Milliy estrada san’ati instituti kirish ballari 2023-2024

2023-2024 o‘quv yili uchun Milliy estrada san'ati instituti kirish ballari o‘tish ballari va qabul kvotasi haqida ma’lumotlar

Milliy estrada san’ati instituti kirish ballari qabul kvotalari, o‘tish ballari bilan tanishing. 2023-2024 Milliy estrada san’ati instituti kunduzgi ta’lim kirish ballari va qabul kvotalari haqida ma’lumot.

Milliy estrada san’ati instituti haqida

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tashkil etildi.
Quyidagilar institutning asosiy vazifalari etib belgilandi:
milliy estrada yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ularning ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish;
milliy estrada yo‘nalishida o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish, atoqli kompozitor va bastakorlar, xonanda va sozandalar ijodini chuqur o‘rganish, shuningdek, milliy estrada ijrochiligi namunalarini notaga ko‘chirish;
milliy estrada yo‘nalishi bo‘yicha fundamental, amaliy va ijodiy izlanish hamda tadqiqotlar olib borish, sohada shakllangan ijodiy maktablarning o‘ziga xos ijro uslublari va an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish;
milliy estradaning zamonaviy ijro uslublari namunalarini notaga olish va amaliyotga keng joriy etish, milliy estradaning ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bog‘liq jihatlarini olimlar va ijrochi mutaxassislar ishtirokida chuqur o‘rganish;
milliy estradani yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan ijro va ijodiy maktablar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish;
milliy estrada yo‘nalishida zamonaviy ijro namunalarining “Oltin fondi”ni yaratish;
xalqimiz, xususan, yosh avlod ongida milliy estrada orqali milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usi, yuksak badiiy-estetik did va tafakkurni kamol toptirish;
estrada yo‘nalishlarida xorijiy ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oshirish.
Institut davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tarkibida faoliyat yuritadi.

Milliy estrada san’ati instituti kirish ballari Kunduzgi ta’lim o‘zbek tili

Yo’nalish Qabul rejasi O’tish bali
Shifri Yo’nalish Davlat granti To’lov shartnoma Davlat granti To’lov shartnoma Olimpiada / Sport g`oliblari soni
60112415 Professional ta’lim: cholg‘u ijrochiligi (estrada cholg‘ulari) 2 13 133.1 70.65 0
60112428 Professional ta’lim: vokal san’ati (estrada xonandaligi) 2 10 160.43 94.07 0
60210102 Texnogen san’at: musiqiy ovoz rejissorligi 1 1 78.63 77.33 0
60210900 Bastakorlik san’ati 1 1 163.17 157.43 0
60211006 San’atshunoslik: musiqashunoslik 2 5 170.1 78.97 0
60211303 Dirijyorlik: estrada orkestri dirijyorligi 1 1 162.87 135.97 0
60211403 Vokal san’ati: estrada xonandaligi 5 9 162.67 129.17 0
60211521 Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari (gitara bas) 1 2 119.6 103.55 0
60211522 Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari (gitara) 1 5 166.2 115.4 0
60211523 Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari (zarbli cholg‘ular) 1 3 163.95 145.98 0
60211524 Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari (saksofon) 1 3 164 132.45 0
60211525 Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari (trombon) 1 4 174.31 73.85 0
60211526 Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari (truba) 1 4 149.36 111.4 0
60211527 Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari (fortepiano) 2 7 164.4 83.6 0

 

Milliy estrada san’ati instituti kirish ballari Kunduzgi ta’lim rus tili

Yo’nalish Qabul rejasi O’tish bali
Shifri Yo’nalish Davlat granti To’lov shartnoma Davlat granti To’lov shartnoma Olimpiada / Sport g`oliblari soni
60112415 Professional ta’lim: cholg‘u ijrochiligi (estrada cholg‘ulari) 1 4 132 61.1 0
60112428 Professional ta’lim: vokal san’ati (estrada xonandaligi) 1 4 127.97 98.83 0
60210102 Texnogen san’at: musiqiy ovoz rejissorligi 1 1 171.53 155.1 0
60210900 Bastakorlik san’ati 0 2 0 139.37 0
60211006 San’atshunoslik: musiqashunoslik 1 2 0 0 0
60211303 Dirijyorlik: estrada orkestri dirijyorligi 0 1 0 0 0
60211403 Vokal san’ati: estrada xonandaligi 2 4 163.27 109.37 0
60211521 Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari (gitara bas) 1 1 139.18 90.87 0
60211522 Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari (gitara) 1 2 170.57 97.3 0
60211523 Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari (zarbli cholg‘ular) 1 1 188.75 167.95 0
60211524 Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari (saksofon) 1 1 165.33 132.62 0
60211525 Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari (trombon) 1 1 0 0 0
60211526 Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari (truba) 1 1 162.53 87.37 0
60211527 Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari (fortepiano) 1 2 173.87 161.83 0

 
Mazkur ma’lumotlar O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (avvalgi DTM davlat test markazi) saytining «Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha o‘tish ballari» sahifasidan olindi.

Mavzuga doir:
Toshkent shahridagi universitetlar kirish ballari 2023-2024

Kirish ballari 2024: Barcha OTMlar uchun o‘tish ballari

Barcha fanlardan tavsiya etilgan darsliklar 2024-2025

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: