2020-2021 Qabul kvotalari tasdiqlandimi?

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda «Xushxabar! Qabul kvotalari tasdiqlandi!» degan xabarlar tarqaldi va unga Pdf faylni ilova qilishmoqda. Xo‘sh, bu xabarlar qanchalik rost?

Savollarga Xushnudbek Xudoyberdiyev javob berdi.
Abiturientlar, o‘zi umuman yoshlarimiz juda sodda. Nimani ko‘rsa, o‘qisa, shunga ishonib ketaveradi. Ozgina o‘ylab, tahlil qilib, sinchiklab qarab o‘tirmaydi, hovliqqanicha bir-biriga tarqatadi, yolg‘on xabarlarga o‘zi ishongani yetmaganday, birovlarni ham ishontirishga harakat qiladi.

Kechagi tarqatilgan Pdf faylning tepasiga katta qilib «LOYIHA» deb yozib qo‘yilgan. Boz ustiga u normativ hujjatlar loyihasi muhokama qilinadigan portaldan olingani ko‘rinib turibdi (ko‘pchilik bunaqa portal borligini bilmasa ham kerak). Ozgina e’tiborli bo‘lgan odam, bu rasmiy qaror emasligini tushunib olishi qiyin emas.

Gap shundaki, bu 18 mart kuni muhokama qilish uchun e’lon qilingan Prezident qarori loyihasi edi. 1 oy oldin chiqqan loyihani «rasmiy» deb tarqatish kimga kerak bo‘lib qoldi ekan, hayronman.

✅Hozircha qabul kvotalari tasdiqlangani yo‘q, bu haqda hech qanday rasmiy xabarlar berilmadi. Olgan ma’lumotlarimizga ko‘ra, u hali loyiha ko‘rinishida va tegishli tashkilotlar tomonidan muhokama qilinmoqda. Agar rasmiy va ishonchli manbalarni kuzatib borsangiz, Prezident qarorga imzo qo‘ygach, albatta e’lon qilinadi.

Ayrim kanallar tushunmasdan tarqatayotgan kvotalarga ishonib qolmang, rasmiy qarorda butunlay boshqacha bo‘lishi ham mumkin.

‼️Hurmatli, yoshlar. SHu o‘rinda Sizlarga do‘stona maslahatim bor.

Biror ishonchsizroq joyda qandaydir xabarni o‘qib qolsangiz, darrov vahimaga tushmang, hovliqmang, ishonib qolmang, o‘zgalarga tarqatishga shoshilmang. Ko‘p emas, atigi 30 soniya o‘ylab oling. Ichingizda «Bu xabar rostmikin? Balki yolg‘on bo‘lsachi? Avval tekshirib ko‘rishim kerak» deb o‘ylang. Ha, aynan O‘YLANG! O‘ylash, fikrlash miyaga ziyon emas, qo‘rqmang, aksincha bu koni foyda.

Shundan so‘ng, xabarni yana bir marta qayta o‘qib ko‘ring. Detallariga sinchiklab nazar tashlang. Rasmiy va ishonchli manbalar orqali tekshirib ko‘ring.

Unutmang, bugun nima ko‘p, yolg‘on va feyk xabarlar ko‘p. Ularni barchasiga ishonib ketaverish, aqlli insonlarga yarashmaydi. Har biringizda ichki antivirus bo‘lsin, har bir o‘qigan ma’lumotingizni o‘sha antivirus orqali avval yaxshilab tekshirib, keyin hazm qiling. O‘qiganiga ishonib ketaveradigan sodda bo‘lmang. Rahmat.


Вчера в соцсетях «Хорошие новости! Утверждены квоты приема!» и к нему прикрепляется файл в формате PDF. Так насколько правдивы эти сообщения?

Хушнудбек Худойбердиев ответил на вопросы.
Абитуриенты, вообще наша молодежь, очень простые. Он верит тому, что видит и читает. Он не думает, не анализирует и не смотрит внимательно, он распространяет слухи друг о друге, он старается убедить других настолько, насколько не верит в ложные новости.

Выпущенный вчера файл Pdf имеет большую подпись «ПРОЕКТ». Кроме того, оно, по-видимому, взято с портала, на котором обсуждаются проекты нормативных актов (хотя многие могут не знать, что такой портал существует). Человеку немного внимательному нетрудно понять, что это не официальное решение.

Дело в том, что это проект указа президента, вынесенный на обсуждение 18 марта. Интересно, кому нужно распространять проект, выпущенный 1 месяц назад как «официальный».

✅Квоты приема пока не утверждены, официального объявления не было. По нашей информации, он пока находится в черновом варианте и обсуждается профильными организациями. Если следовать официальным и достоверным источникам, то это обязательно будет объявлено после подписания указа Президентом.

Не верьте квотам, которые некоторые каналы раздают без понимания, официальное решение может быть совсем другим.

‼️Дорогая молодежь. Вот мой дружеский совет.

Если вы прочитали сообщение в более ненадежном месте, не паникуйте, паникуйте, верьте или спешите распространять информацию. Немного, просто подумайте 30 секунд. Внутри вас: «Правда ли это послание? Что, если это ложь? Мне нужно сначала проверить». Да, ПОДУМАЙТЕ! Мышление не вредит мозгу, не бойтесь, это хорошо.

Затем прочитайте сообщение еще раз. Присмотритесь к деталям. Обратитесь к официальным и проверенным источникам.

Помните, сегодня так много, так много лжи и фейковых новостей. Доверять им всем нехорошо для умных людей. Имейте встроенный антивирус для каждого из вас и сначала сканируйте и переваривайте информацию, которую вы читаете с помощью этого антивируса. Не будьте настолько наивны, чтобы верить тому, что вы читаете. Спасибо.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 5
  1. Mo‘minov Ilhomjon Iqboljon O‘g‘ili

    Menimcha imtihonlar sodda o‘tkazilishi maqsadga mufiq boldi buning 3 sababi bor 1 chidan songi yilarda O‘zbekistonda maktab o‘quvchilaridan ko‘ra maktabda yaxshi o‘qimagan ammo kurslarga muntazam qatnashganlar oliy talimga imkoniyati ko‘p bolmoqda nima kursga puli yetmaydiganlar oliy maLumotli bola olmaydimi?
    2-chidan maktablarda ham o‘sha o‘qtuvchilar dars beradi nimaga kurs dagi kabi qatiq turib bolani qiziqtirishga urunmidi? Yoki ularni oylik qoniqtirmaydimi yoki sharoit??
    3- dan nega boshqa rivojlangan davlatlarda maktabda o‘quvchilarga qatiq turilib sinfdan sinfga qoldiriladiyu bizda bunday hol yo‘q ????
    Balki talim sifatini yaxshilashga shu savollarning chuqur manosini anglash kifoya Qilar deb oyliman agarda maktablarda fanlar yaxshi o‘qitilsa imtixonlarni sodalashtirishning keragi bolmas edi deb o‘yliman kimdir fikrimga qo‘shilmasa mayli ammo bu haqiqatku agarda sinov tariqasida biror maktabda haqiqiy baxolanib o‘quvchilar qoldirilganida gaplarimni to‘ri ekanini tushungan bo‘lardingiz chunji bollalarni o‘qishi uchun o‘zlariga ham iroda kerak deb o‘yliman faqat shundagina biz chinakam yosh kuchli avlod bolib yetishamiz

  2. Salimov Halim

    2020-2021 qabul kvotasi qani???????????

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Hozircha tasdiqlanmadi

  3. Hamrayeva

    Qabul kvotala tatasdiqlanibdi deb eshitdik shu rostmi yana 5tagacha ta’lim yunalishini tanlasa buladimi qizlar uchun grant ajratilga deyishyapdi bu qanchalik to‘g‘ri qizla uchun grant ajratilgan bulsa mobodo yana boy odamlarni farzandlari olib ketadimi kambag‘allariniki qolib ;-) ;-)

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Ertaga qabul kvotalari bilan bog‘liq yangiliklar oshkor etilsa kerak, yangilik bo‘lishi bilan xabar beramiz.

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: