Maktablarda 2023/2024-o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi.
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2-sentabr — shanba qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilanganligi sababli 1-3-sentabr barcha uchun dam olish kunlari sanaladi.
❗️ Shu munosabat bilan respublikamizdagi barcha maktablarda yangi — 2023/2024-o‘quv yili dars jarayonlari 2023-yil 4-sentabrdan (dushanba kuni) boshlanishini maʼlum qilamiz, — deya xabar bermoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.
Eslatib o‘taman, birinchi qo‘ng‘iroq tadbirlarini ishlab chiqish uchun tavsiyalar va senariylar, shuningdek, mustaqillik dars ishlanmasini mana bu sahifada yuklab olishingiz mumkin.
Mavzuga doir:
Maktablarda Mustaqillik darslari qay tartibda o‘tkaziladi?