O’quvchilarning oltin va kumush medali OTMga imtiyoz beradimi?

Iqtidorli o'quvchilarning oltin va kumush medali

Iqtidorli maktab o’quvchilariga beriladigan oltin va kumush medallar oliy ta’lim
muassasalariga kirish uchun imtiyoz beradimi?

Maktablarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlanishi oliy
o’quv yurtiga kirishida imtiyoz taqdim etmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 fevraldagi 154-sonli qarori
asosida tasdiqlangan “Umumiy o’rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli
bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi to’g’risida”gi nizomda oltin
va kumush medallar bilan taqdirlangan o’quvchilarga imtiyozlar berilishi ko’zda tutilmagan.

Shu o’rinda ta’kidlash joizki, oltin va kumush medallar a’lo baholarda o’qigan o’quvchilarga
berilishini inobatga olsak, kirish imtihonlarida imtiyozli ballar berilmasada, o’quvchilar o’z
bilimini ko’rsata olishi lozim. Qolaversa, oliy o’quv yurtiga kirish uchun talabgor yoshlarga teng
imkoniyatlar taqdim etilishi maqsadga muvofiq.

Bundan ko’zlangan maqsad o’quvchilarni ta’lim olishga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular
o’rtasida sog’lom raqobatni shakllantirish, korruptsion holatlarning oldini olish va iqtidorli
o’quvchilar bilimini rag’batlantirishdan iborat.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: