Abituriyent ruxsatnomasi kimlarga berilmaydi

Abituriyent ruxsatnomasi kimlarga berilmaydi

Ma’lumki, 22-avgustdan abituriyentlarga test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

Mazkur ruxsatnoma kimlarga berilmasligini DTM rasmiylari shunday izohladi:

Test sinovlarisiz to‘liq kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga (ular o‘zlari tanlagan oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishlari kerak);

Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, lekin test sinovlari uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga;

Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, lekin keyinchalik tizimdan akkauntini o‘chirgan abituriyentlarga;

Tegishli tartibda ta’lim yo‘nalishlarini tanlab ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolarga (ayrim abituriyentlar tizimga kirib, pasport ma’lumotlarini kiritgan, lekin ta’lim yo‘nalishlarini tanlab ro‘yxatdan o‘tmagan);

Test sinovlarisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri talabalikka tavsiya etiladigan imtiyozga ega abituriyentlarga (masalan, harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilarning farzandlari).

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga fuqarolik pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Fuqarolik pasporti bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.


Как известно, с 22 августа абитуриентам будет выдаваться «Допуск» к участию в тестировании.

Чиновники DTM объяснили, кому не выдадут разрешение:

Абитуриенты, зарегистрировавшиеся на полный профессиональный (творческий) экзамен без зачета (должны поступать в выбранный ими вуз);

Абитуриенты, прошедшие регистрацию в установленном порядке, но не оплатившие тестирование;

Заявители, которые должным образом зарегистрировались, но впоследствии удалили свою учетную запись из системы;

Для граждан, не зарегистрированных путем выбора соответствующего направления обучения (некоторые абитуриенты вошли в систему и ввели паспортные данные, но не прошли регистрацию, выбрав направление обучения);

Кандидаты, не сдавшие тест и имеющие право на прямые студенческие пособия (например, дети военнослужащих, которые погибли или стали инвалидами во время прохождения военной службы).

Обращаем ваше внимание, что абитуриенты должны прийти на тестирование с паспортом и пропуском абитуриента.

При отсутствии паспорта разрешение заявителя не считается действительным.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: