Yana maktab sababchimi? Norvegiyada o‘smirlar orasida koronavirusga chalinganlar soni ko‘paymoqda

Yana maktab sababchimi? Norvegiyada o‘smirlar orasida koronavirusga chalinganlar soni ko‘paymoqda

Norvegiya bosh vaziri Erna Sulberg juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida oxirgi paytlarda 13-19 yoshlardagi o‘smirlar orasida koronavirusga chalinganlar soni ko‘payayotganidan xavotirga tushganini bildirdi.

Bu haqda NRK teleradiokompaniyasi xabar bergan.
O‘tgan bir kecha-kunduzda Norvegiyada 710 ta koronavirus holati qayd etildi. Bu pandemiya boshlangandan beri kunlik rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Eng ko‘p kasallanishlar holati Oslo, Drammen va Bergenda kuzatilgan.
«Kasallanish, ayniqsa, 13-19 yoshlardagi odamlar orasida ko‘paygan», — deya ma’lum qildi telekompaniya.

«Shuni ta’kidlash kerakki, o‘smirlar ham o‘zlarini ehtiyot qilishlari kerak. Biz keksa avlod va boshqa zaif guruhlarga ko‘proq g‘amho‘rlik qilyapmiz»

, — dedi Sulberg.
Uning ta’kidlashicha, eng ko‘p kasallanishlar soni katta yoshdagi o‘smirlar orasida kuzatilmoqda.
Norvegiyadagi ayrim kommunalar maktablarni yopishni va bolalar bog‘chasidagi ish vaqtini kamaytirishni afzal ko‘rishdi. Biroq butun mamlakat bo‘ylab bunday chora ko‘rilmadi.
O‘tgan hafta Sulberg Norvegiya aholisiga uyda qolish va ijtimoiy aloqani cheklashni so‘rab murojaat qildi. Mamlakatda bir qator qat’iy cheklovlar joriy etilgan.

«Kecha tinch paytda tarixda eng qat’iy cheklovlarni joriy etganimizga sakkiz oy bo‘ldi. Men buning qiyin ekanligini tushunaman, biroq hammani bo‘sh kelmaslikka chaqiraman. Biz birgalikda hamma to‘siqlarni yengib o‘tolamiz»

, — dedi bosh vazir.
Sog‘liqni saqlash vaziri Bent Xyoye olti hafta qolgan rojdestvo bayramlarini o‘tkazish davrida ham cheklovlar saqlanib qolishi mumkinligidan ogohlantirdi.

«Umid qilamizki, ko‘rilgan choralar o‘sha vaqtgacha o‘z samarasini beradi»

, — dedi u.


Премьер-министр Норвегии Эрна Сульберг заявила на пресс-конференции в пятницу, что она обеспокоена недавним ростом числа случаев заражения коронавирусом среди подростков в возрасте 13-19 лет.

Об этом сообщает НРК.
За последние сутки в Норвегии зарегистрировано 710 случаев заражения коронавирусом. Это дневной рекорд с начала пандемии. Самый высокий уровень заболеваемости был зарегистрирован в Осло, Драммене и Бергене.
«Заболеваемость увеличилась, особенно среди лиц в возрасте 13-19 лет», — сообщила телекомпания.

«Тогда мы просто поняли, что подросткам нужно быть осторожными. Мы больше заботимся о старшем поколении и других уязвимых группах».

, — сказал Сульберг.
Он отметил, что наибольшее количество заболевших наблюдается среди подростков старшего возраста.
Некоторые норвежские коммуны решили закрыть школы и сократить часы работы детских садов. Но никаких подобных мер в стране принято не было.
На прошлой неделе Сульберг призвал норвежцев оставаться дома и ограничить социальные контакты. В стране действует ряд строгих ограничений.

«Вчера был восьмой месяц подряд, когда мы вводим самые строгие ограничения в истории. Я понимаю, что это сложно, но призываю всех не сидеть сложа руки. Вместе мы преодолеем все препятствия»

Сказал премьер-министр.
Министр здравоохранения Бент Хой предупредил, что ограничения могут оставаться в силе в течение шестинедельного периода рождественских каникул.

«Надеемся, что принятые меры к тому времени подействуют», — он сказал.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: