Kollej va texnikumlar mandat 2022 e’lon qilindi

Kollej va texnikumlar mandat 2022 e’lon qilindi

Xabaringiz bor, Davlat test markazi tomonidan 3-7 oktyabr kunlari 2022/2023 o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar)ga kirish test sinovlari o‘tkazilgandi. Bugun mazkur test natijalari e’lon qilindi.

“Bugun, 15 oktyabr kuni mazkur test sinovining yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi. Talabgorlar tanlov natijalarini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin”, — deyiladi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) ikki kun davomida professional ta’lim muassasasida tashkil etilgan apellasiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellasiya shikoyatini berish huquqiga ega. Bunda apellasiya shikoyati qabul qilinganligi to‘g‘risida abituriyentga xabarnoma beriladi.
Apellasiya shikoyatini bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda o‘zining pasporti (tug‘ilganlik haqida guvohnoma) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.
Apellasiya shikoyati ikki ish kunida apellasiya komissiyasi tomonidan abituriyentning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.
Ma’lumot uchun, test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkazilgan. Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratilgan.

Mavzuga doir:
Kollej va texnikum imtihon natijalari 2022 e’lon qilindi

Texnikumlarda sirtqi hamda kechki ta’lim shaklida o‘qish mumkin

Dxx akademiyasiga ro‘yxatga olish 2023 boshlandi


Как известно, Государственный центр тестирования провел вступительные испытания на 2022/2023 учебный год (колледжи и техникумы) с 3 по 7 октября. Результаты этого теста были объявлены сегодня.

«Сегодня, 15 октября, были объявлены окончательные результаты отбора по этому тесту. С результатами конкурса абитуриенты могут ознакомиться из личного кабинета через сайт my.dtm.uz», — сообщили в пресс-службе Министерства высшего и среднего специального образования.
Отмечается, что абитуриент или его родители либо лица, их заменяющие (опекуны), недовольные результатами испытаний, вправе в двухдневный срок подать письменное или электронное обращение в апелляционную комиссию, созданную в профессиональном образовательном учреждении. В этом случае заявитель будет уведомлен о принятии обращения.
Заявитель, подавший апелляцию, должен явиться со своим паспортом (свидетельством о рождении) и разрешением заявителя в день, указанный в уведомлении.
Апелляция будет рассмотрена апелляционной комиссией в течение двух рабочих дней на основании письменных ответов заявителя.
Для сведения, тестирование проводилось по 2 предметам, соответствующим профессии и специальности, и 3 предметам (родной язык, математика, история Узбекистана), обязательным для всех испытуемых. В нем абитуриентам дается всего 90 тестовых заданий, 30 по профильным предметам и 10 по обязательным предметам, и на работу над ними отводится 3 часа.

Предмет:
Объявлены результаты экзаменов в колледжи и техникумы 2022 года

Возможно обучение в техникумах в форме заочной и вечерней формы обучения

Началась регистрация на Dxx Academy 2023

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: