DTM “Abituriyent ruxsatnomasi”ni qachon olish mumkinligini izohlab berdi.
Ma’lumki, abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi” taqdim etiladi.
🔖 Unda abituriyentning shaxsiy ma’lumotlari bilan birga, test topshirish hududi, test topshiriladigan sana va vaqt, test o‘tkaziladigan bino, test topshirish smenasi va guruh raqami kabi bir qator ma’lumotlar aks etgan bo‘ladi.
❕ Ruxsatnomani shakllantirish va abituriyentlarga yetkazish uchun test sinovlarini o‘tkazish muddatlari belgilangan bo‘lishi kerak.
📅 Eslatish joizki, yurtimizda karantin cheklovlari davom etayotganligi sababli, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish test sinovlarini o‘tkazishning aniq muddatlari hali belgilanmadi.
✅ Test sinovlarini o‘tkazish muddatlari yurtimizdagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
👨🏻💻 Test sinovlarini o‘tkazish muddatlari belgilangach, “Abituriyent ruxsatnomasi” shakllantiriladi va abituriyentlar Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (abitur.dtm.uz) orqali ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.
📣 Test sinovlarini o‘tkazish muddatlari belgilanganda, Davlat test markazining rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi.
Nogironligi bulganlar qachon bilsa buladi hujjat nechta topshirganini