14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni tarixi haqida

14-yanvar vatan himoyachilari kuni

Nega aynan 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlashini bilarmidingiz? Tafsilotlarni o‘qing.

14 yanvar O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi. Bayram sanasi O‘zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tarixidagi quyidagi eng muhim voqealar bilan bog‘liqdir: 1991 yilning 31 avgust kuni «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Ushbu muhim hujjat yosh respublikamizga o‘zining harbiy siyosatini yuritish huquqini berdi. Shu kuni e’lon qilingan «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida»gi bayonot esa milliy qurolli Kuchlarimizni tashkil etish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. 1991 yil 6 sentyabrdagi «Mudofaa ishlari vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni sohaning ilk poydevori sanaladi. 1992 yil 3 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi. 1992 yilning 14 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O‘zbekiston Respublikasi xududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘g‘risida»gi qarori juda muhim tarixiy ahamiyatga egadir. Mazkur qarorga ko‘ra davlatimiz hududidagi harbiy tuzilmalar respublika tasarrufiga olindi. 1993 yil 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan «14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni» deb belgilandi. Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o‘z burchini o‘tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan. Ushbu bayram munosabati bilan har yili tantanali tadbirlar o‘tkaziladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondonining Vatan himoyachilariga yo‘llagan tabrigi chop etilib, unda qurolli Kuchlar oldida turgan eng dolzarb vazifalar belgilab beriladi. Ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi. Institut jamoasi nomidan barcha Vatan himoyachilarini ushbu muborak bayram bilan tabriklaymiz hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog‘liq-salomatlik tilab qolamiz. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to‘liq bo‘lsin. Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo‘lishi uchun har doimgidek o‘z kuch-g‘ayratingizni ayamang! Barchani Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz! Bayramingiz muborak. azizlar!!!
Saytimizdan ushbu sana bilan bog‘liq senariylar, she’rlar va qo‘shiqlar to‘plamini topishingiz mumkin.


А вы знали, почему 14 января отмечается День защитника Отечества? Читайте подробности.

14 января отмечается как День защитников Отечества и День Вооруженных Сил Республики Узбекистан. Дата праздника связана со следующими важными событиями в истории Вооруженных Сил Республики Узбекистан: 31 августа 1991 года принят Закон Республики Узбекистан «Об основах государственной независимости Республики Узбекистан». «был принят. Этот важный документ дал право нашей молодой республике проводить собственную военную политику. Изданное в тот же день заявление «О государственной независимости Республики Узбекистан» послужило правовой основой для создания наших национальных вооруженных сил. Указ Президента Республики Узбекистан от 6 сентября 1991 года «О создании Министерства обороны» является первой основой отрасли. 3 июля 1992 года в соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан Министерство обороны Республики Узбекистан было преобразовано в Министерство обороны Республики Узбекистан. Большое историческое значение имеет Постановление Верховного Совета Республики Узбекистан от 14 января 1992 года «О воинских частях и военно-учебных заведениях, находящихся на территории Республики Узбекистан». Согласно этому решению, военные структуры на территории нашего государства были переданы республике. 29 декабря 1993 года постановлением Верховного Совета Республики Узбекистан установлен «14 января – День защитника Отечества». День защитника Отечества считается праздником не только военнослужащих, но и наших соотечественников, вернувшихся с военной службы, и тысяч юношей, которым завтра предстоит служить. Ежегодно по случаю этого праздника проводятся торжества, издается поздравительное послание Президента Республики Узбекистан, Верховного Главнокомандующего Вооружёнными Силами защитникам Родины, в котором обозначены наиболее актуальные задачи, стоящие перед Вооруженные Силы. Наша Родина всегда гордилась своими отважными и мужественными юношами. Наши юноши считали своих родителей и семью, землю страны, где они живут, священными и считали своим долгом быть всегда готовыми к защите Родины. Празднование этого праздника символизирует безграничное уважение нашего народа к своей национальной армии и гордость за альпийскую молодежь. От имени коллектива института поздравляем всех защитников Родины с этим светлым праздником и желаем им семейного мира, здоровья и благополучия. Пусть твоя жизнь всегда будет полна славы и триумфа. Не жалейте сил, как всегда, чтобы небо нашей страны было ясным! Поздравляем с Днем защитника Отечества! Хорошего праздника. святые!!!
На нашем сайте вы можете найти сборник сценариев, стихов и песен, связанных с этой датой.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Аноним

    :twisted: :smile: :x :x :grin: :cry: :arrow: :???: :roll: :roll: :roll: :roll: :roll: :roll: :roll: :roll:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: