Barcha o‘zbek ismlari ma’nosi 1 maqolada. Ba’zilar buning uchun sayt ochmoqda. Shunchaki xohlagan ismga bosing va ma’nosini bilib oling.
Eslatib o‘taman, saytimizda qizlar ismiga she’rlar ham berilgan. She’rlarni o‘qish uchun ushbu sahifaga o‘tishingiz mumkin: Qizlar ismiga she’rlar
FARZANDga ism qo‘yish ota-onalar uchun eng ma’suliyatli ishlardan biri desak mubolag‘a bo‘lmas. Ota-onaning farzandi oldidagi birinchi burchi ham axir shundan iboratku. Shunday ekan yangi tug‘ilgan mo‘jazgina chaqaloqchamizga nima deb ism qo‘yishda ba’zan kattalardan maslahat so‘rasak, ba’zan yaqin tanishlarimizning, o‘zimiz yoqtirgan insonlarning ismini eslaymiz. Ba’zi ota-onalar farzandlariga ismni turli xil marosimlar, hodisa-voqealar, sifatlar, va hattoki siyosiy holatlarga ham atab qo‘yadilar. Qanday ism qo‘yilganda ham bu ism FARZANDingizning kelajakdagi xulq-atvoriga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Shu sababli unga chiroyli va munosib nom bering. Biz esa Sizga bu borada ko‘maklashamiz. Quyida alifbo tartibida keltirilgan ismlar ro‘yxati va ularning ma’nosi bilan tanishib, balki o‘zingizga yoqqan ismni toparsiz.
- A harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
- B harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
- D harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
- E harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
- F harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
- G harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
- H harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
- I harfi bilan boshlanadigan ismlar ma’nosi
- J harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
- K harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
- L harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
- M harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
- N harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
- O harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
- P harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
- Q harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
- R harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
- S harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
- T harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
- U harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
- V harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
- X harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
- Y harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
- Z harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
- O‘ harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
- G‘ harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
- Sh harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
- Ch harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
A harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
ABBOS (arabcha)- qovog‘i soliq, xo‘mraygan, jiddiy. Ba’zi bolalar shu holatda tug‘iladi.
ABDULAZIZ (arabcha) — izzat va kuch-qudrat sohibi bo‘lgan g‘olib Allohning bandasi.
ABDULAZIM (arabcha) — buyuk Allohning bandasi.
ABDULVALI (arabcha) — do‘st, madadkor Allohning bandasi.
ABDULVAHHOB (arabcha)- barcha uchun o‘z ne’matlarini tekin ato etuvchi Allohning bandasi.
ABDULVOHID (arabcha)- bitta, yagona, tanho bo‘lgan Allohning bandasi.
ABDULJABBOR (arabcha) — bandalarning ishlarini isloh qiluvchi Allohning bandasi.
ABDULJALIL (arabcha)- barcha jihatdan mukammal va go‘zal ulug‘ Allohning bandasi.
ABDULLATIF (arabcha)- lutfu ehson, cheksiz marhamatlar sohibi bo‘lgan Allohning bandasi.
ABDULAHAD (arabcha)- yakka-yagona bo‘lgan Allohning bandasi.
ABDULKARIM (arabcha)- karim qiluvchi, saxovat ko‘rsatuvchi va bandalarining gunohlarini kechiruvchi, avf etuvchi Allohning bandasi.
ABDULLOH (arabcha)- Allohning bandasi.
ABDULMALIK (arabcha)- podshoh Allohning bandasi.
ABDULFATTOH (arabcha) — rahmat xazinalarini ochuvchi Allohning bandasi.
ABDULXOLIQ (arabcha)- yaratuvchi Allohning bandasi.
ABDULQAHHOR (arabcha)- barchani bo‘yso‘ndiruvchi Allohning bandasi.
ABDULQODIR (arabcha)- hamma narsaga qodir bo‘lgan, kuch qudrat sohibi, Allohning bandasi.
ABDULG‘AFUR (arabcha) — bandalarinnng gunohlarini yashirib, jazo bermay turuvchi Allohning bandasi.
ABDULG‘AFFOR (arabcha) — bandalarining xato va gunohlarini kechiruvchi Allohning bandasi.
ABDULG‘ANI (arabcha)- hech narsaga ehtiyojsiz, boy Allohning bandasi.
ABDULHAY (arabcha)- abadiy tirik Allohning bandasi.
ABDULHAMID (arabcha)- hamisha, doimo hamdu sanoga, maqtovga sazovor bo‘lgan Allohning bandasi.
ABDULHAKIM (arabcha) — hikmat va cheksiz bilimlar sohibi bo‘lgan Allohning bandasi.
ABDULHAFIZ (arabcha)- o‘z panoxdda saqlovchi Allohning bandasi.
ABDURRAZZOQ (arabcha) — barcha tirik mavjudodga rizq beruvchi Allohning bandasi.
ABDURRAUF (arabcha)- o‘ta mehribon, rahmati keng Allohning bandasi.
ABDURRASHID (arabcha)- barcha ishlari to‘g‘ri chiquvchi Allohning bavdasi.
ABDURRAHIYM (arabcha) — rahmli Allohning bandasi.
ABDURRAHMON (arabcha) — o‘ta mehribon Allohning bandasi.
ABDUSSAMAD (arabcha)- hojatbaror Allohning bandasi.
ABROR (arabcha)- pokiza, yaxshi xulq-atvor egasi.
ADOLAT (arabcha) — odillik.
AZAMAT (arabcha)- ulug‘, qudratli.
AKBAR (arabcha)- buyuk, ulug‘.
AKMAL (arabcha) — eng yetuk, eng mukammal.
AKRAM (arabcha)- karamli, saxiy
ALI (arabcha)- oliy, eng yuksak.
ALISHER (arabcha-fors tojik)- sherdek qudratli, jasur, dovyurak bola. Alidek kuch-qudrat va aql-zakovat egasi bo‘lsin.
AMIR (arabcha)- hukm qiluvchi, hukmdor, yo‘lboshchi.
ANBAR (arabcha) — yoqimli, xushbo‘y, ajoyib hidli.
ANVAR (arabcha)- nurli, yorug‘, charog‘on yoki iqboli porloq bola.
ARSLON (arabcha)- sher, sherdek qudratli, dovyurak, qo‘rqmas bo‘lsin.
ASAD (arabcha) — Sher. Asad oyida tug‘ilgan bola yoki Sherdek kudratli, qo‘rqmas, dovyurak bo‘lsin.
ASADULLOH (arabcha) — Allohning sheri yoki Allohning sherdek qudratli, dovyurak, jasur bandasi.
ASAL (arabcha) — asaldek shirin, sevimli qiz.
ASOMIDDIN (arabcha)- dinning ko‘magi, yordami, madadi.
AZIZ — qadrli, hurmatdagi inson.
A’ZAM (arabcha)- eng buyuk.
AHMAD (arabcha) — Allohga olqish va hamdu sanolar aytuvchi, olqishga sazovor, maqtovga loyiq.
AHROR (arabcha)- mehru muruvvatli, marxamatli.
B harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
BADRIDDIN (arabcha) — dinning to‘lin oyi.
BARNO (fors tojik) — kelishgan, chiroyli.
BASANDA (fors tojik) — oilada ketma-ket qizlar tug‘ilsa, endi yetarli bo‘ldi, endi kiz bola tugidishi to‘xtasin, degan ma’noda ushbu ism qo‘yilgan.
BAXTIYOR (fors tojik) — baxt-saodat, quvonch yor bo‘lsin.
BAHODIR (fors tojik) — botir, kuch-qudratli.
BAHOR (fors tojik) — bahorda tug‘ilgan farzand yoki hayotda bahordek go‘zal, chiroyli, fayzli bo‘lsin.
BAHRIDDIN (arabcha) — dinning nuri, shu’lasi.
BAHROM (fors tojik) — Mirrix (Mars) sayyorasining nomi bo‘lib, u qadimdan baxt va saodat timsoli sifatida tarannum etilgan, shu bilan bir qatorda qadimgi eron shohlaridan biri bo‘lgan Bahromga xam nisbat berilib, kuch-qudrat sohibi bo‘lsin, degan ma’noda xam ushbu nom bolaga berilgan.
BEKZOD (o‘zbekchafors tojik) — beklar avlodidan bo‘lgan bola yoki bek farzandi, bolasi.
BEKMUROD (o‘zbekcha-arabcha) — beklar avlodidan bo‘lgan bola ulgayib, orzu maqsadiga yetsin.
BERDIMUROD (o‘zbekchaa,) — Alloh bizga o‘g‘il ato kilib, orzu maqsadimizga yetkazdi yeki Alloh bergan bola voyaga yetib, murod-maqsadiga erishsin.
BEHZOD (fors tojik)- yaxshi saodatli kunda tug‘ilgan, yaxshi aslzoda bola.
BEHRUZ (fors tojik)- baxt-saodatli kunda tug‘ilgan bola.
BIBIXOL (o‘zbekcha-fors tojik) — xol bilan tug‘ilgan, e’tiborli aslzoda qiz.
BINAFSHA (o‘zbekcha)- binafshadek nafosatli, suluv, ko‘rkam
BOBUR (o‘zbekcha)- yo‘lbars.
BOZOR (fors tojik) — bozor kuni tug‘ilgan bola.
BOYMUROD(o‘zbekcha-arabcha) — boy-badavlat bola, ulg‘ayib orzu murodiga yetsin.
BOYQOBIL (o‘zbekcha-arabcha)- es-hushli, aqlli, mo‘min-qobil bola, ulg‘ayib boy-badavlat bo‘lsin.
BOLTA (o‘zbekcha)- kindigi bolta bilan kesilgan bola yoki boltadek keskir, o‘tkir, mustahkam bo‘lsin.
BOTIR(o‘zbekchamo‘g.) — mard, pahlavon, dovyurak, jasur.
BO‘RI (o‘zbekcha)- tug‘ilganda tishi mavjud bo‘lg‘an bola.
D harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
DAVLAT (arabcha) — davlatmand, boy, saodatli, tolei porloq bo‘lsin.
DAVRON (arabcha) — davrining, zamonasining baxtiyor farzandi bo‘lsin.
DILAFRO‘Z (fors tojik) — ko‘ngilni yorituvchi, qalbni quvonchga to‘ldiruvchi zebo qiz.
DILBAR (fors tojik) — ko‘ngilni oluvchi, suyukli, go‘zal.
DILMUROD (fors tojik-arabcha) — dildagi murodga, orzuga yetkazgan bola.
DILNAVOZ (fors tojik) — dilni erkalovchi, ko‘ngilga zavqu shavq bag‘ishlovchi sevimli zebo qiz.
DILNOZ (fors tojik) — nozik qalb sohibi.
DILOVAR (fors tojik) — jasur, qo‘rqmas, dovyurak, shijoatli.
DILORO (fors tojik) — ko‘ngilni bezovchi, dilga oro beruvchi qiz.
DILOROM (fors tojik) — dilga orom beruvchi, ko‘ngilga taskinva huzur-xalovat baxsh etuvchi.
DILRABO (fors tojik) — ko‘ngilni jalb qiluvchi, dilni tortuvchi, suyukli, go‘zal qiz.
DILSHOD (fors tojik) — dili shod bo‘lib yursin yoki qalblarga sevinch, shodu xurramlik baxsh etgan bola.
DURDONA (a-fors tojik) — inju, dur donasidek bebaho, qadrli, chiroyli qiz.
E harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
ELBEK (o‘zbekcha) — ulgayib elning bega, sardori, yo‘lboshchisi bo‘lsin.
ELDOR (o‘zbekcha-fors tojik) — ulg‘ayib yuqori martabalar egasi, elning yo‘lboshchisi, rahnamosi, hukmdori bo‘lsin.
ELMUROD (o‘zbekchaa-.)- el orzu qilgan farzand bo‘lsin, elini orzu-murodiga erishtirsin.
ERALI (o‘zbekcha-arabcha) — jasur, doyyurak, mard bola Alidek kuch-qudrat, aql-zakovatli bo‘lsin. ERGASH (o‘zbekcha) — aka va opalariga ergashib yursin.
ERKIN (o‘zbekcha) — erkin, ozod, hur bola.
ESON (o‘zbekcha) — sog‘-salomat, omon-eson o‘ssin.
ESHBEK (o‘zbekcha) — beklar naslidan bo‘lgan bola ulg‘ayib, aka-ukalariga hamdam, esh, hamnafas bo‘lsin.
ESHBO‘RI (o‘zbekcha) — bo‘ri hamrohi, yo‘ldoshi bo‘lib, unn yomon kuchlardan, yovuz ruhlardan himoya qilsin, asrasin.
ESHDABLAT (o‘zbekcha-arabcha) — mol-dunyo, davlatga erishib, boy-badavlat bo‘lsin, rizqi butun bo‘lib, baxtli, totuv hayot kechirsin.
ESHMUROD (o‘zbekcha-arabcha) — orzu kdyaingan hamroh yoki orzusiga hamroh bo‘lib, murod-maqsadiga yetsin.
ESHQOBIL (o‘zbekcha) — odobli, es-hushli, qobil bola, aka- ukalariga yo‘ldosh, hamdam, esh bo‘lsin.
E’ZOZ (arabcha) — e’tiborga, hurmat-ehgiromga sazovor bo‘lgan qadrli, qimmatli, suyukli bola.
EHSON (arabcha) — sovg‘a, tuhfa.
F harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
FAZILAT (arabcha) — yaxshi xislatli.
FAZLIDDIN (arabcha) — dinning fazli, kamoli.
FAYZULLOH (arabcha) — Allohning marhamati yoki Alloxning rizqu nasibali, omadli bandasi.
FARANGIZ (fors tojik) — nur taratuvchi, shu’la sochuvchi go‘zal qiz.
FARID (arabcha) — yakka, yagona.
FARIDA (arabcha) — yakka, yagona, tengsiz qiz.
FARMON (fors tojik) — buyruq, Allohning farmoni, amri bilan dunyoga kelgan bola.
FARORAT (arabcha) — huzur-xalovat, rohat-farog‘atda yashasin.
FARRUX (fors tojik) — yuzidan nur yogaluvchi, ochiq chehrali, chiroyli, ko‘rkam.
FAXRIDDIN (arabcha) — dinning faxri, g‘ururi.
FERUZ (fors tojik) — yengilmas, yulib.
FERUZA (fors tojik) — g‘olib, iqboli baland zebo qiz.
FIRUZ (fors tojik) — saodatli, iqboli porloq yoki yengilmas, g‘olib,
FIRUZA (fors tojik) — saodatli yoki firuzadek bebaho, qimmatli, go‘zal, zebo qiz yoki nurli, yuzidan nur taraluvchi.
FOZIL (arabcha) — bilimdon, dono, zukko.
FOZILA (arabcha) — bilimli, zukko qiz.
G harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
GAVHAR (fors tojik) — gavhardek qimmatli, bebaho, asl, zebo qiz.
GAVHARSHOD(fors tojik) — gavhardek bebaho, qimmatli, qadrli, quvnoq, shodu xurram zebo qiz.
GULANDOM (fors tojik) — gulbadan, nozik, go‘zal qiz.
GULASAL (fors tojik-arabcha) — guldek chiroyli, nafis, asaldek shirin, totli, sevimli qiz.
GULJAMOL (fors tojik-arabcha) — husni jamoli guldek zebo qiz.
GULJAHON (fors tojik)- jahonning guldek go‘zal qizi.
GULNOZ (fors tojik) — guldek nozik va nozli go‘zal qiz.
GULRUH (fors tojik) — yuzi guldek go‘zal qiz.
GULCHEHRA (fors tojik) — gulyuzli, chiroyli qiz.
GULSHAN (fors tojik) — hayoti gulzordek fayzu tarovatli bo‘lsin.
GULSHOD (fors tojik) — guldek go‘zal, suluv, shodu xurram
GO‘ZAL (o‘zbekcha) — zebo, suluv, chiroyli
H harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
HABIB (arabcha) — suyukli do‘st, qadrdon, g‘amxo‘r.
HABIBA (arabcha) — sevimli, mehribon, qadrli qiz.
HABIBULLOH (arabcha) — Allohning suyukli do‘sti.
HAYDAR (arabcha) — arslon, qo‘rqmas, jasur, kuchli, qudratli bola bo‘lsin.
HAYIT (arabcha) — hayit bayrami kunlarida tug‘ilgan bola.
HAYITALI (arabcha) — hayit bayrami kunlarida dunyoga kelgan bola Ali kabi zo‘r inson bo‘lib yetishsin.
HAYITGUL (arabcha-fors tojik) — hayit kunida tug‘ilgan, guldek chiroyli, zebo qiz.
HAYITMUROD (arabcha) — hayit kunida farzandli bo‘lib, orzumizga erishdik yoki hayit kunida tug‘ilgan bola murod-maqsadiga yetsin.
HALIMA (arabcha) — rahmdil, shafqatli, muloyim tabiatli, beozor, suyukli qiz.
HAMDAM (fors tojik) — sodiq do‘st, o‘rtoq, aka-ukalariga, otasiga hamdam, madadkor, esh bo‘lsin.
HAMID (arabcha) — Alloh taologa hamdu sano aytuvchi.
HAMIDA (arabcha) — Allohga shukur qiluvchi, hamdu sano aytuvchi yoki maqtovga sazovor qiz.
HAMIDULLOH (arabcha) — Allohning maqtoviga sazovor, a’lo bandasi.
HAMRO(H) (fors tojik) — hamdam, sherik
HASAN (arabcha) — chiroyli, a’lo, go‘zal.
HASANALI (arabcha) — chiroyli, ko‘rkam bola Aliga o‘xshagan yaxshi odam bo‘lsin.
HASANXO‘JA (arabcha-fors tojik) — xo‘jalar avlodiga mansub chiroyli, ko‘rkam bola.
HOJI (arabcha) -muqaddas haj ziyoratida bo‘lgan ziyoratchi.
HOJIMUROD (arabcha) — hoji erishtirgan orzu-murod yoki ulg‘ayib hoji bo‘lsin, murod-maqsadiga yetsin.
HOTAM (arabcha) — oliyhimmat, saxovatpesha bola.
HULKAR (o‘zbekcha) — Surayyo yulduzidek yorug‘ yuzli, chiroyli go‘zal qiz yoki iqboli surayyo yulduzidek porloq bo‘lsin.
HUMOYUN (fors tojik) — muborak, qutlug‘.
I harfi bilan boshlanadigan ismlar ma’nosi
IBODAT (arabcha) — toat-ibodat qilish, Xudoga sig‘inuvchi, Unga bo‘ysunuvchi yoki ibodat paytida tug‘ilgan qiz.
IBODULLOH (arabcha) — Allohning bandalari, qullari.
IBROHIM (qadimiyyahudiycha) — xalqlarning otasi.
IZZATULLOH (arabcha) — Allohning hurmat-izzatli bandasi bo‘lsin.
ILHOM (arabcha) — ruhiy ko‘tarinkilik, ruhlanish, avjlanish.
IMOM (arabcha) — oldinda turuvchi peshvo, diniy rahnamo.
INTIZOR (arabcha) — intizor bo‘lib ko‘pdan orziqib kutilgan qiz.
IRODA (arabcha) — Xudoning irodasi bilan dunyoga keltan qiz.
ISKANDAR (yunoncha) — qo‘rkmas, dovyurak, jasur, mardlarnish sardori, boshlish.
ISLOM (arabcha) — bo‘ysunuvchi, itoatkor, xudojoy.
ISMOIL (qadimiyyahudiycha) — Xudo eshitdi; Xudodan so‘rab olingan bola
ISROIL (qadimiyyahudiycha) — Allohga itoat qiluvchi, Alloh yo‘lida kurashchi.
IXTIYOR (arabcha) — ixtiyori, erki o‘zida, hur, ozod.
IQBOL (arabcha) — baxtu saodat, yorug‘ kelajak, hayot.
J harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
JAVLON (arabcha) — chaqqon, chiroyli, shahdam qadam tashlovchi.
JALOL (arabcha) — ulug‘, buyuk, ko‘rkam.
JALOLIDDIN (arabcha) — dinning ulug‘vorligi yoki dinning yuksak namoyandasi.
JAMOL (arabcha) — chiroyli, ko‘rkam bola.
JAMSHID (fors tojik) — buyuk, qudratli.
JASUR (arabcha) — dovyurak, qurqmas, jasoratli.
JAHONGIR (fors tojik) — jahonni zabt etuvchi, fotih.
JUMA (arabcha) — juma kuni tug‘ilgan bola.
JUMAGUL (arabcha-fors tojik) -juma kuni tug‘ilgan, guldek chiroyli suluv qiz.
JUMAQUL (arabcha-o‘zbekcha)- Allohning juma kuni tug‘ilgan bandasi
JUMANAZAR (arabcha) — juma kuni berilgan tuhfa.
JO‘RA (fors tojik) — do‘st, o‘rtoq, hamdam.
K harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
KAMOL (arabcha) — yetuk.
KAMOLIDDIN (arabcha) — dinning kamoli, rivoji yoki dinning barkamol, yetuk namoyandasi.
KOMIL (arabcha) — yetuk, mukammal.
KAMOLA (arabcha) — yetuk, barkamol qiz.
KOMRON (fors tojik) — maqsadga erishuvchi, saodatmand, kudratli, omadli, tolei porloq.
KUMUSH (o‘zbekcha) — kumushdek bebaho, qimmatbaho, qadrli, suluv qiz.
L harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
LAYLI (arabcha) — tun qizi, tunda tug‘ilgan qiz.
LATIFA (arabcha) — mehribon, muloyim qiz.
LATOFAT (arabcha) — latofatli, pokiza, shafqatli, zebo qiz.
LOBAR (arabcha) — chiroyli, kelishgan, yokzimli, dilkash qiz.
LOLA (fors tojik) — loladek nafosatli,chiroyli, ko‘rkam, go‘zal
LUTFIYA (arabcha) — muruvvatli, mehrli, suluv qiz
LUTFULLOH (arabcha) — Allohning lutfu ehsoni, muruvvati, marhamati.
M harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
MAVJUDA (arabcha) — yaratilgan, bor, barhayot.
MAVLUDA (arabcha) — xosiyatli, muqaddas kunda dunyoga kelgan qiz.
MADINA (arabcha) — bu ism Arabistondagi muqaddas ziyoratgoh shahar bo‘lgan Madina nomidan olingan.
MALIKA (arabcha) — malika yoki shoh avlodidan bo‘lgan ayol.
MALOHAT (arabcha) — ko‘rkam, go‘zal, malohatli qiz.
MASTURA (arabcha) — pardali, iffatli, pokiza qiz.
MATLUBA (arabcha) — iltijo qilib so‘rab olingan qiz.
MAFTUNA (arabcha) — maftun qiluvchi, jozibali, dilkash qiz.
MAHBUBA (arabcha) — sevilgan, suyukli, dilbar qiz.
MAHLIYO (arabcha) — o‘ziga jalb etuvchi, ko‘ngilni rom qiluvchi, sehrlovchi, nazokatli, jozibali, suluv qiz.
MAHMUD (arabcha) — maqtalgan, maqtovga loyiq.
MEHRINISO — ayollarning quyoshi.
MIRZA (fors tojik) — savodli, o‘qimishli bilimdon bo‘lib o‘ssin.
MOHIGUL (fors tojik) — oydek suluv, chiroyli va tuldek go‘zal qiz.
MOHIDIL (fors tojik) — ko‘ngilning oyi yoki ko‘nglimizni oydek yeritgan, nurga to‘ldirgan suluv qiz.
MOHINUR (fors tojik(arabcha) — oy nuridek pokiza, suluv qiz.
MOHIRA (arabcha) — mahoratli, pishiq qiz.
MUAZZAM (arabcha) — azim, ulug‘, buyuk.
MUATTAR (arabcha) — xushbo‘y xid taratuvchi.
MUBORAK (arabcha) — qutlug‘, saodatli.
MUZAFFAR (arabcha) — zafar qozonuvchi, g‘alabaga erishuvchi, golib.
MUNAVVAR (arabcha) — nurli, yorug‘.
MUNIRA (arabcha) — nur sochuvchi, yuzidan nur taraluvchi, nurli, zebo qiz.
MUNIS (arabcha) — do‘st, hamdam.
MUROD (arabcha) – ulg‘ayib murod-maqsadiga yetsin yoki orzu, murodga erishtirgan bola.
MUSALLAM (arabcha)- bo‘ysunuvchi, itoatkor.
MUSULMON (arabcha) — Islom diniga e’tiqod qiluvchi, iymonli, xudojoy.
MUXTOR (arabcha) — tanlangan, saylangan, erkin, ozod.
MUSHARRAF (arabcha) — sharaflangan, sharafli, hurmat-ehtiromga erishgan.
MUYASSAR (arabcha) — Alloh yetkazgan, muyassar qilg‘an farzand.
MUQADDAM (arabcha) — birinchi farzand.
MUQADDAS (arabcha) — qutlug‘, tabarruk, muqaddas, aziz.
MUHAMMAD (arabcha) — maqtaladigan, maqtovga, olqishga loyiq, sazovor.
MUHARRAM (arabcha) — muxarrram oyida dunyoga kelgan bola.
MUHTARAM (arabcha) -eng hurmatli, e’zozli.
N harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
NAVRO‘Z (fors tojik) — yangi kun, yangi kunda — Navro‘z kuni tug‘ilgan bola.
NAJMIDDIN (arabcha) — dinning yulduzi, dinning iqboli.
NAZAR (arabcha) — Alloh nazar qilgan, Allohning nazari tushgan bola.
NAZIRA (arabcha) — avliyolar, eshonlarga nazir qilingan, bag‘ishlangan qiz.
NAZIFA (arabcha) — pokiza.
NAZOKAT (arabcha) — noziklik, nozik tabiatli, nozanin suluv qiz.
NAZRULLOH (arabcha) — Allohga nazr qilngan, bag‘ishlangan bola.
NAMOZ (fors tojik) — namoz vaqtida tug‘ilgan bola.
NARGIZ (arabcha) — nargisdek nafosatli, nozik, go‘zal qiz.
NARIMON (arabcha-fors tojik) — jasur, qo‘rqmas, kuch-qudratli.
NASIBA (arabcha) -rizqi butun, nasibali qiz bo‘lsin.
NASIM (arabcha) — tong payti esgan shabadadek yumshoq ko‘ngilli, muloyim tabiatli, yoqimli bola.
NASIMA (arabcha) — tong shamolidek yoqimli, huzurbaxsh, muloyim tabiatli, yumshoq ko‘ngil, pokiza, nafosatli
NASRIDDIN (arabcha) — dinning yordami, ko‘magi.
NE’MAT (arabcha) — rizqi butun, nasibasi to‘kis bo‘lsin.
NE’MATULLOH (arabcha) — Allohning saxovati, marhamati, Allohning ne’mati.
NIGINA (fors tojik) — uzuk, qimmatbaho uzuqdek bebaho, aziz, go‘zal qiz.
NIGORA (fors tojik) — chiroyli yuzli, zebo, tengsiz husn sohibasi.
NIZOM (arabcha) — tartib-intizomli,odob-axloqli bola bo‘lsin.
NIZOMIDDIN (arabcha) — diniy ilmlarni, tartib-qoidalarni mukammal biluvchi, din rivojiga hissa qo‘shuvchi.
NILUFAR (hindcha) — nilufardek nafosatli, nozik va zebo qiz.
NISHON (fors tojik) — bola tug‘ilganda uning badanida biron xil belgi bo‘lsa yoki otasidan nishona bo‘lsin degan ma’noda ushbu ism ko‘yiladi.
NODIR (arabcha) — noyob, qimmatbaho, qadrli bola.
NODIRA (arabcha) — tengsiz, bebaho, benazir, beqiyos go‘zallik sohibasi.
NORBOY (fors tojik-o‘zbekcha) qizil xolli bola ulg‘ayib boy-badavlat bo‘lsin.
NORMUROD (fors tojik-arabcha) — qizil xolli bola orzu murodlarimizga erishtirdi yoki qizil xolli bola sog‘-omon ulg‘ayib istagiga, murodiga yetsin.
NORMUHAMMAD (fors tojik-arabcha) — qizil xolli bolani Muhammad (Sollallohu alayhi vasallam) oxiratdashafoat qilsinlar.
NORMO‘MIN (fors tojik-arabcha) — qizil xolli bola, aklli, dono, mo‘min-qobil bo‘lsin
NOROY (fors tojik-o‘zbekcha) — qizil xol bilan tug‘ilgan, oydek zebo, ko‘rkam qiz.
NORTOJI (fors tojik) — qizil xolli bola.
NORXOL (fors tojik) — badanida qizil xol bilan tug‘ilgan qiz.
NORQOBIL (fors tojik-arabcha) qizil xol bilan tug‘ilgan bola, ulg‘ayib qobil bo‘lsin.
NOSIR (arabcha) — yordam beruvchi, g‘olib.
NURBBK (arabcha-o‘zbekcha) — beklar avlodiga mansub bo‘lgan tolei nurli, iqboli porloq bola.
NO‘RJAMOL (arabcha) -nur yuzli, chiroyli, go‘zal qiz.
NURIDDIN (arabcha) — dinning nuri, ziyosi, mash’ali.
NURULLOH (arabcha) — Allohning nuri, ziyosi, yog‘dusi.
NUSRAT (arabcha) — yordam beruvchi, ko‘mak beruvchi, golib.
NUSRATULLOH (arabcha) — Allohning ko‘magi, muruvvati.
O harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
OBID (arabcha) — Alloxga sig‘inuvchi, Unga ibodat qiluvchi.
OBIDA (arabcha) — Alloxga ibodat qiluvchi, taqvodor qiz.
OBOD (fors tojik) — hayoti obod, serfayz, nasibasi butun bo‘lsin.
ODIL (arabcha) — adolatli, haqgo‘y.
ODINA (fors tojik) — xosiyatli bo‘lgan, muborak kun hisoblashan juma kunida tug‘ilgan bola.
OZOD (fors tojik) — ozod, hur, erkin.
OZODA (fors tojik) — hur, erkin, pokiza qiz.
OZODBEK (fors tojik-o‘zbekcha) — beklar avlodiga mansub bo‘lgan hur, erkin,saodatmand bola.
OYGUL (o‘zbekcha-fors tojik) — oydek chiroyli, suluv, guldek chiroyli qiz.
OYDIN (o‘zbekcha) — oydin, yorug‘ kechada tug‘ilgan qiz yoki xayoti nurli, iqboli porloq, charog‘on bo‘lsin.
OYJAMOL (o‘zbekcha-arabcha) — oydek go‘zal husn sohibasi, oy yuzli zebo qiz.
OYNISA (o‘zbekcha-arabcha) — ayollarning oydek suluvi, zebosi.
OYSHA (arabcha) — barhayot yashovchi.
OLIM (arabcha) — ilm soxibi.
OLIMA (arabcha) — ilmli, bilimdon qiz.
OLIYA (arabcha) — oliy, ulug‘, yuksak martabali.
OLLOYOR (arabcha-fors tojik) — Alloh yor, madadkor bo‘lsin, xamisha hamdam, hamroh bo‘lsin, qo‘llab o‘z panohida asrasin.
OMON (arabcha) — o‘sib, ulg‘ayib sog‘-omon bo‘lsin.
OMONULLOH (arabcha) -Allohning o‘zi xar qanday xavf-xatar va ofatlarddn omonsaqlaydigan bola.
ORZIGUL (fors tojik) — orzu qilib ertpilgan guldek suluv, dilrabo qiz.
ORZU (fors tojik) — ota-onasini orzusiga erishtirgan, maqsadiga yetkazg‘an yoki orziqib kutilgan bola.
ORIF (arabcha) — ma’rifatli, bilimli, aqlli, Allohni tanigan xudojo‘y, taqvodor.
ORTIQ (o‘zbekcha) — badanida biror ortiqcha a’zo bilan tug‘ilgan bola.
OTABEK (o‘zbekcha) — beklarning boshlig‘i, sardori.
OQIL (arabcha) — aqlli, dono, zukko.OQILA (arabcha) — aqlli, zukko, dono qiz.
P harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
PANJI (fors tojik) — odatda oiladagi beshinchi bolaga ushbu nom qo‘yiladi. Panj-besh ma’nosini anglatadi.
PARDA (fors tojik) — parda bilan tug‘ilgan bola.
PO‘LAT (fors tojik) — po‘latdan kuchli, irodali, mustahkam bo‘lib ulg‘aysin.
Q harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
QALDIRG‘OCH (o‘zbekcha) — qaldirg‘ochning qanotidek nozik, ingichka qoshli, suluv, go‘zal qiz.
QAMBAR (arabcha) — to‘rg‘ay.
QAHRAMON (fors tojik) — dovyurak, jasur, qudratli, ko‘rqmas.
QILICH (o‘zbekcha) — kindigi qilich bilan kesilgan bola yoki qilichday keskir, o‘tkir, mustahkam bo‘lsin.
QUDRAT (arabcha) — kuchli, qudratli.
QUDRATULLOH (arabcha) — Allohning qudrati bilan dunyoga kelgan bola yoki Allohning qudratli, kuchli bandasi bo‘lsin.
QUNDUZ (o‘zbekcha) — qunduzdek chiroyli, zebo qiz.
QUNDUZOY (o‘zbekcha) — qunduzdek go‘zal, oydek suluv, zebo qiz
QURBON (arabcha) — Qurbon oyida tug‘ilgan bola.
QURBONALI (arabcha) — Qurbon oyida dunyoga kelgan bola Alidek kuch-qudrat, akl-zakovatli bo‘lsin.
QURBONNAZAR (arabcha) — Qurbon oyida tug‘ilgan, Xudoning nazari tushgan bola.
QURBONOY (arabcha-o‘zbekcha) — Qurbon oyida tug‘ilgan oydek go‘zal, suluv qiz.
QUTBIDDIN (arabcha) — dinning asosi, tayanchi.
QUTLI (o‘zbekcha) — baxtli, saodatmand, iqboli porloq.
QUTLIBEKA (o‘zbekcha) — baxtli,saodatli, iqboli porloq oliynasab qiz.
QO‘LDOSH (o‘zbekcha) — ko‘makchi, do‘st, hamdam.
QO‘ChQOR (o‘zbekcha) — moyagi, erkaklik tuxumi katta bo‘lib tug‘ilgan yoki peshonasi do‘ng yoxud qo‘chqordek kuchli bola.
QO‘SHOQ (o‘zbekcha) — badanida qo‘shimcha a’zo bilan tug‘ilgan bola.
R harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
RAVSHAN (fors tojik) — nurli, yorug‘, charog‘on yoki iqboli porloq bola bo‘lsin.
RAJAB (arabcha) — Rajab oyida, ya’ni hijriy yilning yettinchi oyida tug‘ilgan bola.
RAMAZON (arabcha) — qutlug‘, muborak oy hisoblanmish qamariy yilning 9 oyida tug‘ilgan bola.
RAMZIDDIN (arabcha) — dinning ramzi, timsoli.
RASUL (arabcha) -Allohning elchisi.
RA’NO (arabcha) — ra’noguddek suluv, chiroyli, purlatofat qiz.
RAHMAT (arabcha) — mehribon, rahmdil, shafqatli.
RAHMATULLOH (arabcha) — Allohning rahmati, muruvvati, marhamati bilan dunyoga kelgan bola.
RIZO (arabcha) — rozilik.
ROBIYA (arabcha) — oiladagi to‘rtinchi farzand.
ROZIYA (arabcha) — rozilik, mamnunlik, shukronalik baxsh etgan, suyukli, yoqimtoy, dilkash qiz.
ROHAT (arabcha) tinch-omon, rohatda, huzur-halovatda yashasin.
RUSLAN (fors tojik) — arslon, qo‘rqmas, jasur, qudratli, dovyurak.
RUSTAM (pahlaviycha) — kuch-qudratli, botir, yengilmas, dovyurak jasur, matonatli.
RUXSHONA (fors tojik) — chiroyli, go‘zal yuzli, ko‘rkam, suluv
RO‘ZI (fors tojik) — rizqi butun, nasibali, baxt-saodatli bo‘lsin.
RO‘ZIMUROD (fors tojik(arabcha) — rizq-nasibali bola ulg‘ayib murod-maqsadiga yetsin.
RO‘ZIMUHAMMAD (fors tojik-arabcha) — rizqli, nasibali bolani Muhammad (Sollallohu alayhi vasallam)oxiratda shafoat qilsinlar.
RUZIXOL (fors tojik) — rizqli, nasibali, xol bilan tug‘ilgan qiz,
S harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
SADOQAT (arabcha) — sodiq, sadoqatli, vafodor.
SADRIDDIN (arabcha) — dinning baland martabali, yuqori mavqega ega rahnamosi, dinning ulug‘ namoyandasi.
SAID (arabcha) — baxt saodatli.
SAIDA (arabcha) — omadli, baxtli, saodatli.
SAIDOLIM (arabcha) — saodatli ilm sohibi, olim inson.
SAYID (arabcha) — ega, boshliq, rahnamo, aslzoda, oliynasab.
SAYIDA (arabcha) — oliynasab sayidlar avlodiga mansub qiz.
SAYIDBEK (arabcha) — ayolzoda, oliynasab beklar avlodidan bo‘lgan bola.
SAYIDMUROD (arabcha) — oliy nasab, aslzoda, sayidlar avlodiga mansub bola. Ulg‘ayib murod-maqsadiga yetsin.
SAYFIDDIN (arabcha) — dinning qilichi.
SAYFULLOH (arabcha) — Allohning qilichi.
SALIM (arabcha) — sog‘lom, sog‘u salomat.
SALOMAT (arabcha) — omon-esonlik, sog‘u salomatlik.
SAMANDAR (arabcha) — o‘t ichida yashovchi, o‘tdan paydo bo‘ladigan jonzot, o‘lmas, mustahkam irodali.
SANAM (arabcha) — majusiylar ilohi, ma’budasi; zebo, suyukli qiz.
SAODAT (arabcha) — baxtli, saodatli, iqboli porloq qiz.
SARVAR (arabcha) — yo‘lboshchi, rahnamo.
SARVINOZ (fors tojik) — qaddi-qomati tikka o‘suvchi, sarv daraxtidek kelishgan va nozik qiz.
SARDOR (fors tojik) — rahnamo, yetakchi, yo‘lboshchi, boshliq.
SAFAR (arabcha) — Safar oyida yoki safar vaqtida dunyoga kelgan bola.
SAFARALI (arabcha) — Safar oyida yoki safar paytida tug‘ilgan bola Alidek kuch-qudrat, aql-zakovat egasi bo‘lsin.
SAFARGUL (arabcha-fors tojik) — Safar oyida yoki safar paytida dunyoga kelgan guldek ko‘rkam, zebo qiz.
SA’DULLOH (arabcha) — Alloh ato etgan baxt-saodat yoki Allohning iqboli porloq, baxtu saodatli bavdasi.
SEVAR (o‘zbekcha) — sevimli, yoqimli farzand.
SIROJ (arabcha).- mash’al.
SIROJIDDIN (arabcha) — dinning nuri, mash’ali.
SOAT (arabcha) — xosiyatli, baxtli soatda tug‘ilgan bola.
SOBIR (arabcha) -;chidamli, sabru toqatli, irodasi mustahkam bola.
SOBIT (arabcha) — mustahkam, chidamli, kelishgan, chiroyli bola.
SODIQ (arabcha) — sadoqatli, vafodor.
SOJIDA (arabcha) — sajda qiluvchi, Allohga sig‘inuvchi musulmon qiz.
SOLIH (arabcha) — pokiza, pok, solih amallar qiluvchi.
SOHIB (arabcha) — xo‘jayin, ega, do‘st, hamdam.
SULTON (arabcha) — podshoh, hukmdor, yuksak martaba, obro‘-e’tibor egasi bo‘lsin.
SULTONALI (arabcha) — yuksak obro‘-e’tibor, martaba egasi bo‘lsin yeki ushbu bola Alidek kuch-qudrat, yuksak aqlu zakovat egasi bo‘lsin.
SULTONMUROD (arabcha) — yuksak mavqeli, martabalar, obro‘-e’tibor sohibi bo‘lib yetishsin, orzu-murodiga erishsin.
SULTONOY (arabcha-o‘zbekcha) — oliy martaba, mavqeli, obro‘, e’tibor sohibasi bo‘lgan oydek go‘zal, zebo qiz.
SURAYYO (arabcha) — yuzi Surayyo yulduzidek nurli, yorug‘, go‘zal qiz, iqboli Surayyo yulduzidek porloq bo‘lsin.
T harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
TABASSUM (arabcha) — hayoti shodlikka, quvonchga to‘liq bo‘lsin yoki kulib, jilmayib turuvchi, chehrasidan tabassum arimaydigan qiz.
TAL’AT (arabcha) — yuz ko‘rinishi chiroyli, go‘zal bola.
TEMIR (o‘zbekcha) — temirdek mustahkam irodali bo‘lsin.
TESHA (o‘zbekcha) — teshadek o‘tkir, keskir bo‘lsin, mustahkam bo‘lsin yoki kindish tesha bilan kesilgan bola.
TILOVMUROD (o‘zbekcha-arabcha) — tilab olingan, Xudodan so‘rab olingan bola ulg‘ayib murod-maqsadiga yetsin.
TOJIDDIN (fors tojik-arabcha) — dinning toji, dinning yuksak bilimdoni, ulug‘ namoyandasi.
TOJIMUROD (fors tojik-arabcha) — xol bilan tug‘ilgan bola ulg‘ayib murod-maqsadiga yetsin yoki xolli bola orzu-murodimizga erishtirdi.
TOJINISO (fors tojik-arabcha) — ayollarning toji, ulug‘i, e’tiborga sazovori va eng
go‘zali.
TOLIB (arabcha) — talab qiluvchi, ilm izlovchi.
TOSHMUROD (o‘zbekcha-arabcha) — toshdek mahkam, mustahqam irodali bola ulg‘ayib murod-maqsadiga yetsin.
TOSHPO‘LAT (o‘zbekcha-fors tojik) — tosh va po‘latdek mustahkam bola, uzoq umr ko‘rsin.
TOHIR (arabcha) — pokiza, begunoh.
TURSUN (o‘zbekcha) — nobud bo‘lmasin, sog‘u salomat o‘ssin, omon qolsin, yashab ketsin.
TURG‘UN (o‘zbekcha) — turib qolsin, nobud bo‘lmasin, umri uzoq bo‘lsin.
TO‘LQIN (o‘zbekcha) — yayrab, shodu xurram bo‘lib, zavqu shavqqa to‘lib yursin.
TO‘RA (o‘zbekcha) — yuqori martaba, mavqe egasi, aslzoda.
U harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
UBAYDULLOH (arabcha)- Alloxning kichik quli.
ULDONA (o‘zbekcha-fors tojik) — ushbu dono, zukko, aqlli, fahm-farosatli qizdan keyingi farzand o‘g‘il bo‘lsin.
ULUG‘BEK (o‘zbekcha) — ulug‘, kuch-qudratln, hukmdor yoki beklarning ulug‘, buyuk sardori, boshlig‘i.
UMAR (arabcha) — mangu barhayot yashovchi.
UMID (fors tojik) — umid bilan kutilgan yoki yashab ketishiga umid qilingan bola.
UMIDA (fors tojik) — orzu-umid bilan kutilgan yoki yashab ketishiga umid qilingan qiz
UMIDULLOH (fors tojik-arabcha) — Alloh yetkazgan orzu-umid.
USMON (arabcha) — siniqchi, davolovchi, tabib.
UCHQUN (o‘zbekcha) — hayoti yorug‘, nurli, tolei porloq bo‘yasin.
V harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
VAFO (arabcha) — vafoli, sadoqatli, sodiq.
VOSIL (arabcha) — visolga yetishgan.
X harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
XAYRIDDIN (arabcha) — dinning xayru saxovati yoki xayru saxovatpesha, himmatli din namoyandasi.
XAYRULLOH (arabcha) — Allohning xayru saxovati, muruvvati, Allohning tuhfasi.
XALIL (arabcha) — sevimli, aziz do‘st.
XOLBEK (fors tojik-o‘zbekcha) — beklar avlodidan bo‘lgan xolli bola.
XOLBEKA (fors tojik-o‘zbekcha) — beklar avlodidan bo‘ltan xolli qiz.
XOLBIBI (fors tojik-o‘zbekcha) — yuqori mavqega ega, baland martabali xolli qiz.
XOLBOY (fors tojik-o‘zbekcha) — xol bilan tushlgan bola voyaga yetib, ulg‘ayib davlatmand, boy bo‘lsin.
XOLDOR (fors tojik) — xol bilan tug‘ilgan xolli bola.
XOLMIRZA (fors tojik) — xolli bola, bilimdon, dono, o‘qimishli,savodxon bo‘lib
yetishsin.
XOLMUROD (fors tojik-arabcha) — xolli bo‘lib tug‘ilgan bola, o‘sib orzu-murodiga
yetishsin.
XOLMUHAMMAD (fors tojik-arabcha) — xolli bo‘lib tug‘ilgan bolani Muhammad (Sollallohu alayhi vasallam)oxiratda shafoat qilsinlar.
XOLMO‘MIN (fors tojik-arabcha) — xolli bo‘shb tug‘ilgan bola mo‘min-qobil bo‘lsin.
XOLTOJI (fors tojik) — badanida xoli va toji mavjud bo‘lgan bola.
XONDAMIR (o‘zbekcha-fors tojik) — bu ism, olimlarning ta’kidlashicha, aslida, ‘xovand amir’ bo‘lib, uning ma’nosi Xudo amr etuvchi hukmdordir yoki Xudoning nazari tushgan, Xudoning yo‘lidan to‘g‘ri yuruvchi, Uningolqishiga sazovor bo‘lgan hukmron.
XONZODA (o‘zbekcha-fors tojik) — xon yoki asilzodalar avlodidan bo‘lgan qiz.
XOSIYAT (arabcha) — yaxshi xislat va fazilatlar soxibasi bo‘lsin yoki omadliyoki xosiyatli kunda tug‘ilgan farzand.
XUDOYBERDI (fors tojik-o‘zbekcha) — Xudo berdi, Alloh ato etdi. Allohning marhamati, tuhfasi bo‘lgan bola.
XUDOYNAZAR (fors tojik-arabcha) — Xudoning nazari tushgan bola.
XUMOR (arabcha) — ko‘pdan intiqlik bilan orziqib kutilgan bola.
XURRAM (fors tojik) — shod, baxtiyor, xursand, baxtli bo‘lsin yoki quvonchli kunda tug‘ilgan bola.
XURSAND (fors tojik) — shodu xurram, baxtiyor bo‘lib yursin yoki quvonchli kunda tug‘ilgan bola.
XURSHID (fors tojik) — quyosh benihoyat chiroyli, xushsurat yoki iqboli quyoshdek porloq bo‘lsin.
XURSHIDA (fors tojik) — quyoshdek husnu jamol sohibasi bo‘lgan go‘zal, suluv,
latofatli kiz yoki iqboli quyoshdek porloq bo‘lsin.
Y harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
YAYRA (o‘zbekcha) — yayrab-yashnab o‘ssin, hayoti quvonchga to‘liq bo‘lsin.
YASHAR (o‘zbekcha) — yashab ketsin.
YETIM (arabcha) — yakka, yagona, tanho, yolg‘iz.
YODGOR (fors tojik) — agar bola dunyoga kelgandan keyin otasi yoki onasi olamdan o‘tib qolsa, unga marhumdan esdalik, yodgorlik bo‘lsin deb ushbuism beriladi.
YORQINOY (o‘zbekcha) — kelajagi yorug‘, nurli va oydek go‘zal qiz.
YOQUB (qadimiyyahudiycha) — izidan boruvchi, sabr-toqatli, dovyurak, jasur.
YOQUT (qadimiy yahudiycha-arabcha) — rangi qizil bo‘lgan qimmatbaho noyob tosh.
YULDUZ (o‘zbekcha) — yulduzdek yorug‘ yuzli, chiroyli, go‘zal qiz.
YUNUS (qadimiy yahudiycha) — kaptar.
YUSUF (qadimiy yahudiycha) — ortgan, ko‘paygan husn ma’nosida.
YO‘LDOSH (o‘zbekcha-fors tojik) — hamroh.
Z harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
ZAYNAB (arabcha) — kelishgan, xushqomat, suluv qiz.
ZAYNIDDIN (arabcha) — dining bezagi, chiroyi, ko‘rki.
ZARINA (fors tojik) — zarli, chiroyli qiz.
ZARIF (arabcha) — beg‘ubor, pokiza, nozik ta’b, o‘tkir aql sohibi.
ZARIFA (arabcha) — iffatli, pokiza, nozik ta’b, fahm-farosatli qiz.
ZAFAR (arabcha) – g‘olib, saodatmand.
ZEBINISO (fors tojik-arabcha) — ayollarning zebi, go‘zal, zebosi.
ZEBO (fors tojik) — go‘zal, suluv, chiroyli qiz.
ZIYO (arabcha) — nurli, tolei porloq bola.
ZIYNAT (arabcha) — ziynatli, bezangan, orasta, ko‘rkam qiz.
ZOYIR (arabcha) — ziyoratchi.
ZOKIR (arabcha) — Allohni zikr qiluvchi, yodga oluvchi.
ZUBAYDA (arabcha) — ayollarning tanlab olingani, eng yaxshisi.
ZULFIYA (fors tojik) — jingalak sochli, suluv qiz.
ZULXUMOR (arabcha) — intiq bo‘lib ko‘pdan kutilgan qiz.
ZUMRAD (fors tojik) — zumraddek qimmatli, chiroyli, zebo qiz.
ZUHRO (arabcha) — Zuhro yulduzidek nurli, chiroyli, suluv va iqboli porloq qiz.
O‘ harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
O‘KTAM (o‘zbekcha) — kuchli, qudratli, dovyurak, jasur, viqorli.
O‘LMAS (o‘zbekcha) — o‘lmasin, umri uzoq bo‘lsin.
O‘LMASOY (o‘zbekcha) — o‘lmasin, yashab ketsin, umri uzoq bo‘lsin deb umid, niyat qilingan oydek go‘zal, zebo qiz.
O‘RAL (o‘zbekcha) — tug‘ilganda kindigiga o‘ralib tushgan yoki jingalak
sochli bola.
O‘ROQ (o‘zbekcha) — o‘roqdek o‘tkir, keskir bo‘lsin yoki kindigi o‘roq bilan kesilgan bola.
O‘TKIR (o‘zbekcha) — o‘tknr, o‘tkir aqlu zakovat sohibi, dono bola bo‘lsin.
O‘TKIRBEK (o‘zbekcha) — beklar avlodiga mansub bo‘lgan o‘tkir aqlu zakovat sohibi, bilimli, dono bola.
O‘G‘ILOY (o‘zbekcha) — shu oydek go‘zal qizdan keyingi tug‘ilajak farzand o‘g‘il bo‘lsin.
O‘RILSHOD (o‘zbekcha-fors tojik) — ushbu quvnoq, baxtiyor, shodon qizdan keyin tug‘iladigan bola o‘g‘il bo‘lsin.
G‘ harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
G‘AYRAT (arabcha) — serharakat, shijoatli, tolmas, g‘ayratli bola bo‘lsin.
G‘IYOS (arabcha) — ko‘mak, yerdam, madad.
G‘IYOSIDDIN (arabcha) — dinning madadi, ko‘magi, yordami.
G‘OLIB (arabcha) — zafar qozonuvchi, yengilmas, yulib.
G‘ULOM (arabcha) — yosh xizmatkor qul.
Sh harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
SHABNAM (fors tojik) — shudringdek beg‘ubor, pokiza qiz.
SHAVKAT (arabcha) — shon-shuhrat, kuch-qudratli bola bo‘lsin.
SHAMSIDIN (arabcha) — dinning quyoshi.
SHAMSIYA (arabcha) — quyoshdek porlovchi charog‘on qiz, chiroyli qiz.
SHAMSULLOH (arabcha) — Allohning nuri, yog‘dusi yoki Allohning quyovdek porloq chehrali, chiroyli bandasi.
SHARBAT (arabcha) — yoqimli, shirin, suyukli qiz.
SHARIF (arabcha) — sharafli, muqaddas, aziz.
SHARIFA (arabcha) — aziz, qadrli, sharafli qiz.
SHAFIQA (arabcha) — shafqatli, mehru muruvvatli, oqibatli qiz.
SHAHBOZ (fors tojik) — lochin, chakqon, shiddatkor, shijoatli, dovyurak, qudratli bo‘lsin.
SHAHINA (fors tojik) — dovyurak, mard, jasur, qo‘rqmas qiz.
SHAHLO (arabcha) — katta, qora ko‘zli, go‘zal qiz.
SHAHNOZ (fors tojik) — shohlar, asilzodalar avlodiga mansub nozli, nozik va zebo, go‘zal qiz.
SHAHOBIDDIN (arabcha) — dinning yorqin, nurli yulduzi.
SHAHODAT (arabcha) — guvohlik beruvchi.
SHERALI (fors tojik-arabcha) — sherdek dovyurak, qo‘rqmas, jasur, Alidek kuch-qudrat, aql-idrok egasi bo‘lsin.
SHERBOY (fors tojik-o‘zbekcha). — sherdek dovyurak, jasur, bahodir bola ulg‘ayib boy-badavlat bo‘lsin.
SHERZOD (fors tojik) — sherning bolasi; sherdek dovyurak, qo‘rqmas botirlar avlodidan bo‘lgan bola.
SHERMUROD (fors tojik-arabcha) — sherdek qo‘rqmas, jasur, dovyurak bola murod-maqsadiga yetsin.
SHERMUHAMMAD (fors tojik-arabcha) — sherdek dovyurak, jasur, bahodir bolani Muhammad (Sollallohu alayhi vasallam) oxiratda shafoat qilsinlar.
SHERXON (fors tojik-o‘zbekcha) — xon, aslzodalar avlodiga mansub, sherdek dovyurak, jasur, bahodir bola yoki sherlarning sheri, hukmdori, ya’ni sherdek dovyurak bahodirlarning sardori.
SHERQOBIL (fors tojik-arabcha) — sherdek dovyurak, jasur, bahodir bola dono, aqlli, qobil bo‘lib o‘ssin.
SHERQUL (fors tojik-o‘zbekcha) — Allohning sherdek jasur, dovyurak bandasi.
SHIRIN (fors tojik) — yoqimli, aziz, suyukli, shirin bola.
SHOBERDI (fors tojik-o‘zbekcha) — Allohning marhamati bilan dunyoga kelgan bola ulg‘ayib ulug‘ martabalar sohibi bo‘lsin.
SHODI (fors tojik) — shodlik, quvonch, baxtiyorlik.
SHODIBEK (fors tojik-o‘zbekcha) — beklar avlodidan bo‘lgan shodu xurram, quvnoq, baxtiyor bola.
SHODIGUL (fors tojik) — shodu xandon, baxtiyor, quvnoq va guldek zebo qiz.
SHODIYOR (fors tojik) — shodu xurramlik, quvonch, baxtiyorlik hamisha hamrohibo‘lsin yoki bizga shodlikni yor etgan yoxud quvonchli kunda tug‘ilgan bola.
SHODIMUROD (fors tojik-arabcha) — shod, xurram, baxtiyor bola ulg‘ayib murod-maqsadiga yetsin yoki shodu-xurramlik, quvonch-baxtiyorlikkeltirgan bola murodimizga yetkazdi.
SHODIMUHAMMADD (fors tojik-arabcha) — shodu xurram baxtiyor bolani Muhammad (Sollallohu alayhi vasallam) oxiratda shafoat qilsinlar.
SHODIYA (fors tojik) — shod, xurram, quvnoq, baxtiyor yoki quvonchli kunda turilgan kiz.
SHODMON (fors tojik) — shod, baxtiyor, quvnoq yoki hayoti shodlikka to‘liq bo‘lsin yexud quvonchli, shodmon kunda tug‘ilgan bola.
SHOIR (arabcha) — shoir, so‘zga chechan, hozirjavob, shirinso‘z, notiq bo‘lsin.
SHOIRA (arabcha) — shoira bo‘lsin, so‘zga chechan, shirinsuxan, notiqa qiz bo‘lsin.
SHOYISTA (fors tojik) — hurmat-ehtiromga loyiq, e’zoz-e’tiborga munosib qiz.
SHOKIR (arabcha) — shukur qiluvchi, Allohga shukur qiluvchi bola bo‘lsin yoki bizga farzand bergani uchun Allohga shukr.
SHOHIDA (arabcha) — suluv, go‘zal, zebo qiz.
SHOHIMARDON (fors tojik) — mard, bahodirlar shohi.
SHOHRUH (fors tojik) — yuzida shohlik alomatlari zohir bo‘lgan kelishgan, zebo bola.
SHOHSANAM (fors tojik-arabcha) — go‘zallar, suluvlar shohi, zeboliqda benazir, beqiyos qiz.
SHUKUR (arabcha) — qanoat, sabru toqat qiluvchi, rozi, minnatdor.
SHUKRULLOH (arabcha) — bizga farzand ato qilganligi uchun Allohga behad hamdu sanolar, shukronalar bo‘lsin.
SHUHRAT (arabcha) — dovrug‘, obro‘, shon, iftixor.
Ch harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi
CHAROS (o‘zbekcha) — ko‘zlari charosdek fusunkor, jozibalya, chiroyli qiz yoki qop-qora ko‘zlari katta qiz.
CHORI (fors tojik) — oiladagi to‘rtinchi o‘g‘il.
Kerakli ismni topolmadingizmi? Fikr bildirish maydoniga maqolada keltirilmagan ismni yozing, biz uning ma’nosini albatta yozamiz.
Shohjahon ismining ma’nosi yo‘q ekan.
zorrr
Mani ismim yooooooo mollar
ajoyip
meni ismim yoooooooo
исмларининг маъносини ёзиб юборинг
Muncha yaxshi emas ekan
Kõp ismlarning ma’nosi yuq ekan
Ha
Ha
juda hursantman
Zòr ekan
Yaxshi ekan u ba’zi bir ismlar yuq ekan.
Shahzoda ismining ma’nosi yo‘q ekan
gulyuz ismining ma’nosi yo‘q ekan
Zor
Rayhona ismini manosi yuq ekan
M harirfi bilan boshlangan va boshqa kup ismlar yugʻ ekan
mening ismim chiroyli ekan
Er
nazarovjasur1986@gmail.com