UYDA QOLING!

Onlayn maktab loyihasi ishtirokchilari munosib taqdirlandi

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga koʻra loyiha ishtirokchilarining sogʻligʻi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida tasvirga olish ishlari Toshkentdagi Prezident maktabi binosiga koʻchirildi va joriy yilning 22-aprel kunidan 8-may kuniga qadar mazkur maktabda loyiha doirasida 1646 ta televizion darslar tasvirga olindi.

Online-maktab loyihasi doirasida jami 3900 dan ziyod videodarslar olindi, uchta telekanal va internet tarmogʻi orqali namoyish etildi.
Maktabda 4 ta zamonaviy studiya tashkil qilinib, tasvirga olish jarayonini sifatli olib borish uchun zarur texnika asbob-uskunalari bilan jihozlandi.
Oʻqituvchilar onlayn darslarga puxta tayyorgarlik koʻrishlari uchun zamonaviy kompyuter va elektron doskalar bilan jihozlangan alohida xonalar ajratilib, yetarli oʻquv-qurollari hamda yuqori internet tezligiga ega WI-FI bilan taʼminlandi.
Shuningdek, loyiha ishtirokchilarining ishdan boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida psixologik trening va sport musobaqalari tashkil etildi.
Online-maktab loyihasi yakuniga bagʻishlangan tadbir Toshkentdagi Prezident maktabi binosida tantanali tashkil etildi. Tadbirda Xalq taʼlimi vaziri Sh.X.Shermatov, XDP raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari U.Inoyatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Vorisova, Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablar Agentligi direktori S.Boboxodjayev esdalik sovgʻalar bilan ishtirok etdi.
Xalq taʼlimi vaziri Sh.X.Shermatov Online-maktab loyihasi MDH davlatlari doirasida Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib tashkil qilingani, bu tashabbusga Jahon Banki va boshqa tashkilotlar tomonidan yuqori baho berilgani toʻgʻrisida alohida taʼkidladi.Loyihani amalga oshirishda hamjihatlikda faoliyat olib borgan tashabbuskor oʻqituvchilarga minnatdorchilik bildirdi.Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari U.Inoyatov, Oliy Majlis deputati M.Vorisova loyihada ishtirok etgan oʻqituvchilarning pandemiya sharoitida taʼlimning uzluksizligini taʼminlashda koʻrsatgan fidoyiliklarini haqiqiy qahramonlik, deya eʼtirof etdi. Oʻqituvchilarning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.
Xalq taʼlimi vaziri Sh.X.Shermatov tomonidan loyihaning 2-bosqichida faol ishtirok etgan tashabbuskor va ijodkor oʻqituvchilarning 13 nafari “Xalq taʼlimi fidoyisi”, 31 nafari “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni, 92 nafar fidoyi oʻqituvchi, shuningdek OʻzMTRKxodimlarifaxriy yorliq va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Manba: Uzedu.uz

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: