“Prava”ni yangisiga almashtirish uchun qayta imtihon topshiriladimi?

“Prava”ni yangisiga almashtirish uchun qayta imtihon topshiriladimi?

Adliya vazirligi matbuot xizmati bu haqda haydovchilarga murojaat bilan chiqdi.

“Aziz haydovchilar!
So‘ngi paytlarda xalq o‘rtasida haydovchilik guvohnomalarini almashtirishda qayta imtihon topshirish kerak bo‘ladi, degan noto‘g‘ri ma’lumot tarqala boshladi.
Davlat xizmatlari agentligi vaziyatga aniqlik kiritadi.
Aholiga qulay bo‘lishi uchun, eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish 2022 yil 31 dekabrga qadar davom etadi. Bunda Davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlar kabi, ortiqcha byurokratiyasiz, soddalashtirilgan tartib amal qiladi.
Ya’ni qayta imtihon varaqasi talab etilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, xizmatdan foydalanish uchun pasport, eski haydovchilik guvohnomasi va uning talonini taqdim etish hamda bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi (bugunda 189 000 so‘m) miqdoridagi to‘lovni amalga oshirish lozim.” — deyiladi vazirlik bayonotida.


Пресс-служба Минюста распространила обращение к водителям.

«Уважаемые водители!
В последнее время ходят слухи, что людям придется пересдавать экзамен, чтобы сменить водительские права.
Агентство государственных услуг прояснит ситуацию.
Для удобства населения замена старого водительского удостоверения на новое продлится до 31 декабря 2022 года. Как и со всеми услугами, предоставляемыми в Центрах обслуживания населения, существует упрощенная процедура без излишней бюрократии.
То есть форма переосвидетельствования не требуется.
Для использования услуги необходимо предоставить паспорт, старое водительское удостоверение и билет, а также оплатить 70% от базовой суммы (на данный момент 189 000 сумов). Об этом говорится в сообщении министерства.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: