Ziyoviddin Mansur (1954)

Ziyoviddin Mansur

Ziyoviddin Mansur hayoti, mehnat faoliyati, asarlari haqida ma’lumotlar

Ziyoviddin Mansur hayoti

Ziyoviddin Mansur 1954 yili Namangan viloyati Uychi tumanidagi Mashad qishlogʻida tugʻildi. 1975 yilda Namangan davlat pedagogika institutini imtiyozli diplom bilan tugalladi.

Ziyoviddin Mansur mehnat faoliyati

Mehnat faoliyatini Uychi tumanidagi 4-oʻrta maktabda oʻqituvchilikdan boshlagan ijodkor, keyinchalik Respublika maʼnaviyat targʻibot markazi Namangan viloyat boʻlimida, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimida xizmat qildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati sifatida faoliyat koʻrsatdi.

Ziyoviddin Mansur asarlari

Birinchi sheʼri 1969 yil Uychi tuman gazetasida bosilib chiqdi. Shundan soʻng “Xoʻrozqand” (bolalar uchun), “Ezgulik elchisi”, “Toʻtiyo” sheʼriy kitoblari chop etildi. Sheʼrlari qoraqalpoq, rus, ingliz, nemis, hind tillariga tarjima qilingan.
Mustaqillik yillari “Qalbim parchalari”, “Noyob kashfiyot”, “Oʻn sakkiz yoshlilar sevgisi”, “Hayrat saltanati”, “Namangan va namanganliklar”, “Dilrabolar diyori”, “Muhabbat bogʻi” kabi sheʼriy turkum va kitoblari chop etildi. “Abadiyat qoʻshigʻi” kitobiga saylanma sheʼrlari jamlandi.
Yangi-yangi badiiy ifoda vositalarini topish, tesha tegmagan qofiyalarga teran maʼnolar yuklash Ziyoviddin Mansur sheʼrlarining oʻziga xosligini taʼminlaydi.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Информация о жизни, творчестве и творчестве Зиевиддина Мансура

Жизнь Зиевиддина Мансура

Зиевиддин Мансур родился в 1954 году в селе Машад Уйчинского района Наманганской области. В 1975 году с отличием окончил Наманганский государственный педагогический институт.

Трудовая деятельность Зиевиддина Мансура

Трудовую деятельность начал учителем в 4-й средней школе Уйчинского района, затем работал в Наманганском областном отделении Республиканского центра духовной пропаганды, областном отделении Союза писателей Узбекистана. Работал депутатом Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан.

Работы Зиевиддина Мансура

Его первое стихотворение было опубликовано в 1969 году в Уйчинской районной газете. После этого вышли сборники стихов «Хорозканд» (для детей), «Посол добра», «Попугай». Его стихи переведены на каракалпакский, русский, английский, немецкий и хинди.
За годы независимости был издан ряд стихотворений и книг, таких как «Осколки моего сердца», «Уникальное открытие», «Любовь восемнадцати лет», «Чудесное царство», «Наманган и наманганцы», « Земля Дилраболара», «Сад любви». Избранные стихи вошли в книгу «Песнь вечности».
Поиск новых средств художественной выразительности, вложение глубоких смыслов в нетронутые рифмы обеспечивают уникальность стихов Зиевиддина Мансура.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: