Qurollangan shaxslar 300 dan ortiq o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketishdi

Qurollangan shaxslar 300 dan ortiq o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketishdi

Nigeriyaning shimoli-g‘arbidagi Zamfara shtatida noma’lum qurolli shaxslar 317 nafar o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketdi, deyiladi Nigeriya polisiyasining juma kuni bergan bayonotida.

Bu Nigeriyada so‘nggi o‘n kun ichida amalga oshirilgan ikkinchi odam o‘g‘irlanish holati hisoblanadi.
«Menga mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘rilar tunda transport vositalarida kelishgan va o‘quvchilarni olib ketishgan, ularning ba’zilari esa piyoda ham kelgan», deydi Zamfara shtati axborot komissari Sulaymon Tanau Anka.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi YUNISEF ham 300 dan ortiq qiz o‘g‘irlanganini tasdiqladi.
«Biz Nigeriyadagi maktab o‘quvchilariga qilingan yana bir shafqatsiz hujumdan g‘azablandik va qayg‘uga tushdik» dedi YUNISEFning Nigeriyadagi vakili Piter Xokins.
Ayni paytda polisiya qidiruv ishlarini davom ettirmoqda. Nigeriyada o‘tgan haftada ham noma’lum shaxslar maktab-internatga kechasi hujum uyushtirib, bir nafar o‘quvchini o‘ldirgan va 42 kishini, shu jumladan, 27 nafar o‘quvchini o‘g‘irlab ketishgandi. Ushbu hujumda garovga olinganlar hanuzgacha ozod qilinmagan.


Неизвестные боевики похитили 317 школьниц в штате Замфара на северо-западе Нигерии, говорится в заявлении нигерийской полиции в пятницу.

Это второе похищение в Нигерии за последние десять дней.
«По моей информации, воры приехали на машинах ночью и увезли студентов, некоторые из них даже пешком», — сказал Сулейман Танау Анка, уполномоченный по информации штата Замфара.
Детский фонд ООН (ЮНИСЕФ) также подтвердил, что более 300 девочек были похищены.
«Мы возмущены и опечалены еще одним жестоким нападением на нигерийских школьников», — сказал Питер Хокинс, представитель ЮНИСЕФ в Нигерии.
В настоящее время полиция проводит обыск. На прошлой неделе в Нигерии неизвестные ночью напали на школу-интернат, убив одного ученика и похитив 42 других, в том числе 27 учеников. Заложники, участвовавшие в теракте, до сих пор не освобождены.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: