chalaqursoqligi haqida shikoyat qiladi. Romandagi boylarning hammasi yomon: Mirzakarimboy – zolim, aldoqchi, Salimboyvachcha – qotil, Tantiboyvachcha – qimorboz, buzuq, uning otasi koʻchada zanglagan mix yotsa, tuflab uyiga tashiydigan mumsik… Oybekdek ulugʻ adib ham “Bu yozuvchi “sinfiylik pozitsiyasi”ni bilmaydi yoki bilsa ham ataylab buzib koʻrsatadi!” degan dahshatli aybnomaga yoʻliqmaslik uchun (demak, Stalin qamoqxonalarida suyagi chirimasligi uchun) aynan shunday tasvir vositalaridan foydalanishga majbur boʻlgan (ehtimol bugungi kitobxon buni bilmas, biroq hushyor oʻquvchi roman sahifalari qatida qanday vahimali “sirlar” yashirinib yotganini anglashi qiyin emas…).
Adib tabiat manzaralari – qahraton sovugʻi, saraton issigʻi, chechaklar rangi kabilar tasvirida yayrab-yashnab, emin-erkin qalam tebratadi. (Tabiat siyosatga boʻysunmaydi!) Shuningdek, oʻzbek udumlari – toʻylar, tortishmachoqlar, kuyov joʻralar boshidan un sepishlarni mahorat va ichki hayajon bilan tasvirlaydi…
Odatda, har qanday badiiy asar, ayniqsa, katta prozaik polotnoda kitobdagi odamlar qanchalik “tirik”, nechogʻli jonli boʻlishi juda muhim, aytish mumkin, hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Asar qahramoniga “jon ato etish” esa shunchaki, oson yumush emas. “Qutlugʻ qon”dagi eng tirik va shu tufayli uzoq esda qoladigan odamlardan biri – Yormat. U halol mehnati bilan roʻzgʻor qimirlatib turgan, oʻta sodda, bir qadar maqtanchoq, hovliqma odam. Asar boshida bir lavha bor. Yoʻlchi daladagi bedani oʻrishga kirishish oldidan Yormat unga bedazorni koʻrsatib, “Mana, bedam!” deb keriladi. Yoʻlchi beda yaxshi oʻsganini aytib, “Siznikimi?” deb soʻrasa, Yormat “Mirzakarimboy otasi”ning ostonasida oʻn olti yil ishlaganini, shu boisdan “seniki-meniki” degan gap yoʻqligini aytadi. Goʻyo boyning yarim davlati oʻzinikidek. Boyvachchalarning gapiga (ziyofatiga) bozordan horib-charchab qoʻy yetaklab kelganida kalla-pochaning bir ulushi oʻziga tegishidan xursand, boy toʻy qilsa, tartib saqlashga balogardon. (Goʻyo toʻy ham oʻzinikidek!) Oxir-oqibat koʻrgan karomati shu boʻladiki, koʻzining oqu qorasi Gulnorning oʻligi boynikidan chiqadi!.. Yormatning qariyb yigirma yillik mehnatiga olgan haqi esa Salimboyvachchaning islovotxonada bir kechada buzuq ayollarga sarflagan pulining yarmiga ham yetmaydi! Yormatning Gulnor oʻlimidan chekkan iztiroblari tabiiy va samimiy boʻlgani uchun ham oʻquvchini larzaga soladi…
Qizigʻi shundaki, romandagi eng jonli obrazlardan biri Nuri! U asarda koʻp koʻrinavermaydi. Biroq tirik odam sifatida kitobxonning xotirasida saqlanib qoladi. Negaki, uning xatti-harakatlari gʻoyat tabiiy. Nuri oʻn sakkizga chiqqan, sogʻlom, toʻq, boy oilada oʻsgan qiz. Uning junbushi, tuygʻulari jilovsiz. Albatta, u Yoʻlchini yaxshi koʻrmaydi. Ammo yosh, kelishgan yigitning quchogʻiga kirishni judayam xohlaydi. Bu yoʻlda ming xil bahonalarni oʻylab ham topadi. Nuri “ezuvchi” sinf vakili sifatida, salbiy obraz sifatida tasvirlangan. Biroq “salbiy”mi, “ijobiy”mi, u – tirik odam.
“Qutlugʻ qon”da yana bir bob bor. (Bitgagina, ixchamgina bob.) Unda Yoʻlchi tuhmat bilan qamoqqa tushgach, qamoqxonada Petrov degan inqilobchi “masterovoy” bilan tanishuvi tasvirlanadi, toʻgʻrirogʻi, bayon qilinadi. Petrov Yoʻlchini oʻzining “revolyusion ruhi va sevgisi bilan tarbiyalaydi” (romanda aynan shunday deyilgan). Qisqa vaqt ichida Petrov Yoʻlchining “ongini oʻstiradi”, umrida qoʻliga kitob-daftar olmagan yigitning savodini ham darrov chiqara qoladi. Ikkovlari qamoqdan qochishadi… Bayonning maʼnosi shu.
Tasavvur qiling: Oybekdek tajribali adib qamoq manzaralarini, u yerdagi muhit, temir eshiklar, insonligini unutayozgan ashaddiy jinoyatchilar, toʻnkamijoz soqchilarni aniq-ravshan tasvirlashi mumkinmidi? Qamoqdan qochib qutulish oson emas. Yozuvchi mana shu dramatik holatni yorqin boʻyoqlarda chizishi mumkinmidi? Albatta, mumkin edi! Va hatto kerak edi! Xoʻp, adib nega shunday qilmagan? Bu savolga kitobxon emas, yozuvchi sifatida javob berishim mumkin. (Agar adashsam, ustozning ruhi meni kechirsin!) Gap shundaki, asarni yaratish jarayonida bu bobni yozish niyati oʻzi boʻlmagan. Ehtimol romanning birinchi varianti (qoʻlyozma)da ham bu bob boʻlmagandir?! Soʻng kimdir yoki kimlardir romanda “ulugʻ rus xalqining mazlum xalqlar revolyusion ongini oʻstirib “odam qatoriga qoʻshishdagi” tarixiy rolini koʻrsatish lozimligi”ni “eslatib qoʻygan” yoki shunday qilmasa, “chatoq boʻlishi”ni anglatgan! Oybek domla oʻlganining kunidan “Bor-e, shuni qoʻshsam qutulamanmi senlardan!” deganu besh-olti varaqli shu axborotni qogʻozga tushirgan. “Siyosiy hushyor” munaqqidlar esa “Qutlugʻ qon”ning aynan mana shu joyini bayroq qilib koʻtarganlar! “Mana, sotsialistik realizm namunasi bunaqa boʻladi!” deb ayyuhannos solganlar. Donishmand Oybek esa indamay kulimsirab qoʻya qolgan. “Sotsialistik”mi, “nosotsialistik”mi, chinakam realizmni, hayot haqiqatining badiiy haqiqatga aylanishini romanning boshqa talay sahifalaridan topish mumkin.
Gulnor boʻynidan bogʻlangandek boʻlib Mirzakarimboyga erga tegadi. Boyga tegadi va yoshi yetmishni qoralagan choldan… homilador boʻladi! Mana shu – haqiqiy realizm! Isteʼdodi oʻrtacharoq yoki hayotni teran bilmaydigan yozuvchi boʻlsa, Mirzakarimboyning yosh qizga uylanishini yarim kalaka tarzida tasvirlab, sharti ketib, parti qolgan cholni “masxara” qilishi yoki Gulnorning boʻyida boʻlishini umuman oʻylab koʻrmasligi ham mumkin edi. Oybek esa bunday qilmaydi. Albatta, adib Gulnorning homilador boʻlishi uning oʻlimi uchun hukm ekanini, boyning oʻgʻil-qizlari, kuyov-kelinlari meros vasvasasi uchungina yosh “ona”dan qutulish yoʻlini izlashi muqarrarligini bilgan. Bu esa romandagi voqealar oqimining mantiqiy rivojiga xizmat qilgan. Ammo Gulnor boʻyida boʻlganini anglagan holatni shu qadar teran, psixologik aniq tasvirlagan, buni faqat katta sanʼatkorgina eplay oladi.
Gulnor tasodifan xizmatkorlar yashaydigan xonaga kirib qoladi va qoziqqa ilingan, chang bosgan eski doʻppiga koʻzi tushadi. Bu Yoʻlchining doʻppisi ekanini eslaydi va doʻppining changini qoqib, bagʻriga bosadi, koʻzlariga surtib oʻpadi… Haqiqiy ayol psixologiyasi! Biroq uning dardli onlari bu bilan tugamaydi. Mana, oʻsha holatning davomi:
“Tashqarida kaptarlarning “gʻu-gʻu”si, chumchuqlarning chirqillashidan boshqa tovush yoʻq… Gulnor birdan choʻchib ketdi: qornida bir nimaning sezilarli ravishda urganini tuydi… Darrov angladi: u homilador! Shu onda qaltiragan, oyoqlarida qitday kuch qolmagan kabi yerga yiqilayozdi… Koʻz oldi qorayib, borligʻini ogʻriq-alam siqib oldi… Boshida horgʻin, parishon fikrlar uchdi. “Baxtsiz bola! Tezgina dunyoga qadam qoʻyib, dadangning nabiralari, evaralari ketidan pildirab yugurmoqchimisan? Mana men – onang seni unutibman! Oʻz borligʻingni oʻzing bildirding. Mirzakarimboyning bolasi, uning evarasidan ham kichik bolasi!”
Ikkita oʻta dramatik holat – sevgan kishisini (qamoqqa tiqilgan Yoʻlchini) qoʻmsash va chol Mirzakarimdan bolali boʻlganini dafʼatan his etishni bir vaqtda tasvirlash tagida chuqur, juda chuqur maʼno yotadi. Bunday holatni aynan shu tarzda tasvirlash uchun yirik sanʼatkor boʻlish kerak.
Oybek domlaning tili sodda va jozibali, nihoyatda tabiiy. Romanni qayta oʻqishda bir narsaga eʼtibor berdim. Yozuvchi butun boshli asar davomida “va” degan bogʻlovchini, nari borsa, toʻrt yoki besh marta ishlatgan ekan. Shunda ham muallif tilidan. Asar personajlari esa gap orasida biron marta “va” demaydi. Juda zarur boʻlib qolsa “ham” degan bogʻlovchini ishlatadi. Nihoyatda tabiiy jarayon! “Va”ni arablar koʻp takrorlaydi. Oddiy oʻzbek esa (“oddiy” emas, “nooddiy”, yaʼni til bilimdoni ham) jonli suhbatda “va”ni deyarli ogʻziga olmaydi… Bu gʻalati holatga eʼtibor berganimning sababi asardagi odamlar tiliga ataylab yoki “shunchaki chiroyli boʻlsin”, deb “va”ni solib qoʻyish asarning tabiiyligini buzishini bilaman.
Bu – shunchaki yoʻl-yoʻlakay kuzatuv… Romanda bir qarashda oddiy, ammo kitobxon xotirasida muhrlanib qoladigan gʻalati epizodlar bor. Mana, shunday holat. Salimboyvachcha zahar solgan taomni ichgan Gulnor oʻlim bilan olishib yotibdi. Shunda shoʻrlik ona – Gulsumning esiga bir “dori” tushadi. U qayerdadir eshitgan. Zahar ichgan odamga qoʻy qumalogʻini suvga ezib ichirilsa, davo boʻlarkan! Gulsum zinalardan dumalab tushib ogʻilxonaga yuguradi va bir kaft qoʻy qiyini kosaga ezib Gulnor tomon oshiqadi…
Oʻlim toʻshagida yotgan farzandining joniga ora kirish uchun har narsaga tayyor ona holatini bundan teranroq tasvirlash qiyin.
Xullas, Oybek domla ijodini sinchiklab oʻrgangan kishi bu ulkan adib naqadar mashaqqatli ijod maktabini oʻtagani, dilidagi armonlarning koʻ-oʻ-oʻp qismini qogʻozga toʻkolmay hasratda ketganini, biroq zamona zaylining zugʻumlariga qaramay, kitoblarida qator-qator insonlarga “jon ato” qilganini, Qahhor domla iborasi bilan aytganda, oʻzbekning “adabiy oilasi”ni boyitishga katta ulush qoʻshganini tushunadi.
Oʻtkir Hoshimov

Manba: Saviya.uz


У русских писателей есть поговорка: «Мы все вышли из гоголевского кафтана». Не будет преувеличением сказать, что поэты поколения, вошедшего в литературу в 1960-е годы, говорили: «Мы произошли от Гафура Гулама», а писатели говорили: «Мы произошли от Ойбека и Абдуллы Каххора».

Причина в том, что мы поколение, которое ходило в школу во время войны и в последующие годы. Хотя мы слышали, что в то время ушли из жизни такие великие художники, как Кадыри, Чолпон и Фитрат, мы не читали ни одного их произведения.
К сожалению, мне не посчастливилось быть в разговоре с Ойбеком. Я должен быть причиной этого. Потому что я так и не осмелился постучать в дверь этого великого писателя. Другой мой учитель, Абдулла Каххор, вместе с рядом моих сверстников прочитал и написал мои первые упражнения, поэтому Каххор смог брать уроки для учителей. Словно в толпу, в которой присутствовал Ойбек, вошел спокойный, безмятежный дух, а глубокий смысл больших глаз учителя, одновременно достойных и очень искренних, как бы озарял и просвещал его. Ойбек как бы «поражал» всех своим величием, но в то же время весь его вид был таким же детским, как и его невинность.
Этот большой талант, естественность и искренность нашли свое отражение и в произведениях писателя. Ведь произведение – зеркало авторского сердца, «дитя» писателя.
И светлую сторону творчества Ойбека, и трудные и запутанные пути писательской школы можно увидеть на примере романа «Благословенная кровь». По сути, «уроки» этой опасной школы распространяются на всех сверстников Ойбека. Неслучайно Гафур Гулям, способный потрясти мир, был вынужден время от времени упоминать об исторических заслугах «великого брата» в своих стихах, а Абдулла Каххор искал способ «сделать» максимально правдивым истории в тысяче оболочек. Это было как ходить по лезвию меча (поколение, сформировавшееся в годы независимости, не могло этого представить).
Эта постоянная забота отражена и в романе «Кутлуг кан», который на протяжении многих лет является образцом узбекской прозы. Разобраться в этой ситуации несложно, если внимательно ее прочитать. Почти на каждой странице книги бедняки жалуются на тиранию богатых, несправедливость мира и лень своих желудков. Все богачи в романе плохие: Мирзакаримбой – тиран, обманщик, Салимбойвачча – убийца, Тантибойвачча – картежник, извращенец,uning Даже такой великий писатель, как Ойбек, отец которого не знает «классового положения» или умышленно искажает его, даже если и знает! (чтобы не знал сегодняшний читатель, но бдительному читателю нетрудно понять, какие страшные «тайны» скрыты на страницах романа).
Писатель свободно взмахивает пером в изображении природных пейзажей — лютого холода, жара рака, цвета цветов. (Природа политике не подвластна!) Также узбекские обычаи — свадьбы, ссоры, женихи — умело описывают посыпание головы мукой ва
В общем, любое произведение искусства, особенно большое прозаическое полотно, имеет решающее значение для того, насколько «живыми» являются люди в книге. Дать жизнь главному герою — непростая задача. Ёрмат — один из самых живых и запоминающихся людей в «Кутлуг Кане». Это был очень простой, надменный и заносчивый человек, зарабатывавший себе на жизнь честным трудом. В начале работы есть табличка. Прежде чем путник начал косить клевер в поле, Йормат показал ему клевер и сказал: «Вот клевер!» растягивается. Путешественник сказал, что люцерна хорошо растет, и спросил: «Это твоя?» Когда его спросили, Йормат сказал, что он работал на отца Мирзакаримбоя шестнадцать лет, поэтому не было такого понятия, как «твое — мое». Как будто половина состояния богатого принадлежит ему. По мнению богачей, когда с базара на рынок приходит уставшая овца, они рады получить долю головы, а если у богача свадьба, то он в состоянии поддерживать порядок. (Как будто свадьба его собственная!) В конце концов, чудо, которое он видит, состоит в том, что труп черноглазой Гульнары выходит из ее шеи! Горе Йормата по поводу смерти Гульнары шокирует, потому что оно естественно и искренне.
Интересно, что одним из самых ярких персонажей романа является Нури! Он мало появляется в пьесе. Но как живой человек он остается в памяти читателя. Потому что его поведение очень естественно. Нури восемнадцать лет, он вырос в здоровой, сытой, обеспеченной семье. Его эмоции необузданны. Конечно, ему не нравится Странник. Но ей очень хочется оказаться в объятиях молодого, красивого молодого человека. По пути он находит тысячу разных оправданий. Нури изображается как представитель «угнетающего» класса, как отрицательный образ. Но будь то «отрицательный» или «положительный», он живой человек.
В Кутлуг Кане есть еще одна глава. (Только краткая глава.)В тюрьме описывается, вернее, описывается знакомство Петрова с революционной «мастеровой». Петров воспитывает Путника своим «революционным духом и любовью» (как сказано в романе). За короткий срок Петров «поднимает сознание» Пассажира, и тут же начинает учить грамоте юношу, у которого ни разу в жизни не было книги. Они оба сбегают из тюрьмы… В этом смысл высказывания.
Представьте себе: может ли такой опытный писатель, как Ойбек, ясно описать тюремный пейзаж, атмосферу там, железные ворота, злобных преступников, забывших свою человечность, партизан-охранников? Побег из тюрьмы не так прост. Мог ли писатель раскрасить эту драматическую ситуацию в ярких красках? Конечно, это было возможно! И это было даже необходимо! Ну почему автор этого не сделал? Я могу ответить на этот вопрос как писатель, а не как читатель. (Простите меня, если я ошибаюсь!) Дело в том, что он не собирался писать эту главу при создании произведения. Может, в первом варианте романа (рукописи) этой главы не было?! Потом кто-то или кто-то в романе «напомнил», что великий русский народ должен сыграть историческую роль в «воспитании революционного сознания угнетенных народов» и «не в этом»! Со дня смерти учителя Ойбека: «Давай, я могу избавиться от тебя, если я добавлю это!» Он написал на бумаге пяти- или шестистраничную информацию. Именно это место «Крови Памяти» «политически бдительные» критики подняли как знамя! «Вот пример соцреализма!» — сказали айюханно. Мудрый Ойбек молча улыбнулся. Будь то «социалистический» или «несоциалистический», подлинный реализм, превращение реальности жизни в реальность художественную можно найти на многих других страницах романа.
Гулнор прикасается к Мирзакаримбою на земле, словно обвязав его шею. Она прикасается к мальчику и беременеет от старика, который проклял ее в возрасте семидесяти лет! Это настоящий реализм! Будь он в меру талантливым или неопытным писателем, он мог бы охарактеризовать женитьбу Мирзакаримбоя на молоденькой девушке как неполноценного, осмеянного старика, покинувшего партию, или даже подумать о беременности Гульнары. Ойбек так не делает. Конечно, писатель знал, что беременность Гульнары — приговор к ее смерти, и что сыновья и невестки богача неизбежно будут искать выхода от молодой «матери» только ради наследства. Это послужило логическому развитию течения событий в романе. Но изображение беременности Гульнарой было настолько глубоким и психологически ясным, что это под силу только большому художнику.
Гулнор случайно входит в гостиную для прислуги и видит старую пыльную доппию, свисающую с крючка. Он помнит, что это была доппия Пассажира и целовал пыльцу доппи на груди, тер глаза… Настоящая женская психология!Но на этом его болезненные моменты не заканчиваются. Вот продолжение той ситуации:
Снаружи доносились голуби и чириканье воробьев.Гулнор вдруг испугалась: она почувствовала, как что-то ударило ее в живот.Она сразу поняла, что беременна! В этот момент, дрожа, он упал на землю, как будто у него не осталось сил в ногах. «Несчастный мальчик! Хотите быстро шагнуть в мир и побегать за внуками и правнуками своего отца? Вот я — твоя мать тебя забыла! Вы заявили о своем существовании. Дитя Мирзакаримбоя, моложе своего внука!»
Есть глубокий, очень глубокий смысл в изображении двух очень драматических ситуаций — тоски по любимому человеку (Путешественнику) и внезапном ощущении рождения ребенка от старика Мирзакарима. Нужно быть великим художником, чтобы так изобразить эту ситуацию.
Язык Ойбека прост и привлекателен, очень естественен. Перечитывая роман, я заметил одну вещь. Союз «и» употреблен автором четыре или пять раз на протяжении всего произведения. Даже с языка автора. Персонажи никогда не говорят «и» между ними. Использует соединитель «также», когда это абсолютно необходимо. Невероятно естественный процесс! «Ва» часто повторяют арабы. Рядовые узбеки (не «обычные», а «необычные», т. е. лингвисты) едва ли могут произносить «и» в живом разговоре. Я знаю, что его постановка нарушает естественность произведения.
Это просто параллельное наблюдение. Вот случай. Гулнор, выпивший отравленную еду, умирает. Тогда Гульсум, бедная мать, вспоминает о «лекарстве». Он где-то это слышал. Если человека, выпившего яд, раздавить в овечьей воде и выпивать, то это будет лекарство! Гульсум скатывается по лестнице и бежит к амбару, сминает в миску горсть овец и бежит к Гульнору…
Трудно описать положение матери, готовой на все, чтобы вмешаться в жизнь умирающего ребенка.
Так, Ойбек, внимательно изучивший творчество учителя, сказал, что этот великий писатель прошел трудную школу творчества, что его огорчает то, что большая часть его мечтаний не написана на бумаге. понимает, что внес весомый вклад в обогащение узбекской «литературной семьи».
Откир Хошимов

Источник: Saviya.uz

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: