Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali kirish ballari 2023-2024

2023-2024 o‘quv yili uchun Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali kirish ballari o‘tish ballari va qabul kvotasi haqida ma’lumotlar

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali kirish ballari qabul kvotalari, o‘tish ballari bilan tanishing. 2023-2024 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali kunduzgi va sirtqi ta’lim kirish ballari va qabul kvotalari haqida ma’lumot.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali haqida

Оʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish tоʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali qisqa vaqt ichida axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan yetakchi oliy оʻquv yurtlaridan biriga aylandi. Bugungi kunda mazkur oliy оʻquv muassasasida “Axborot xavfsizligi”, “Kompyuter injiniringi”, “Dasturiy injiniring”, “Telekommunikatsiya texnologiyalari” hamda “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi” yоʻnalishlari bоʻyicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Mazkur ta’lim yоʻnalishlarida 1300 ga yaqin talaba-yoshlar tahsil olib, ularga 78 nafar, shu jumladan, 18 nafar ilmiy darajaga ega malakali professor-оʻqituvchilar saboq berib kelmoqda. Оʻquv jarayoniga ilgʻor xalqaro tajribani keng joriy etish hamda universitetni jahonning nufuzli universitetlari qatoriga kirishini ta’minlash maqsadida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bоʻyicha оʻqitishning kredit tizimi joriy etilgan bоʻlib, professor-оʻqituvchilarni yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va olimlarni jalb etish ishlari keng yоʻlga qоʻyilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uchun xalqaro standartlarga mos dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tibbiyot sohasida keng qоʻllash bоʻyicha xalqaro ish tajribalarni оʻrganish maqsadida, “Dasturchilarni tayyorlash”, “Elektron hukumat” markazlari hamda Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida “Tibbiyotda texnik reabilitatsiya” ilmiy laboratoriyasi faoliyat yuritmoqda. Mazkur oliy оʻquv yurtining Novosibirsk davlat texnika universiteti, Moskva texnika aloqa va informatika universiteti, Rossiya Akademiyasi Sibir bоʻlimi hisoblash texnologiyasi instituti, Belarus davlat informatika va radio elektronika universiteti hamda Tojikiston milliy universiteti bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalari keng yоʻlga qоʻyilgan.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali kirish ballari Kunduzgi ta’lim o‘zbek tili

Yo’nalish Qabul rejasi O’tish bali
Shifri Yo’nalish Davlat granti To’lov shartnoma Davlat granti To’lov shartnoma Olimpiada / Sport g`oliblari soni
60310501 Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 10 15 129.8 87.6 0
60610503 Kompyuter injiniringi: “Kompyuter injiniringi” 35 65 108.9 81 0
60610504 Kompyuter injiniringi: AT-Servis 20 30 103.9 79.7 0
60610600 Dasturiy injiniring 20 50 124.8 83.8 0
60611002 Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”, «Teleradioeshittirish», «Mobil tizimlar») 20 50 96.9 68.2 0
60611300 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi 20 30 97.8 77.7 0
60611400 Pochta aloqa texnologiyasi 10 15 84.7 70.6 0

 

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali kirish ballari sirtqi ta’lim o‘zbek tili

Yo’nalish Qabul rejasi O’tish bali
Shifri Yo’nalish Davlat granti To’lov shartnoma Davlat granti To’lov shartnoma Olimpiada / Sport g`oliblari soni
60610503 Kompyuter injiniringi: “Kompyuter injiniringi” 0 100 0 72.2 0
60611001 Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”) 0 100 0 66.4 0

 
Mazkur ma’lumotlar O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (avvalgi DTM davlat test markazi) saytining «Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha o‘tish ballari» sahifasidan olindi.

Mavzuga doir:
Qashqadaryo viloyatidagi universitetlar kirish ballari 2023-2024

Kirish ballari 2024: Barcha OTMlar uchun o‘tish ballari

Barcha fanlardan tavsiya etilgan darsliklar 2024-2025

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: