O‘qituvchilarga turli xil qo‘shimcha to‘garak yuklatilishi qonuniymi?

Ayrim o‘qituvchilar sertifikatlari soxta bo‘lsa barcha pedagoglar ustamalari to‘xtatiladimiO‘qituvchilarga turli xil qo‘shimcha to‘garak yuklatilishi qonuniymi?

Pedagog xodimlarga turli xil to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tasiz deb qo‘shimcha vazifa yuklab qo‘yilishi qonuniymi?

Savol: Assalomu alaykum. Nima uchun maktablarda to‘garaklar soni ko‘payib ketyapti? Aslida biz o‘z fanimiz bo‘yicha to‘garak o‘tishimiz kerak edi. Endi hokimlikdan topshiriq bo‘lib, maktablarda kundan-kunga turli xil to‘garaklar joriy qilinyapti. Bu kabi qo‘shimcha to‘garaklar uchun alohida oylik to‘lanishi kerak emasmi?

Savolga Ulug’bek Po’latov quyidagicha javob berdi: Xalq ta’limi vazirining 2017 yil 1 dekabrdagi 367-son buyrug‘ining 2-bandiga ko‘ra barcha fan o‘qituvchilari tomonidan (pedagogik yuklamasiga muvofiq o‘quvchilar bilan individual ishlash hisobidan) hafatasiga 2 marotaba 2 soatdan fan to‘garaklari o‘tilishi yetarlidir.

O‘qituvchilarning lavozim majburiyatlarida o‘quvchilarning qobiliyat va iste’dodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni o‘zlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash maqsadida o‘z fani bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tishi lozimligi qayd etilgan.

❕Ammo bu maktabda qancha to‘garak tashkil qilinsa, bularni hammasini o‘qituvchiga yuklash kerak degani emas. Amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, o‘qituvchilarning pedagogik yuklamalari belgilangan hajmdan ortib ketmasligi kerak.

Afsuski, bizning mas’ullar masalaning mana shu jixatiga e’tibor bermay, maktablarda turli xil to‘garaklar sonini ko‘paytirib yuborishyapti. Qonunchilikka ko‘ra, ish hajmi ko‘payganda xodimning ish haqi ham shunga mutanosib ravishda ortib borishi kerak. Bu ham ularning roziligi bilan amalaga oshirilishi kerak albatta.

Shu sababli xodimga qo‘shimcha vazifalar yuklatilganda ular bajargan ish uchun qo‘shimcha ish haqi to‘lanishi kerak deb hisoblaymiz. Mazkur masala bo‘yicha qonuniy asoslangan fikrlarni keyingi postlarimizda baafsil tushuntirib o‘tamiz.

Mavzuga doir:
1-11-sinf Barcha fanlardan to‘garak hujjatlari konspekt to‘liq

Ta’til vaqti o‘quvchilarga to‘garak mashg‘ulotlari o‘tilishi kerakmi?

Maktab sport zalida pullik to‘garak ochsa bo‘ladimi?

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: