Zikrilla Neʼmat ( 1961 )

Zikrilla Neʼmat

Zikrilla Neʼmat hayoti, faoliyati, asarlari haqida ma’lumotlar

Zikrilla Neʼmat hayoti

Zikrilla Neʼmat 1961 yilning 13 dekabrida Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumanida tugʻildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida tahsil oldi.

Zikrilla Neʼmat faoliyati

Oʻzbekiston Respublikasi IIV “Postda”, “Na postu” gazetalari va “Qalqon”, “Shʼʼit” jurnallari Birlashgan tahririyati bosh muharriri vazifasida ishladi.

Zikrilla Neʼmat asarlari

Dastlabki sheʼrlari oʻquvchilik davrlarida hozirgi “Tong yulduzi” gazetasida bosildi. “Ikkimizning yoniq ishqimiz” nomli ilk sheʼrlar toʻplami 1993 yilda chop etildi. Shundan soʻng Zikrilla Neʼmatning “Yurtim navosi” (1997), “Vatan va muhabbat” (1999), “Qaytar dunyo” (2000), “Ostonadan boshlanar Vatan” (2003), “Muhabbatsiz yashab boʻlmas” (2004), “Spitamenning soʻnmas qoʻshigʻi” (2005), “Muhabbat mehrobi” (2005), “Sogʻinch dunyosi” (2006), “Sogʻinch sarchashmasi” (2007), “Ezgulik oʻlkasi” (2009) nomli qator kitoblari chop etildi. Bundan tashqari sheʼr, gʻazal, muxammas, tuyuq va tarjimalari jamlangan “Onam ekkan rayhonlar” saylanmasining 1-jildi (2011), bolalarga atalgan “Besh baho olgan kunim” majmuasi (2013), mumtoz shoirlar gʻazallariga Vafoiy taxallusi bilan bogʻlagan muxammaslar toʻplami – “Muxammas gulshani” (2014) dunyoga keldi.
Zikrilla Neʼmatning koʻplab sheʼrlari taniqli hofizlar tomonidan kuylanib kelinmoqda. Shoirning “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan “Vatan haqida qoʻshiqlar” (2012) kitobi “Eng ulugʻ, eng aziz” Respublika anʼanaviy tanlovi gʻolibi boʻldi.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Информация о жизни, деятельности и творчестве Зикриллы Немат

Жизнь Зикриллы Немат

Зикрилла Немат родилась 13 декабря 1961 года в Гиждуванском районе Бухарской области. Учился на факультете журналистики Ташкентского государственного университета (ныне Национальный университет Узбекистана), Академии МВД Республики Узбекистан.

Деятельность Зикриллы Немат

Работал главным редактором объединенной редакции журналов «Постда», «На посту», «Калкон» и «Шит» МВД Республики Узбекистан.

Работы Зикриллы Немат

Его первые стихи были опубликованы в газете «Тонг Юлдузи» еще в школьные годы. Первый сборник стихов «Наша пламенная любовь» вышел в свет в 1993 году. Затем последовали Зикриллы Немат «Юртим навоси» (1997), «Ватан ва мухаббат» (1999), «Гайтар дуньо» (2000), «Астанадан басталар ватан» (2003), «Мухаббатбат яшаб болмаз» (2004), « Spitamenning sonmas». Он опубликовал ряд книг, в том числе «Песня» (2005 г.), «Алтарь любви» (2005 г.), «Мир пропавших без вести» (2006 г.), «Источник пропавших без вести» (2007 г.) и «Земля Добро» (2009). Кроме того, 1-й том подборки «Онам эккан райхонлар» (2011 г.), сборник стихов, газелей, мухамм, туюков и переводов, сборник стихов для детей «Беш бахо алан куним» (2013 г.), сборник мухаммасов, связанных с псевдонимами поэтов-классиков под псевдонимом Вафой — Мухаммас гюльшани» (2014).
Многие стихи Зикриллы Немат поют известные хафизы. Книга поэта «Песни о Родине» (2012 г.), изданная издательством «Янги аср авлоди», стала победителем традиционного республиканского конкурса «Самый большой, самый дорогой».

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: