2020-2021 DTM test natijalarini bilish uchun videoyo’riqnoma

2020-2021 DTM test natijalarini bilish uchun videoyo’riqnoma
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

Abituriyentlar diqqatiga: test natijasini bilishning juda sodda usuli haqida

Huquqshunos va bloger Xushnudbek xudoyberdiyev test natijalarni qanday qilib bilish bo’yicha video tayyorladi. Uni biz ham e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

«ABITURIYENT RUXSATNOMASI»ning pastki o‘ng burchagida «Natijani ko’rish uchun havola» degan yozuv ostida QR-kod bor.

O‘shaning rasmini Telegramdagi @QRcodegen_bot botga yuboring, o‘sha zahoti olgan balingizni ko‘rsatib beradi.

Yoki mana bu botlar:

@QRCodeRoBot
@CodeScanBot

Yuqoridagi videoda batafsil tushuntirilgan.

Yoki mana bu sahifada aytilgan usuldan foydalanib ko‘rishingiz mumkin.

Iltimos, hurmatli abituriyentlar! Test natijangizni bilib berish uchun shaxsiy kabinetingizning login yoki parolini, abituriyent ruxsatnomasidagi shaxsiy ma’lumotlar ko‘rsatilgan qismini begona shaxslarga yubormang! Shaxsiy ma’lumotlaringiz o‘zgalarning qo‘liga tushsa, ertaga turli g‘araz maqsadlarda foydalanishlari mumkin. Aldanib qolmang!!!

O‘zingiz ham bemalol natijani tekshirishingiz mumkin, bu Tik-Tokda video olish yoki Instagramga rasm joylashdan ham juda oson ish. Faqat ooooozgina harakat qilsangiz bo‘ldi.

Sizga omad tilayman!

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikrlar: 17
  1. salamat

    mandat.dtm.uz sayti ishga tushsa yaqshi bolardi bizni va raqiblarimizni ham ballari korar edik huddi oldingi yildek men sizlarga shuni taklif qilaman

    1. ХОЛМУРОДОВ ХУРШИД ОЛИМЖОН УГЛИ

      Qachon ishga tushadi biror martta ishlatib kurdizmi

  2. Yoʻldoshaliyev Doniyorbek

    Assalomu alaykum. Natijani bilishni boshqa yoʻli yoʻqmi?

    1. Baxtiyor Roziq (author)

      Natijani faqat shaxsiy kabinet orqali bilish mumkin. Qandaydir pullik ko’rinishdagi (SMS, Click va b.) xizmatlar bo’lsa hozircha eshitmadim

  3. Baxtiyorova gulzoda

    :idea:

    1. abduqodir

      natijani bilish kerak lekin aniq maklumot kerak nechanchi urinda kirganini bilish uchun

  4. Azamatov Ayubxon

    Salom. Internetda qanday poisk beray abituriyent shaxsiy kobinet debmi???? :o

    1. Baxtiyor Roziq (author)

      abitur.dtm.uz orqali kirasiz kabinetga

  5. Davronov Muxlis

    O’qishga kirgan yoki kirmaganini qanday bilsa bo’ladi. Ya’ni talabalikka qabul qilindingiz yoki yo’q degan javobni qanday ko’rish mumkin.

    1. Baxtiyor Roziq (author)

      Yakuniy natijalar 24-sentabr barcha test jarayonlari tugaganda e’lon qilinishi rejalashtirilyapti

  6. Ziyodulla Sharifjon oʻgʻli

    Ruxsatnomasi yoʻq abituriyentlar nima qilsa boladi.Meni yoʻnalishim jismoniy tarbiya edi

    1. Baxtiyor Roziq (author)

      Ushbu sahifada kimlarga ruxsatnoma berilmasligi tushuntirilgan. Agar faqat ijodiy imtihon topshiriladigan yo’nalish bo’lsa o’zi tanlagan OTMga murojaat qilishi kerak deyilgan.

  7. ReN

    oqishga kirgan kirmaganini qachon bilsa boladi yokida kim orqali :?:

  8. Shirin

    Assalom hammaga men jismoniy tarbiyaga topshrdim ballimni shaxsiy kabinetda ko‘rsatmayabdi iltimos qanaqa qilib bilshni tushuntrib yuborila

  9. Javohirbek To‘xtayev

    Assalomu aleykum mandat.dtm.uz ishlamayapti ballar bo‘yich o‘rinlar qachon chiqishi ma‘lummi :smile: :smile:

    1. Baxtiyor Roziq (author)

      24-sentabrda e’lon qilishadiganga o’xshaydi

  10. Sanjar

    Mana bugun 24.09.2020 xali ham natijalar chiqmagan nima Sabab mandat.dtm.uz sayti ishlamayapti umuman!!!!!!

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: