Abituriyentlar uchun milliy sertifikat qanday qo‘llanadi?

Abituriyentlar uchun milliy sertifikat qanday qo‘llanadi?

❓ Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat qanday qo‘llanadi? Milliy sertifikat uchun qancha ball beriladi?

✅ Eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga milliy sertifikat taqdim etiladi. Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fanidan quyidagicha ball beriladi:

    🔹 60 foizdan 86 foizgacha — proporsional ball;

    🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

👨🏻‍💻 Bunda abituriyent sertifikatdan mutaxassislik fani uchun foydalanish yoki foydalanmaslikni o‘zi tanlaydi:

👉 foydalanaman deb tanlansa — abituriyent ushbu fandan test sinovida ishtirok etmaydi va unga tegishli (maksimal yoki proporsional) ball beriladi;

👉 sertifikatdan foydalanish rad etilsa — sertifikatdagi ball inobatga olinmaydi va abituriyent ushbu fandan test sinovida ishtirok etadi.

📌 Sertifikatdan foydalanishni tasdiqlash yoki rad etish faqatgina mutaxassislik fanlari uchun tegishli. Buni majburiy fanga hech qanday ta’siri yo‘q.

❇️ Abituriyentda majburiy fanlardan biri bo‘yicha sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikatdagi foizidan va undan foydalanishni tasdiqlagani yoki rad etganidan qat’iy nazar unga ushbu majburiy fandan maksimal ball beriladi.

Mavzuga doir:
Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish to‘lovi qancha?

Barcha fanlardan milliy sertifikat namunaviy test savollari javobi bilan

Milliy sertifikat kimga qanday imtiyoz beradi?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: