Bugun talabalar o‘qishini ko‘chirishga oid arizalar qabul qilishning so‘nggi kuni.
O‘qishini xorijdagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi davlat va nodavlat oliygohlardan boshqa bir davlat OTMga ko‘chirmoqchi bo‘layotganlar arizalarni bugun, 5 avgust soat 23:59 ga qadar topshirishlari kerak.
Bunda arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali qabul qilinadi:
➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;
➡️ my.dtm.uz — xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan.