Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti kirish ballari 2023-2024

2023-2024 o‘quv yili uchun Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti kirish ballari o‘tish ballari va qabul kvotasi haqida ma’lumotlar

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti kirish ballari qabul kvotalari, o‘tish ballari bilan tanishing. 2023-2024 Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti kunduzgi va sirtqi ta’lim kirish ballari va qabul kvotalari haqida ma’lumot.

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti haqida

Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura–qurilish instituti tashkil yetilishining tarixi
O’tgan asr oltmishinchi yillarining boshiga kelib nafaqat O’zbekistonda, balki O’rta Osiyo respublikalari qurilish industriyasiga qarashli tashkilot va korxonalarida yuqori malakali mutaxassislarga, ya’ni arxitektura va qurilish sohasida chuqur bilimga yega bo’lgan arxitektorlar hamda quruvchi muhandislarga bo’lgan yehtiyoj zaruriyati yuzaga keldi. Shu bois O’zbekistonda alohida arxitektura – qurilish instituti tashkil yetishga asos solindi.
1965 – 1966 yillarda Toshkent politexnika institutida yangidan tashkil qilingan arxitektura, sanoat va grajdan qurilishi hamda qishloq xo’jaligi qurilishi fakultetlarini birlashtirib, mustaqil qurilish instituti tashkil qilish bo’yicha rejalar tuzilayotgan yedi. Bu boradagi olib borilayotgan ishlarni 1966 yilda Toshkentda sodir bo’lgan yer qimirlash va undan ko’rilgan talafotlar tezlashtirdi.
O’zbekiston Respublikasi hukumatining 367 – sonli qarori hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1966 yil 15 iyulda chiqqan 307-sonli bo’yrug’i asosida Samarqand davlat arxitektura – qurilish instituti (SamDAQI) tashkil yetildi.  SamDAQIning Samarqand shahrida ochilishiga birinchidan Toshkentdagi yer qimirlash sabab bo’lgan bo’lsa, ikkinchidan, Samarqandning 2750 yillik tarixga yega bo’lgan Markaziy Osiyoning yeng qadimiy shaharlaridan biri yekanligi, madaniyati yuqori darajada rivojlanganligi, noyob arxitektura yodgorliklariga boy bo’lganligi, uchinchidan yesa Samarqand qadimdan ilm, fan va madaniyat markazi yekanligi asos bo’ldi.
Xalkimizning o’tmishdagi buyuk siymolarga, ilmu-fan arboblariga, yuksak madaniyatli, bilimdon farzandlariga bo’lgan munosabatlarini ye’tiborga olib, ularning muqaddas nomlarini abadiylashtirish maksadida Samarqand davlat arxitektura–qurilish institutiga O’zbekiston Respublikasi Ministrlar kengashining 1967 yil 3 maydagi 198-sonli qarori bilan Mirzo Ulug’bek nomi berildi.
SamDAQIning shakllanishi va rivojlanishi
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1966 yil 15 iyuldagi 307-sonli buyrug’i asosida SamDAQI ga 1966–1967 o’quv yilida dastlabki qabul rejasi kunduzgi bo’limga 525 nafar talabadan iborat bo’lgan. Bu reja mutaxassisliklar bo’yicha quyidagicha taqsimlangan yedi: 1201-«Arxitektura» mutaxassisligiga – 100 ta; 1202-«Sanoat va fuqaro qurilishi» mutaxassisligiga — 350 ta; 1721- «Qurilish iqtisodi va qurilishni tashkil yetish»mutaxassisligiga- 75 ta talaba qabul qilish belgilangan bo’lgan.
Institutning uchta mutaxassisligiga qabul qilingan 525 ta talaba «Sanoat va fuqaro qurilishi» fakultetiga biriktirilib, 7 ta kafedra, 3 ta bo’lim bilan  1- oktyabrdan o’quv jarayonini boshladi. 1967 yilning boshiga kelib institutda 7 ta kafedra — «Oliy matematika», «Fizika», «Ximiya», «Tarix», «Chizma geometriya», «Qurilish materiallari», «Rasm, tasviriy san’at va haykaltaroshlik» kafedralari faoliyati tashkil yetildi. 
Hukumat qarori asosida Samarqand shahridagi 19-internatga qarashli barcha binolar to’liq komleksi bilan SamDAQI ga berildi. Mazkur qaror bilan SamDAQIning o’quv-laboratoriya binolarini qurish bo’yicha loyihalash ishlarini boshlash va ularni moliyalash vazifalari ham belgilab berildi.
R.R.Abdurasulov Samarqand davlat arxitektura–qurilish institutining birinchi rektori sifatida institutni tashkil yetish, birinchi marotaba talabalar qabul qilishni amalga oshirish, ixtisosliklar bo’yicha mutaxassis kadrlar, professor – o’qituvchilar bilan ta’minlash, o’quv korpuslari, auditoriyalar, o’quv kabinetlari, darsliklar, o’quv qo’llanmalar, ko’rgazmali qurollar, texnik vositalar bilan jihozlash, umuman institut o’quv, ta’lim – tarbiya jarayonini, moddiy – texnika, moliyaviy bazasini yaratish, normal o’quv mashg’ulotlarini boshlashdek og’ir va murakkab vazifani qisqa vaqt ichida hal qilishga muvaffaq bo’ladi. 1966 yilda Samarqand shahrida nafaqat turdosh, balki birorta ham texnika instituti yo’q edi.

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti kirish ballari Kunduzgi ta’lim o‘zbek tili

Yo’nalish Qabul rejasi O’tish bali
Shifri Yo’nalish Davlat granti To’lov shartnoma Davlat granti To’lov shartnoma Olimpiada / Sport g`oliblari soni
60112413 Professional ta’lim: qurilish muhandisligi (faoliyat turlari bo‘yicha) 10 30 91.5 71.1 0
60112437 Professional ta’lim: muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va montaji (turlari bo‘yicha) 10 30 84 65.4 0
60210406 Dizayn: landshaft dizayni 5 35 132.7 60.4 0
60210409 Dizayn: interyer dizayni 5 45 150.8 69.1 0
60212200 Madaniy meros obyektlarini asrash 20 20 74.1 65.3 0
60310106 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 10 65 135.6 78.9 0
60411303 Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha) 5 45 128.4 76.7 0
60713400 Atrof-muhit muhandisligi 30 130 68.1 56.7 0
60713500 Mexanika muhandisligi 35 125 68.3 57.7 0
60723300 Geomatika muhandisligi 25 135 71.6 56.7 0
60730100 Arxitektura (turlari bo‘yicha) 45 155 87.4 64.8 0
60730302 Qurilish muhandisligi (faoliyat turlari bo‘yicha) 120 440 85.1 62 0
60731100 Arxitektura yodgorliklari rekonstruktsiyasi va restavratsiyasi 15 25 74.7 64 0
60731300 Ko‘chmas mulkni boshqarish 20 60 97.8 68.1 0
60731500 Shahar qurilishi va loyihalash 20 60 98.7 69.8 0
61020300 Mehnat muhofazasi va salomatlik muhandisligi 10 30 81.1 64.3 0

 

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti kirish ballari Kunduzgi ta’lim rus tili

Yo’nalish Qabul rejasi O’tish bali
Shifri Yo’nalish Davlat granti To’lov shartnoma Davlat granti To’lov shartnoma Olimpiada / Sport g`oliblari soni
60713500 Mexanika muhandisligi 5 35 69.2 58.5 0
60723300 Geomatika muhandisligi 5 35 68.6 57 0
60730100 Arxitektura (turlari bo‘yicha) 5 35 101 68.6 0
60730302 Qurilish muhandisligi (faoliyat turlari bo‘yicha) 20 60 69.6 57.6 0

 

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti kirish ballari sirtqi ta’lim o‘zbek tili

Yo’nalish Qabul rejasi O’tish bali
Shifri Yo’nalish Davlat granti To’lov shartnoma Davlat granti To’lov shartnoma Olimpiada / Sport g`oliblari soni
60730302 Qurilish muhandisligi (faoliyat turlari bo‘yicha) 0 80 0 72.8 0
60310106 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 0 80 0 72.9 0
60411303 Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha) 0 80 0 67.5 0
60713400 Atrof-muhit muhandisligi 0 40 0 64.6 0
60713500 Mexanika muhandisligi 0 40 0 66.4 0
60723300 Geomatika muhandisligi 0 40 0 67.4 0

 
Mazkur ma’lumotlar O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (avvalgi DTM davlat test markazi) saytining «Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha o‘tish ballari» sahifasidan olindi.

Mavzuga doir:
Samarqand viloyatidagi universitetlar kirish ballari 2023-2024

Kirish ballari 2024: Barcha OTMlar uchun o‘tish ballari

Barcha fanlardan tavsiya etilgan darsliklar 2024-2025

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: